Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7



Download 1,68 Mb.
bet135/222
Sana31.12.2021
Hajmi1,68 Mb.
#257044
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   222
Bog'liq
7 жаҳон тарихи конспект

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning o’tgan darsda olgan bilimlari sinab ko`riladi.

Faol o`quvchilar baholanadi.



III.Yangi mavzu bayoni: Reja:

1. 4-salib yurishlarining ahamiyati nimada?


2. Lotin imperiyasi qay tariqa yiizaga keldi?
3. So’nggi salib yurishlari qachon boiib O’tdi?

4. Salib yurishlarining natijalari va ahamiyatini sO’zlab bering.


XII asr oxiridan papa Innokentiy III yangi salib yurishlarini tashkil etishga kirishadi. Salibchilar Venetsiya bilan dengiz orqali qo'shinni kemalarda Falastinga olib o'tishga kelishib 85 ming kumush marka pul to'- lashni zimmalariga oladilar. Kelishilgan pulning deyarlik 1/3 qismini to'lay olmagan salibchilar yurishlar boshlanishidanoq Venetsiyaning savdodagi asosiy raqibi Vizantiy- aga qarshi urush boshlashga majbur bo'ladi. Urushga bahona ukasi tomonidan taxtdan tushirilib ko'ziga mil tortilgan Isaak II Angelga toj-u taxtni qaytarish bo'ladi. To'rtinchi salib yurishi qatnashchilari ritsarlar qo'shini Konstantinopol devorlari ostiga kelib tushadi. Salibchilar qo'shini 1204-yilning 9—13-aprelida Konstantinopolga hujum boshlaydi. Yigirma minglik qo'shin yarim million aholisi bo'lgan shaharni egallaydi. Asos solinganidan buyon ilk bor Konstantin shahri dushman o'ljasiga aylanadi. Lotinlar (vizantiyaliklar salibchilarni shunday nomlaganlar) Vizantiya xarobalarida. zamondoshlari Sharqdagi Romaniya, hozirgi tarixchilar Lotin imperiyasi deb atagan davlatni tuzadilar. Romaniyaning birinchi imperatori etib salibchilar yo'lboshchilaridan biri - Flandriya grafi Bolduin saylanadi. Qizig'i, Bolduin o'zini Vizantiya imperatorlari hokimiyatining qonuniy davomchisi, Romaniyani — Vizantiyaning davomi deb hisoblagan. Mahalliy yunonlarning mardonavor qarshiligi tufayli lotinlar Vizan­tiya yerlarini to'liq bo'ysundira olmadilar. Lotin imperiyasining o'zi ham tez orada bir necha mayda knyazliklarga bo'linib ketadi. Fessalonika qirol- ligi, Afina gersogligi, Axeyya knyazligi va boshqalar Konstantinopol hokimiyatini nomigagina tan olganlar. Lotinlar bosib olingan hududlarda o'z tartiblarini o'rnata boshlay- dilar. Awalgi Vizantiya yerlarida zamonasida aytilgandek, "Yangi Fran- siya" vujudga keladi. Bu davlatda ham G'arbiy Yevropadagi kabi ritsar- lar qasrlari qad ko'tardi. Konstantinopol patriarxi taxtini katolik ru- honiysi egallaydi, dehqonlar ritsarlarga shaxsiy qaramlikka tushadilar. Vizantiyani zabt etgan ritsarlarning ko'pchiligi tez orada vataniga qay- tib ketadi. Lotin imperiyasida qolgan ritsarlar hokimiyatni faqat o'zlarining temir intizomi va uyushganligi bilan ushlab turadi. Kons­tantinopol saroyi butun Yevropada ritsarlari jasorati bilan shuhrat qozongan edi. Ular, ayniqsa, ritsarlik sha'niga, sadoqatiga rioya qilishda namuna bo'lishgan. Vizantiyaliklarning lotinlarni tez orada haydab yuborishiga umidlari bekor ketmaydi. Bo'ysundirilgan aholi salibchilarni yoqtirmaganlar, lotinlar esa o'zaro kelishishmagan. Kunlardan birida nikeyaliklar harbiy bo'linmasi lotinlarni "qo'r- qitish" maqsadida Konstantinopolga keladi. Ayni paytda lotinlar qo'shini nikeyalarga qarshi dengizdan hujum qilishga ketgan va sha- harni himoyasiz qoldirgan edilar. Konstantinopol yunonlan nikeya­liklar qo'shinini yaqiniashganini eshitib xursandchiliklarini yashir- maydilar. Ularning yordami bilan nikeyaliklar shaharga kirib, poy- taxtni osongina egallashgan. Tez orada ortga qaytgan lotinlar shaharni qo'ldan ketganiga guvoh boiadilar. Nikeyaliklar bilan jangda mag'- lubiyatga uchragan lotinlarga kemalarga o'tirib, Yevropaga qaytishdan boshqa chora qolmaydi. Nikeya imperatori, Vizantiya vasilevslari so'nggi sulolasi asoschisi Mixail VIII Paleolog 1261-yilning 15-av- gustida Konstantinopolga tantanali kirib keladi. Vizantiya imperiyasi shu tariqa tiklanadi. Yuqorida qayd etilgan baxtsizliklar tufayli Vizantiya dunyoning qudratli mamlakatidan, Bolqon yarim orolining bir qismi, Kichik Osiyo- dagi ayrim hududlar va Egey dengizidagi ba'zi orollarni egallagan un- chalik katta bo'lmagan yunon davlatiga aylanadi. XIII asrda tashkil qilin­gan qator salib yurishlari Yaqin Sharqdagi vaziyatni o'zgartira olmaydi. Fransiya qiroli Lyudovik IX ning 1269-1270-yillardagi sakkizinchi salib yurishlari so'nggi salib yurishlari bo'ladi. Ko'p o'tmay salibchilarning Sharqdagi mulklari birin-ketin musulmonlar qo'liga qaytadi. Salib yurishlari yakun topishining asosiy sababi XIII asrning oxi- ridan G'arbiy Yevropa mamlakatlarida boshlangan o'zgarishlar bo'ladi. Ishlab chiqarish kuchlari o'sadi. O'rmonlar kesilib ekinzorlarga aylan- tirila boshlanadi. Qishloq aholisining yersiz bir qismi tobora yuksala borayotgan shaharlarga ketadi. Qirol hokimiyatining kuchaya boshlashi va mamlakatni markazlashtirish siyosati ritsarlarga qirol qo'shinida xizmat qilish imkonini yaratadi. Savdogarlar tinch yo'l bilan savdo- sotiq olib borishning afzalligiga yana bir bor ishonch hosil qiladilar. Salib yurishlari o'zining asosiy, ya'ni Sharqda kuchli xristian dav- latlarini yaratish maqsadiga erisha olmaycti. Unda qatnashgan 100 minglab kishilar halok bo'lib, katta moliyaviy zarar ko'riladi. Yaqin Sharqda ham ko'plab kishilarning qirilishi, vayronagarchiliklar, musibatlar cheksiz bo'ladi. Lekin Sharqning yuksak madaniyati bilan tanishishi Yevropa feodallari turmush tarzini keskin o'zgartirdi. Ularda dabdabali hayotga havas, pulga — boylikka erishish uchun intilish kuchayadi. Natijada, Yevropa mamlakatlarida soliqlarni mahsulot bilan emas, pul bilan olish o'sib boradi. Ayrim feodallar qaram dehqonjarini to'lov evaziga ozod- likka chiqara boshlaydilar. XII—XI11 asrlardan Yevropada sholi, grechixa, tarvuz, o'rik va limon- lar o'stirila boshlanadi. Damashqdan keltirilgan atirgulning "shoh" navlari ko'plab mamlakatlarga tarqaladi. Yevropaning janubida shakarqamish yetishtirila boshlanadi. XII asrdan Yevropada shamol tegirmonlari quriladi. G'arbga nafis gazlamalar: muslin (yupqa gazlama). atlas, Damashq shoy- ilari keltiriladi. Ulardan ajoyib nafis kiyim-kechaklar tikila boshlanadi. Aloqa kaptarlari yordamida xatlarni tashish arablardan o'zlashtirilib, XII asrdan yevropaliklar tomonidan ham qo'llanila boshlanadi. Yevro­pada salib yurishlaridan so'ng hammomlar qurish, hashamatli liboslar kiyish keng urf bo'ladi.


Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish