Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning o’tgan darsda olgan bilimlari sinab ko`riladi.
1. Kiyev Rusi qay tarzda tashkil topdi?
2. Oleg, Igor, Svyatoslavlar knyazligi davrida davlatning asosiy vazifalari nimalardan iborat bo’lgan?
3. Kiyev Rusi davlatining boshlang’ich va yuksalgan davrdagi yutuq va muammolarini qiyoslang.
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:
Arab qabilalarining xo'jalik mashg'ulotlari haqida gapirib bering.
Ko'chmanchi arablar chorvachiiikning qaysi sohalari bilan shug'ullangan va uning sabablarini ko'rsating.
Nima uchun arablarda ijtimoiy tengsizlik paydo bo'ldi?
Muhammad payg'ambar hayoti haqida nimalar yodingizda qoldi, so'zlab bering.
Arab qabilalari Arabiston yarim oroli va unga tutash hududlarda yashaganlar. Ular soiniy (semit) xalqlaridan bo'lib, somiylarga arablardan tashqari: yahudiylar, ossuriylar, finikiyaliklar va oromiylar ham mansub boiishgan. Bu xalqlar Qadimgi Sharqning mashhur davlatlari: Akkad, Bobil, Isroil podsholiklarini tuzishgan.
Ko'chmanchi arablar - badaviylar (sahroyilar) boshqa chorvador qabilalar singari: tuyachilik, qo'ychilik va yilqichilik bilan shug'ullanib kelganlar. Ular cho'l-dashtlarda: o't-o'lanlar, yantoq o'sadigan yaylov- larda mollarini boqib, ko'chib yurganlar.
Arabistonning janubi va g'arbidagi o'troq dehqonchilik aholisi soy va jilg'alar, quduqlar bo'ylarida xurmo bog'lari va uzumzorlar barpo etganlar. Xuddi shu yerlardan Vizantiyadan janubga, Afrikaga va Hindistonga boradigan karvon yo'li o'tardi. Buyuk Ipak yo'li mam- lakatlarida notinchlik paytlarida karvon yo'llari Arabistonga siljirdi. Zamonlar o'tib bu karvon yo'llari bo'yida aholi qo'rg'onlari va shahar- lar vujudga keladi. Ularda yashagan aholi esa karvon yo'llaridagi savdogarlar, sayyohlarga xizmat qilish bilan mashg'ul bo'lgan.
Bu qo'rg'onlardan eng yirigi Makka shahri bo'lgan. Ko'chmanchilar mollarini shaharlarga keltirib, mahalliy aholidan don, gazlama, qurollarga ayirboshlagan.
Arabistonning eng taraqqiy etgan viloyatlari — Yaman va Hijoz edi. Yaman yerlari unumdorligi bilan nom chiqargan, unda suv yetarli bo'lganidan mevali daraxtlar, xurmozorlar bunyod etilgan. "Yaman" arabcha "haq", "baxtli" ma'nosini bergan. Arablarga taqlid qilgan rim tarixchilari Yamanni "Baxtli Arabiston" (Arabia felix) deb nomlaganlar. Ko'chmanchi badaviylar ko'plab urug'-qabila- lardan tashkil topgan. Qabila yer, yaylov, suv manbalariga birgalikda egalik qilsa, mollar ayrim oilalarga tegishli edi. VI—VII asrlarda aholi soni ko'payib qabilalar orasida suv manbalari va yay- lovlar uchun kurash kuchayadi. Ularda turli iloh- larga sig'inilgani qabilalar orasidagi ziddiyatlarni yanada keskinlashtirgan.
Urushlarda olingan harbiy o'ljalar qabila sar- dorlari, harbiy yo'lboshchilarning boyib borishi, natijada urug'-qabila zodagonlari - shayxlarning shakllanishiga olib keladi va bu jarayon, VII asrning boshlarida urug'chilik tuzumining in- qirozini tezlashtiradi. Eron shohi Xisrav I 570-yili Yamanni istilo qilishi bilan karvon yo'li eronliklarga qarashli Ikki daryo oralig'iga siljiydi. Savdoning in- qirozi uning hisobidan yashovchi Hijoz va Yaman shaharlaridan boshlab, ko'chmanchi-badaviylargacha, barcha aholining hayotini mush- kullashtirgan. Bu holat, markazi Makka shahri bo'lgan, asosan quraysh qabilasi yashaydigan Hijozda ravshan namoyon bo'ladi.
Iqtisodiy inqiroz ko'chman- chilarni yangi yerlarni istilo qilishga, yaylovlami kengaytirishga undaydi. Bu paytda arablarga qo'shni Vizantiya, Eron kabi davlatlarda iqtisodiy tanglik, kuchli qo'shinning bo'lmasligi ham arablarga qo'l keladi. Vu- judga kelgan vaziyatda arablarning birlashuviga yangi - islom dini xizmat qiladi.
Islom tarixchilari uning asoschisi bo'lajak payg'ambar Muhammad alayhissalomni 570-yili Makkada tavallud topganini yozadilar. Otalari Abdulloh bu paytda savdo ishlari bilan Suriyada bo'lib, Makkaga qaytishida qo'qqisdan vafot etadi. Ikki oylik chaqaloq qolgan Muhammad (s.a.v.)ga otasidan 5 ta tuya, bir necha qo'y va habashistonlik Barakat ismli cho'ri ayol merosga qoladi. An'anaga binoan, makkaliklar jaziramadan asrash uchun har yili yosh bolalarni tog'dagi yaylovlarda yashovchi banu sa'd qabilasiga mansub ayollarga berib yuborganlar.
Islom tarixchilari uning asoschisi bo'lajak payg'ambar Muhammad alayhissalomni 570-yili Makkada tavallud topganini yozadilar. Otalari Abdulloh bu paytda savdo ishlari bilan Suriyada bo'lib, Makkaga qaytishida qo'qqisdan vafot etadi. Ikki oylik chaqaloq qolgan Muhammad (s.a.v.)ga otasidan 5 ta tuya, bir necha qo'y va habashistonlik Barakat ismli cho'ri ayol merosga qoladi. An'anaga binoan, makkaliklar jaziramadan asrash uchun har yili yosh bolalarni tog'dagi yaylovlarda yashovchi banu sa'd qabilasiga mansub ayollarga berib yuborganlar.
Dastlab Makka qurayshlari tomonidan yangi din yaxshi qarshilan- maydi. Natijada 622-yili Muhammad (s.a.v.) o'z tarafdorlari bilan Yasrib (Madina)ga keladi. Bu voqea hijrat (ko'chish) nomini olib, musulmon yil hisobining boshlanish sanasi hisoblanadi.
630-yilga kelib arablarning katta qismi musulmon bo'ladi. Makka islom dinining markazi, barcha musulmonlar uchun muqaddas shaharga aylanadi. Islom dini asosida Arabiston yarim orolida ko'chmanchi va o'troq qabilalarni birlashtirgan yagona davlat vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |