Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 10 Mavzu



Download 1,01 Mb.
bet89/155
Sana01.02.2022
Hajmi1,01 Mb.
#421302
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   155
Bog'liq
10-sinf Jahon tarixi konspekt

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish,siyosiy yangiliklar bilan tanishtirish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarga topshiriq1 beriladi. O`zingizni sinab ko`ring
F
Atlantik xartiya ... 1941-yil dekabrda ...
1942-yil bahor-kuzida ... 1943-yil may ...
1945-yil 16-apreldan 2-maygacha ... 1945-yil 8-may ...

aol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Antigitler koalitsiya a’zolari urushda g‘alaba qozonib, insoniyat sivilizatsiyasi tarixida yangi sahifani ochganlarida, bu sahifaga ni- malar yoziladi-yu, uning mazmuni qanday bo‘lishini hali hech kim ayta olmasdi. Ammo bor-yo‘g‘i 30 yil ichida insoniyat tarixidagi eng dahshatli ikkita urushga bevosita guvoh bo‘lgan dunyo xalqlarini tinch-totuv yashash istagi, tinch rivojlanish orzusi birlashtirib turardi. «Sovuq urush»ning boshlanishi. Dunyoni hududiy qayta bo‘lish uchun olib borilgan ikkita jahon urushlaridan so‘ng dunyodagi kuchlar nisbatida katta o‘zgarishlar yuz berdi. G‘arbning liberal-de- mokratik davlatlari bilan SSSR o‘rtasida ziddiyatlar kuchayib bordi. Urushdan so‘ng AQSH sovet — Amerika munosabatlari tarixida birin- chi marta SSSRga qarshi yadro qurolini qo‘llashi mumkinligi bilan tahdid qildi. Iste’foda bo‘lsa-da, urush yillari katta obro‘ orttirgan U. Cherchill 1946-yil martda AQSHning Fulton shahrida Vestmins- ter kolleji tinglovchilari oldida so‘zga chiqib, AQSHga «tinchliksevar xalqlarning sovet tajovuziga» qarshi kurashiga boshchilik qilishni tak- lif qildi. U. Cherchill ushbu nutqida qo‘llagan «temir parda» iborasi uzoq vaqt G‘arb bilan Sharq o‘rtasidagi ramziy chegara bo‘lib qoldi.
1947-yil iyun oyida AQSH davlat kotibi J. Marshall Yevropa mamlakatlariga urush oqibatlarini bartaraf qilishda yordam ko‘rsa- tish g‘oyasini ilgari surdi. Sovet diplomatiyasi «Marshall rejasi»ni rad etdi. Sovetlar «Marshall rejasi»ni SSSRning Sharqiy Yevropada- gi ta’siriga navbatdagi xavf, Amerika kapitalining Yevropani egal- lash uchun urinishi, deb baholadi. Voqealarning keyingi rivoji bu baho uncha to‘g‘ri emasligini ko‘rsatdi. Yevropaning ikki guruhga, bir tomondan, «Marshall rejasi»ni qabul qilgan va AQSH bilan yaqinlashuv yo‘lini tanlagan davlatlar, ikkinchi tomondan, taraqqiyot- ning sotsialistik yo‘lini va SSSR bilan hamkorlikni tanlagan davlat- larga bo‘linishi ancha uzoq davom etgan qarama-qarshilikni boshlab berdi. Yevropa qit’asida, keyin esa butun dunyo miqyosida bir-biri-
ga qarama-qarshi turgan harbiy-siyosiy va iqtisodiy ittifoqlar tizimi shakllandi. Dunyoning eng katta davlatlari — AQSH va SSSR bu itti- foqlarning markazlariga aylandi.
1949-yil yanvarda SSSR va Sharqiy Yevropaning ko‘pchilik dav- latlari iqtisodiy ittifoq — O‘zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi (O‘IYK)
tuzilganligini e’lon qildilar. O‘z navbatida G‘arb davlatlari 1949-yil aprelda Shimoliy Atlantika Shartnomasi tashkiloti (NATO) deb ata- luvchi harbiy-siyosiy tashkilotni tuzdilar. NATOga javob tariqasida 1955-yili SSSR va Sharqiy Yevropa davlatlarining harbiy-siyosiy it- tifoqi — Varshava Shartnomasi Tashkiloti tuzildi.

1979-yil dekabrda Afg‘onistonga sovet qo‘shinlari kiritildi va xal- qaro munosabatlarda yana keskinlik boshlandi. Bu keskinlikni yum- shatish, ikki tomonni ham qanoatlantiradigan munosabatlar shaklini topish uchun ilk harakatlar SSSR va AQSH liderlari M.S. Gorbachev va R. Reyganning 1980-yillari Jeneva va Reykyavikdagi uchrashuvla- rida boshlandi. Bu uchrashuvlar biron-bir shartnoma imzolanishi bilan yakunlanmagan bo‘lsa-da, ikkala tomonning ham insoniyatni yadro urushi xavfidan xalos qilishga bo‘lgan intilishini namoyon qildi

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish