Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7



Download 1,68 Mb.
bet151/222
Sana31.12.2021
Hajmi1,68 Mb.
#257044
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   222
Bog'liq
7 жаҳон тарихи конспект

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning o’tgan darsda olgan bilimlari sinab ko`riladi.

1.Xitoy shaharlari haqida nimalarni eslab qoldingiz?



  1. Yaponiya va Eron shaharlari haqida gapirib bering.

  2. Shaharlarda hunarmandchilikning qaysi turlari yuksak rivojlangan?

  3. Siz Sharq mamlakatlari bozorlari va savdosi haqida nimalar­ni bilib oldingiz?

5. Yurtimiz hunarmandlari o'rta asrlarda qanday soliqlar to'laganligini bilasizmi?

Faol o`quvchilar baholanadi.



III.Yangi mavzu bayoni: Reja:

1. Yevropada xristian dini qachondan rasman tan olinganini eslang.



    1. Katolik cherkovining pravoslaviyedan qanday farqlari borligi- ni tushuntiring.

    2. O'rta asrlarda cherkov qanday o'rin tutgan?

    3. Indulgensiya savdosini qanday tushundingiz?

    4. Inkvizitsiya nima va u kimga xizmat qilgan?

Bizga qadimgi dunyo tarixidan ma'lumki, xristianlik dini Yaqin Sharqda 1 asrda vujudga keladi. Xristian- likning asosini halol hayot kechirish hamda toat-ibodat orqali inson va xudo orasida uyg'unlikka, muloqatga erishishga ishonch tashkil etadi. Xristian dini IV asrdan german qabilalari orasida ham tarqala boshlaydi. Franklar qiroli Xlodvig xristianlikni V asrning oxirida qabul qiladi. Keyingi asrda yangi dinga vestgotlar, Pireneya yarim orolining tub aholisi ham o'tadi. Angliya va Irlandiya monastirlaridan yetishib chiqqan serg'ayrat rohiblar VI-VI1I asrlarda Yevropaning eng chekka joylariga ham borib aholini xristianlikka o'tkazganlar. Skandinaviya aholisi (shvedlar, norveglar, finlar) bu diniy ta'limotni IX asrdan qabul qiladi. Vengerlar IX asrda, polyaklar X asrda xristianlikka o'tsalar, Kiyev Rusi va Bolgariya X asr oxirlarida xristianlikning pravoslav mazhabini Vizantiyadan qabul qilgan. Eng oxirida Yevropaning shimoliy-sharqidagi polab slavyanlari (XII asrda), pruss va litva qabilalari (XII I—XIV asr­larda) cho'qintirilgan. Rim imperiyasining 395-yili G'arbiy va Sharqiy Rimga bo'linishi cherkovni ham ajralishiga olib keldi. Frank qiroli ko'magida 756-yili Italiyada Rim papalari davlati — Papa viloyati tashkil topadi.,. Vizantiya cherkovi esa avvaldan davlatga bo'ysunuvchi, Konstantinopol patriarxi boshqaradigan diniy tashkilot- ga aylanadi. Sharqiy Yevropada bolgarlarni cho'qintirishdagi raqobat 1054-yili xristian cherkovini rasman: g'arbiy katolik ("jahon") va Sharqiy pravoslav ("sof din", "chin e'tiqod") cherkovlariga bo'linishiga olib keldi. XI asr o'rtalaridan rim-katolik va yunon-pravoslav cherkovlari mustaqil faoliyat olib bormoqda. Mazhablar orasidagi tafovutlar udum marosimlarda ham mavjud. Xususan, katoliklarda ibodatdan avval faqat ruhoniylar bir chimdini non va bir ho'plam vino bilan poklansalar, pravoslavlarda barcha dindorlar bunday huquqqa ega bo'lishgan. Katoliklar beshta, pravoslav- lar uchta barmoqlari bilan cho'qinganlar. G'arbda eherkov va'zlari lotincha, Sharqda esa yunon tilida olib borilgan. Katolik cherkovi barcha ruhoniylarga uylanishni taqiqlasa ("selebat"), pravoslavlarda faqat rohiblar oila qurmagan. Yevropada V asrda boshlangan feodal mu- nosabatlaridan cherkov ham chetda qolmaydi. Ekinzorlarning uchdan biri ibodatxona va monastirlar qo'lida to'planadi. Davlat soliqlaridan ozod etilgan bu yerlarda cherkovdan ijaraga yer olgan 100 minglab qaram dehqonlar mehnat qilganlar. Undan tashqari xristian cherkovi aholidan ushr (hosilni 1/10) solig'ini undirgan. Aholi, shuningdek, bolani cho'qintirish, nikohdan o'tganida, marhumga ta'ziya marosimi o'tkazilganda va boshqa udumlar uchun ham pul to'laganlar. Cherkovga tushadigan daromadning talay qismi Rim papasi xazinasiga yuborilgan. Katolik cherkovi, shuningdek, indulgensiya (lotincha "afv") - gunohlardan kechish yorliqlarini sotish hisobiga ham boyigan. Cherkovning badnafsligi insonning faqat qilgan gunohlari emas, balki qilishi mumkin bo'lgan gunohlarini ham av­valdan ma'lum pul evaziga kechishida ko'rinadi. Yevropada cherkov davlatning muhim tashkilotiga aylanib, uning siyosiy va iqtisodiy faoliyatiga aralashgan, sud vazifasini bajargan, Cherkov qo'llagan jazoning eng og'iri interdikt — mamlakatda ibodat va marosimlarni vaqtinchalik taqiqlanishi bo'lgan. Katolik cherkovi o'z qudrati cho'qqisiga lnnokentiy III (1198- 1216) papaligi davrida erishdi. Uning "Oy o'z yog'dusini Quyoshdan olganidek, qirol hokimiyati o'z jilosini papalikdan oladi" degan so'zlari amalda qo'llaniladi. Rim papasi german, fransuz va ingliz hukmdorlari- ni interdikt orqali tavba-tazarru qildiradi. Papaning hukmini aholiga o'tkazishdagi tayanchlardan yana biri rohiblar bo'lgan. Dastlabki monastirlar IV asrdan tashkil etilgan. Rohiblar toat-ibo- datdan bo'sh paytlarida xattotlik bilan shug'ullanganlar. Ayrimlari esa monastir qoshidagi maktablarda bolalarni o'qitganlar. Cherkov va uning ta'limotiga qarshi kishilar yeretiklar (yunoncha - "dahriylar") deb nomlangan. Bunday kishilar cherkovning boyliklari, hashamatli udum marosimlariga qarshi chiqib, sodda cherkov g'oyasi tarafdorlari bo'lishgan. Yeretiklarga qarshi kurashish uchun cherkov sudi - inkvizitsiya (lotincha - "qidiruv") tuziladi. Xristian cherkovi dushmanlarini izlab topish va jazolash bilan shug'ullangan inkvizitsiya o'z qudrati cho'qqisiga papa Grigoriy IX (1227-1241) davrida erishadi.

Inkvizitsiya faoliyati Ispaniyada, ayniqsa, keng tus oladi. Unda mahkum etilganlarni gulxanda yondirish "autodafe" (portugalcha - "e'tiqod, yoki din ishi") ham qo'llaniladi. Qatl jarayonini cherkov bayram tomoshasiga aylantirib, unda qirol va saroy amaldorlari, zodagonlar va minglab oddiy xalq vakillari qatnashgan.




Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish