Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning o’tgan darsda olgan bilimlari sinab ko`riladi.
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:
Nima sababdan Filipp IV Rim Papasi bilan ixtilofga borib qoladi?
Fransiyani birlashtirishda qirol kimlarga tayangan?
General shtatlar nima va u qanday maqsadda chaqiriladi?
Toifaviy monarxiya nima?
"Papalarning Avinon tutquni" haqida so'zlab bering.
"Tampliyerlar ishi" nima uchun uyushtiriladi?
Fransiyani markazlashtirishni davom ettirgan Filipp IV (1285—1314) o'z qirolligining boshlarida Shampan grafligi, Lion viloyati va shahrini qirol domeniga qo'shib oladi. Uning keyingi harakatlari mamlakatning shimoliy-g'arbidagi yirik savdo - hunarmand- chilik shaharlarini birlashtirgan Flandriyani egallashga qaratiladi.
Urushlar, saroy bazmlari katta mablag'larni talab qilgan. Qirol vaziyatdan chiqish uchun turli usullarni qo'llar edi. Filipp IV shahar lardan qarz olib ularni qaytarmas, yahudiylarni mamlakatdan chiqarib yuborib, so'ng ularni katta to'lovlar evaziga qaytarar, tanga puldagi kumush miqdorini pasaytirib, uni buzar, qirollikdagi dehqonlarni erkinlikka chiqishi uchun katta to'lov talab qilardi. Nihoyat, Filipp IV o'z nigohini eng boy tashkilot - katolik cher- koviga qaratadi. U Yevropa hukmdorlaridan birinchi bo'lib, katta yer mulklarga egalik qilayotgan cherkovdan soliq talab qiladi. Rim papasi Bonifatsiy VIII (1294-1303) o'zining mashhur o'tmishdoshlari Grigoriy VII va Innokentiy III lar qabilida ish tutadi. U ruhoniylarga Fransiya qiroliga soliq to'lashni man etishdan tashqari, Filipp IV dan Flandriyaga qarshi urushni to'xtatishini talab qiladi. Fransiya qirolining Papa xohish-irodasiga bo'ysunmaganligiga javoban Bonifatsiy VIII Filipp IV ni cherkovdan xoliligini tantanali e'lon qi- lish uchun tayyorgarlikka kirishadi. aralashishini qoralaydi. Keng jamoatchilik ko'magiga tayangan Filipp IV papaga qarshi harakatni boshlaydi. Qirolga anafema (la'nat) e'lon qilish tayinlangan kun arafasida Italiyaning shimolidagi Anani shahrida joylashgan papa sa- royiga Filippning bir guruh askarlari bostirib kiradi. Ular esankirab qolgan papaga qamoqqa olingani va sud oldida javob berishi uchun Fransiyaga jo'natilishini e'lon qilishadi. Rivoyatga qaraganda, fransuzlar yetakchisi ko'z ko'rib quloq eshitmagan narsa - papaga tarsaki tushir- ishga jazm etadi. Chorasiz Bonifatsiy VIII faqat: "mana mening bo'ynim, mana mening boshimT — deya oladi, xolos. Papani osishmaydi, boshini ham olishmaydi, Fransiyaga olib ketishga ham ulgurishmaydilar. Anani- liklar Bonifatsiy VIII ni qutqaradilar. Lekin papa tahqirni ko'tara olmas- dan, ko'p o'tmay aqldan ozib vafot etadi. Tez orada Filipp IV ning g'alabasi to'liq tiis oladi. Kardinailar Fransiya arxiyepiskopini papalikka saylashadi. U esa Italiyadan Fransiyaning janubiga Avinon shahriga ko'chib o'tishga qaror qiladi. Avi non fransuz qiroli mulkiga kirmasa-da, albatta uning bu yerdagi ta'siri katta edi. Zamondoshlari xristian dunyosi boshlig'i fransuz qirolining sodiq xizmatchisiga aylanganidan shikoyat qilganlar. Papalarning Rimga qaytishi uchun deyarli 70 yil kerak bo'ldi. Bu yillar ( 1 309-1 377) Rim cherkovi tarixida ' papalarning Avinon tutquni" nomini oladi. Papalarni "Boqiy shahardan fransuz qiroli himoyasiga" o'tishi Filipp IV ning zamondoshlariga tayyor- lagan so'nggi kutilmagan "sovg'a"si emasdi. U boshlagan "tampliy- erlar islii" ham Yevropada katta shov-shuvga sabab bo'ladi. Qirol kutilmaganda tampliyerlar ordenini dahriylikka yo'liqib gunohlarga botganligiga "ishonadi". Bu orden Yaqin Sharqda 1291-yilgacha qolib, so'nggi janglarda qatnashgan va katta talafotlarni boshidan kechirgan edi. 1307-yilning tunlaridan birida ordenning ko'pchilik a'zolari va buyuk magistri qamoqqa olinadi. Ordenning bitmas-tuganmas boyliklari haqidagi mish-mishlar ularning boshiga balo bo'ladi. "Avinon papa"sidan rozilik olib, tampliyerlarning mol-mulklari musodara qilina boshlanadi. Ko'plari qiynoqqa solinib, gulxanlarga tashlanadi. Buyuk inagistr 1314-yili o'limga mahkum etiladi. Uning o'limidan bir oy o'tib papa, o'n oydan so'ng Filipp IV vafot etadilar. Mamlakatda Filipp IV qarg'ishga uchragani, uning vorislarini vanada dahshatliroq fojialar kutayotganligi haqida mish-mishlar tarqaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |