Sana:
Fan:Matematika
Mavzu:Beshni ko’paytirish va 5 ga bo’lish
Darsning DTS bo’yicha maqsadi:
1.Ta’limiy:Ko’paytirish jadvalini bilish,bo’lishga doir misol va masalalarni yozma va og’zaki hisoblashni o’rgatish,5 ni ko’paytirish va bo’lishni o’rgatish.
2.Tarbiyaviy:O’quvchilarda tabiatga muhabbat hissini uyg’otish,mehnat tarbiyasini rivojlantirish,Vatanga muhabbat hissini o’stirish,estetik tarbiyani o’stirish.
3.Rivojlantiruvchi:O’quvchilarni ko’paytirish va bo’lish usullaridan foydalangan holda misol va masalalarni yechish ko’nikma,malakalarni rivojlantirish.
Dars turi:Yangi bilim beruvchi
Dars uslubi:Yozma,og’zaki,suhbat,multimedia,musobaqa
Dars jihozi:Multimedia,Bilmasvoy,Bilag’on maketi,gullardan yasalgan ko’rgazmalar,kartochkalar
Darsning borishi:
1)Tashkiliy qism:Salomlashish,o’zini tanishtirish,navbatchi axboroti,”Oltin qoidalar” aytiladi
2)Uy vazifani tekshirish:Uy vazifa Bilmasvoy bajargan uy ishi orqali tekshiriladi va tahlil qilinadi.
1 ta narsaning massasi
|
Narsalar soni
|
Hamma narsalar massasi
|
3 kg
|
7 ta
|
21 kg
|
5 kg
|
3 ta
|
18 kg
|
3 kg
|
7 ta
|
24 kg
|
42+34-15=61 21:7=3 20:4=5
61-27-18=15 24:8=4 18:6=3
3)Yangi mavzu bayoni:O’qituvchi yangi mavzuning kirish qismida fasllar (Bahor) haqida o’quvchilar bilan savol javob o’tkazadi.
-Bolalar aytingchi hozir qaysi fasl.Bahor faslidan keyin qaysi fasllar keladi ? Yoz,kuz,qish.
-Bahorda tabiatda qanday o’zgarishlar ro’y beradi ? (Bolalar bahor fasliga ta’rif beradilar).
-Bahorda qanday bayramlar o’tkaziladi ? (Bolalar 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami,21-mart Navro’z bayrami haqida ma’lumot beradilar).
-Aytinglarchi Onajonlarimiz,qizlarimiz qaysi sovg’ani xush ko’radilar ? (Gul).
-Bizlar bugungi darsimizni tabiatga bog’lagan holda gullar bilan o’tamiz.Men sizlarning bergan har bir javobingizga gullar berib boraman.Dars oxirida har bir guruh yiqqan gullaridan ustozlar uchun guldasta tayyorlaydilar.Demak bugungi darsimizni musobaqa tarzida o’tamiz.Har bir guruhga bahor gullaridan nomlar tanlanadi.
Yangi mavzu bilan tanishtiriladi.
716-masala o’qituvhci tomonidan multimedia orqali bayon qilinadi,tushuntiriladi.
Har bir guruhga bo’lishga doir misollar beriladi.
717-misolni guruh a’zolari doskada bajaradilar.
Dam olish daqiqasi (ENERGIZE) o’tkaziladi.
718-masala multimedia orqali birgalikda og’zaki bajariladi.
Masala yechimlari tahlil qilinadi.
719-masala og’zaki birgalikda bajariladi.
O’qituvchi yozma ravishda bajarish uchun masalaning shartini beradi.O’quvchilar daftarlarda masala yechimini va javobini topadilar.
Har bir guruh to’plagan gullaridan guldasta yasaydilar.O’quvchilar to’plagan ballar hisoblanadi va tahlil qilinadi.O’quvchilar rag’batlantiriladi.
O ’qituvchi uy vazifani tushuntirib beradi.
Ballar kundalikka qo’yiladi.Dars yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |