Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7



Download 1,68 Mb.
bet113/222
Sana31.12.2021
Hajmi1,68 Mb.
#257044
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   222
Bog'liq
7 жаҳон тарихи конспект

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning o’tgan darsda olgan bilimlari sinab ko`riladi.

Faol o`quvchilar baholanadi.



III.Yangi mavzu bayoni: Reja:

      1. 1420-yilgi shartnoma Fransiyaga qanday o'zgarishlar olib kelgan?

      2. Xalq ozodlik harakati va Janna d'Arkning yuz yillik urushdagi o'rnini baholang.

  1. Mamlakatni markazlashtirish natijalarini gapirib bering.

Angliya Fransi­yaga 1360-yil taklif etgan tinchlik sulhi bo'yicha mamlakat hududlarining 1/3 qismi inglizlarga o'tadi. Fransiya qiroli Karl V harbiy islohotlar o'tkazib, kuchli to'pchilar qo'shini va flot tuzish- ga kirishadi. Yagona qo'mondonlik joriy etilib, uning vakolatlari kengaytiriladi. Ushbu lavozimga tayinlangan Dyugeklan yirik janglarga kirmasdan kichik janglar orqali deyarli barcha hududlarini inglizlardan ozod qiladi. Lekin urushdagi g'alabalar uzoqqa cho'zilmaydi. Qirol saroyidagi kelishmovchiliklardan foydalangan inglizlar 1415- yilning kuzida Normandiyaga qo'shin tushiradi. Azcnkur jangida yana fransuzlar qo'shini tor-mor etiladi. Mamlakatning yarmi Angliya qo'liga o'tib, cherkov va ruhoniylar ingliz qirolini tan olishdi. Burgundiya ger- sogi ham inglizlar tomoniga o'tadi. Uning ko'magida inglizlar Parijni egallaydi.

1420-yilgi shartnomaga ko'ra. Angliya qiroli Genrix V ning o'g'li taxtga kelganda, birlashgan Angliya va Fransiyaning qiroli bo'lishi ko'rsatiladi. Ammo 36 yoshli Genrix V 1422-yili vafot etganida uning 10 oylik o'g'li Genrix VI taxtda qoladi. Fransiya qiroli Karl VI ning vafot etishi hokimiyat uning o'g'li dofin (shahzoda, taxt vorisi) Karlga o'tishini ta'minlaydi.

Yuz yillik urushning xususiyati o'zgarib, ingliz qo'shinlariga qarshi oddiy xalq ko'tariladi. Dofin Karl uchun muhim bo'lgan mamlakat janubiga yo'l ochuvchi Orlean shahri himoyachilari inglizlarga qarshi 200 kunlik qamalda taslim boiishmaydi.



Orlean qizi. Ingliz qo'shinlari Or- leanga hal qiluvchi hujumga tayyorgarlik ko'rayotgan bir paytda Karl huzuriga 16 yoshli oddiy dehqon qizi Janna d'Ark kelib, uni fransuzlar g'alabasi muqarrar ekanligiga ishontiradi. Jannaga ritsarlar bo'linmasi berilib, Orleanni ozod qilish uchun yo'llangan qo'shin tarkibiga kiri- tiladi. Bir necha kun davomida inglizlar qurgan istehkomlar yanchib tashlanib, shahar qamaldan ozod qilinadi. Bu voqeadan so'ng Jannani "Orlean qizi" deb atay boshlaydilar. Jannaning qah- ramonligidan ilhomlangan fransuzlar barcha hududlarda bosqinchilarga qarshi urush boshlaydilar. Reymsda — Fransiya qirollarining an'anaviy toj kiyadigan shahrida Karlning toj kiyish imkoniyati paydo bo'ladi. Karl VII (1422—1461) Fransiya qiroli bo'lgach, uning mamlakat va Yevropadagi nufuzi keskin oshadi. Janna d'Arkning shuhrati oshib borishi, qirol saroyi a'yonlarining hasadini kuchaytiradi. 1430-yili Kompen qal'asi uchun janglarda Janna burgundlar tomonidan asirga olinib, inglizlarga topshiriladi. Fransiya qiroli qahramon qizni qutqarishga urinib ham ko'rmaydi. Cherkov sudi Jannani o'limga hukm etib, 1431-yilning 30-mayida Ruan shahri may- donida gulxanda yondiradi. Jannaning qahramonligi fransuzlarning vatan- parvarlik tuyg'usini kuchaytirib, ozodlik urushida keskin burilish yasaydi. Inglizlarning ketma-ket mag'lubiyatlari 1453-yilda sulh tuzilishi bilan tugaydi. Ular ixtiyorida faqat Kale porti qoladi.

G'alaba qirol hokimiyatining kuchayishiga olib keldi. Qirolning muntazam qo'shini tuzila boshlangan. Soliqlarning muntazam yig'ilishi orqali davlat daromadlari oshirilgan.

1451-yili urush bo'lgan hududlardagi dehqonlar 8 yilga soliqlardan ozod qilinadi. Bu dehqonlarni o'z xo'jaligini tiklashiga yo'l ochgan.


Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish