II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning o’tgan darsda olgan bilimlari sinab ko`riladi.
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:
Oltin O'rda boshqaruv tizimi haqida gapirib bering.
Oltin O'rda xonligida qanday soliq va majburiyatlar joriy etilgan?
Nima uchun Rus knyazlari Oltin O'rda bilan kelishuvchilik siyo- satini olib borgan? Boshqa yo'l tutish mumkinmidi?
Oltin O'rda yuritgan tashqi siyosati haqida so'zlab bering.
Oltin O'rda xonligining AmirTemurdan mag'lubiyatga uchrashi qanday oqibatlarga olib keldi?
Mo'g'ullarning 1235-yilgi qurultoyida O'qtoy qoon (xon) Chingizxonning Rus va Shimoliy Kavkaz yerlarini bosib olish haqidagi vasiyatini eslatib, to'planadigan qo'shinga Botuxon yetakchilik qilishini e'lon qiladi. Uluslardan o'nta askardan bittasining ajratilishi, Botuxonga yordamga Chingizxonning sarkardalaridan Suhutov bahodirniberilishiga kelishiladi. Botu va Subutoylar 1237-yilning kuzida rus yerlariga ~iitijum boshlab, dastlab Ryazanni olishadi. Rusdagi sivosiy tarqoqlik mo'g'ullarga yetarlicha qarshilik ko'rsatish inikonini lvim bermasdan 1238— 1240-yiilarda Vladimir, Suzdal, Kiyev, Galich Volin va boshqa shaharlar bosib olinadi. Mo'g'ullar tomonidan 1241 — 1242-yillari Che- xiya, Vengriya, Polshaning bir qismi ham egallanadi. Lekin 1243-yili O'qtoyning vafot etishi munosabati bilan Botuxon Volgabo'yi dashtlariga qaytadi. Shu tariqa Botuxon istilo qilgan Volgabo'yi, Shimoliy Qora dengiz sohillari, Shimoliy Kavkaz, Mol- daviya hududlarida rus yozma manbalarida Oltin O'rda nomini olgan Jo'ji ulusi shakllanadi. Oltin O'rdani Botuxon va uning avlodlari boshqargan. Muhim masalalarni hal etish uchun qurultoy chaqirilgan. Ijro hokimiyati boshlig'i bcklarhegi bo'lib, devon ishlarini vazir boshqargan. Mahalliy boshqaruv dorug'a va bosqoqlar qo'lida bo'lgan. Rus knyazlari va aholisiga oliy hukmdor mo'g'ullar hokimi ekanligi e'lon qilinadi. Har bir knyazlik eng avvalo xon ulusi, so'ng knyaz yurti ekanligi uqtiriladi. Rusda barcha knyazlar Oltin O'rdadan boshqaruv yorlig'i oladi. Vladimir knyazi Yaroslav ularning "ulug'i" deb tan olinadi. Istilo qilingan hududlar 10 ming suvoriy saflay oladigan tumanlarga bo'linadi. Knyazliklar qo'shini zarur paytda harbiy xizmat o'tash uchun uzoq o'lkalarga yo'l olishga, Chingizxon vorislarining manfaatlari uchun jang qilishlariga to'g'ri kelgan. Dastlab mo'g'ullar bo'ysundirgan hududlarda, o'zlarining an'anaviy boshqaruv tizimini joriy etadi. Bosib olingan dashtlar Botuning ukalari- ga berilib, ularning suyurg'ol mulkiga aylanadi. Suyurg'ol egalari xon qo'shiniga ma'lum belgilangan sondagi jangchilarni jo'natishdan tashqari, aholidan to'plangan soliqlarning bir qismini ham yuborgan. Oltin O'rda XIV asrdan to'rt katta viloyatga bo'linib, ular ulus nomini oladi. Bu viloyatlar ulusbegisi qo'shin boshlig'i bo'lishidan tashqari, o'ziga tegishli hududdagi boshqaruvga oid barcha masalalarni ham hal etgan./ Oltin O'rda qo'shinini beklarbegi boshqargan. U ko'chmanchilar zodagonlari yetakchisi hisoblanib, ba'zida xondan ham ko'proq mavqega erishgan. Bu hoi ayrim paytlarda qonli mojarolarga ham sabab bo'lgan. No'g'ay, IVIaniay. Edigey kabi beklarbegilar hatto xon- larni ham o'z xohishlariga qarab tayinlaganlar. /X01tin O'rda xonligida davlat boshqaruvining taraqqiyoti amaldorlarni kuchayishiga olib keladi. Mo'g'ullar imperiyasining bu qismidagi boshqaruv namunasi sifatida O'rta Osiyodagi musulmon davlatlari ma'muriyati olinadi. Natijada, xon yonida vazir lavozimi joriy etilib u mamlakatda harbiy bo'lmagan barcha sohaga mutasaddi edi. Vazir va uning yetakchiligidagi devon soliqlar, moliya, savdo ishlarini boshqargan. Devonxonada soliq daftarlari ham saqlangan. Mo'g'ullar aholini o'nlik tizimiga bo'lish maqsadida aholini ro'yxatga olish tadbirini o'tkazadi. Bu tadbir 1248-yili janubiy knyaz- liklardan boshlanib, 1257-yili shimoliy knyazliklarga ham yetib boradi. Aholining ro'yxatga olinishining yakunida mamlakat aholisi "chiqim" deb nomlangan katta to'lovga tortiladi. Undan tashqari aholidan shoshilinch yig'iladigan soliq — talab ham olingan. Xonga urush boshlash uchun mablag' zarur bo'lsa, u rus knyazlariga talab yuborib, chiqimni qanday qattiqqo'llik bilan to'plansa u ham ayovsiz yig'ib olingan. Xon va uning yaqinlari, elchilar uchun sovg'a-salomga, O'rda amaldorlariga poraga ham katta mablag'lar sarflangan. Soliq va bojlarni to'lanishini bosqoqlar - maxsus tayinlangan mo'g'ul noiblari nazorat etishgan.Holsizlangan knyazliklardan dashtga mo'yna, kumush ortilgan kar- vonlar, qullik asoratiga mahkum etilganlar guruhlari yo'l olgan. Qullikka soliqlarni to'lay olmaganlar mahkum etilgan.Rus yerlari bulardan tashqari, Mo'g'ullar imperiyasi bo'ylab tashkil etilgan yomlar — yo'l bekatlariga xizmat ko'rsatishda ham qatnashganlar. Xitoydan qabul qilingan bu tizim istilo qilingan barcha o'lkalarda joriy etilgan. Yom xizmatini atrofdagi aholi bajarib, bekatlarda elchilar, cho- parlar, amaldorlar uchun doim otlardan tashqari oziq-ovqat ham tay- yor bo'lishi ko'zda tutilgan.Rus yerlarini qaramlikda saqlashning yana bir usuli, mo'g'ullarning bir necha martalab bosqinlar uyushtirishi ham edi. Tarixchilarning hiso- bicha, XIII asrning ikkinchi yarmida dushman rus yerlariga o'n to'rt marta talonchilik hujumlarini tashkil qilgan. Rus knyazlari Oltin O'rda qudratini to'g'ri anglab, bosqinchilar bilan tinch yashashga harakat qilishgan. Bu tadbir mavjud sharoitda knyazlar o'z xalqini saqlab qolishi, ularni qullikka olib ketmasligining yagona yo'li edi. Tinchlik siyosatini Vladimir knyazi Yaroslav boshlab, uning o'g'li Aleksandr Nevskiy davom ettirgan. Knyaz Aleksandr Oltin O'rdaga bir necha bor tashrif buyurgan. Mo'g'ulistonda ham bo'lib, mahalliy amaldorlarning hurmat-e'tiboriga sazovor bo'Iadi. Bu tad- birlarning barchasi keyinchalik mo'g'ullar bosqoqlarni tasdiqlamasdan rus yerlaridan boj yig'ishni knyazlardan biriga topshirishiga olib keladi.