Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning o’tgan darsda olgan bilimlari sinab ko`riladi.
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:
Usmoniylar davlati qachon tashkil topgan?
Turklarning Bolqon yarim orolidagi istilolarini gapirib bering.
Vizantiya imperiyasining qulashi sabablarini ko'rsating.
Usmoniylar davlati qudrati omillarini va keyingi istilolarini aytib bering.
Usmoniylar madaniyatining muhim jihatlari nimalardan ibo- rat edi?
O'rta Osiyoda Saljuqbek asos solgan sulola boshchiligidagi o'g'uz qabilalarining Old Osiyoga yirik harbiy yurishlari XI asrdan kuchayadi. Ko'p o'tmay Vizantiya va unga qo'shni Eron, Iroq, Ozarbayjon, Sharqiy Armaniston hududlarida Saljuqiylar davlati shakllanadi. Ichki ziddiyatlardan zaiflashgan Sharqiy Rim imperiyasi ko'chmanchi turk qabilalari hujumlariga qarshilik ko'rsata olmaydi. Vizan- tiyaning yollanma qo'shini esa 1071-yili Saljuqiylar sultoni Alp Arslon lashkari tomonidan Mansikert jangida tor-mor etiladi. Imperator Roman IV Diogen jangda halok bo'ladi. Bu mag'lubiyatdan so'ng vizantiyaliklar deyarli qarshilik ko'rsata olmaganidan ko'p sonli turkiy qabilalar Kichik Osiyoga yo'l oladi. O'g'uzlar bu paytda urug'-jamoachilikriing in- qirozi va yangi ijtimoiy munosabatlarning paydo bo'lishi bosqichida yashaganlar. Chorvaning asosiy qismi va yaylovlarga egalik qilish huquqlari yangi shakllanayotgan boylar tabaqasi qo'lida to'planib boradi. XI asr oxirida Kichik Osiyoni deyarli to'liq bosib olgan o'g'uzlar o'zlarining qator amirliklarini tuzadilar. Amirliklar rasman Saljuqiylar sulolasi hukmini tan olsalar-da, amalda o'z mulklarini mustaqil boshqarganlar. Ko'chmanchi turkiy qabilalarning o'troq hayotga o'tishi ayni shu paytdan boshlanadi. O'troqlashayotgan turklar o'lkaning tub aholisi yunonlar va armanlar kabi dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug'ullana boshlashi kuzatiladi. Bu jarayonlar XII—XI11 asrlarda Sal- juqiylarda ham feodal davlatini uzil-kesil shakllanshiga olib keladi.
Mamlakatda shakllangan yirik yer egaligi va soliqlar tizimi Sharq- dagi islom davlatlarinikidan deyarli farq qilmagan. Ahamiyatli jihati saljuqiylarda davlat yerlarining xususiy yerlarga nisbatan ko'p bo'lishida edi. Davlat yerlarining katta qismi iqto" tarzida harbiylar va amaldor- larga. xizmatlari evaziga in'om etilgan. Iqto' dastlab merosiy mulk bo'lmasdan, faqat xizmat muddati davomida foydalanish sharti bilan berilgan. Saljuqiylar davrida Kichik Osiyodagi Ko'nyo, Suvas, Qaysariyalar eng yirik shaharlar qatorida bo'lib, ularda o'n minglab aholi yashagan. Turklar istilosidan so'ng shaharlar qiyofasi ham o'zgarib, sharqona tus ola boshlaydi. Asta-sekin^urkiy qabilalarning mahalliy aholi bilan aralashishi yangi etnos — turk xalqining shakllanishiga asos bo'Iadi. Bu jarayon XI11 asrning 20—30-yillarida kuchayadi. Lekin 1243-yilgi mo'g'ullar bosqini davlatning keyingi taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. XIV asr boshlariga kelib Kichik Osiyodagi Saljuqiylar davlati butunlay parchalanib ketadi. Saljuqiylar davlatining o'rnida ko'plab beyliklar tashkil topadi. Ulardan biri - Usmon beyligi Kichik Osiyoning shimoliy-g'arbiy hududida, Eskishaharga yaqin joyda edi. Uning keyingi taraqqiyotiga, beylikning Vizantiya bilan qo'shni bo'lgani qo'l keladi. Tobora zaiflashib borayotgan imperiyaga qarshi harbiy harakatlar beylik yerlarining kengayib borishini ta'minlaydi. Keng istilolar Usmoniylar qo'shiniga boshqa qabilalardan ham jangchilarning kelib qo'shilishini ta'minlaydi.
Sulola asoschisi Usmon (1299— 1326) davrida qator yurishlar uyush- tirilib, Bursa shahri va uning atroflari bosib olinadi. Uning o'g'li O'rxon Vizantiya shaharlari Nikeya va Niko- mediyalarni olib, Qora dengiz sohiliga chiqadi. Dastlab beylikning boshqaruv tuzumi juda sodda bo'lgan. Xususan bey unvoni, Usmon va O'rxonga qabila boshliqlari yig'inida berilgan. Beylarning asosiy vazifasi esa turkiy qabilalar harbiy kuchlarini, qo'shni hududlarni istilo qilishini ta'minlash bo'lgan. Beylikning kuchayib borishi, uning boshqaruvida ham o'zgarishlarga olib keladi. Natijada, O'rxonning boshqaruvi paytida ilk bor vazir lavozimi ta'sis etiladi. Tanga pul zarb qilinib, davlat yerlari ma'muriy birliklarga boiinadi. O'rxon harbiy islohot o'tkazib qo'shinni piyoda va otliq qismlarga ("musallanT), alohida harbiy birliklarga aylantiradi. , siyosiy tarqoqlik va ichki ziddiyatlar bu davlatlarni turklar istilosiga qarshi birlashuviga imkon bermaydi.
Bolqondagi dastlabki bosqinlar 1353— 1357-yillari bo'lgan. Uning asosiy qismini turklar keyingi o'ttiz yil davomida egallaydilar. Usmoniylar poytaxti Bolqondagi Edime (Adrianopol)ga ko'chiriladi. XIV asrning 80-yillaridan Serbiyaga hujum boshlanadi. 1389-yilda Kosovo maydonida- gi jangda turk qo'shinlarining g'alabasi serblarning o'z mustaqilligini yo'qotishiga olib keladi. Usmoniylar 1393-yili Bolgariya poytaxti Tirnovo shahrini, 1396-yili Nikopol yonidagi jangda venger, valax, bolgarlardan tuzilgan 60 minglik ritsarlar qo'shinini yengadi.
Turk sultoni Boyazid (1389-1402) bu janglarda o'zining tezkor g'alabalari bilan shuhrat qozonib — Yildirim (Shiddatli) nomini oladi. Sultonning Konstantinopolni qamal qilishi Yevropani sarosimaga solgan. Ayni paytda, Amir Temurning Boyazid- ga qarshi Kichik Osiyo yurishi boshlanadi. 1402-yilning yozida Anqara yaqinidagi jangda sohibqiron qo'shinlari Boyazid lashkarini yengadi. Bu voqea turklar tomonidan Kons- tantinopolning olinishiga yo'l qo'ymay, Vizantiyaning yana 50 yil yashashiga imkon yaratadi. Konstantinopolning qulashi. Usmoniylar sultoni Mexmet II (1451 — 1481) yuz minglik qo'shini bilan Konstantinopolni qamal qiladi.
1453-yilning 29-mayida Konstantinopol turklar tomonidan olinadi. Vizantiyaning so'nggi imperatori jangda halok bo'ladi. Usmoniylar sha- harni Istanbul deb nomlab, unga o'z poytaxtlarini ko'chiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |