Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 10 Mavzu



Download 1,01 Mb.
bet102/155
Sana01.02.2022
Hajmi1,01 Mb.
#421302
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   155
Bog'liq
10-sinf Jahon tarixi konspekt

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish,siyosiy yangiliklar bilan tanishtirish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: Rasmdagi shaxslarga ta`rif bering

O`q1uvchilar fikri tinglanadi.Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Urushdan keyin SSSRda totalitar tuzumning kuchayishi. Sovet xalqlariga juda katta kulfat olib kelgan Ikkinchi jahon urushi yakun- landi. Urushda 27 mln. sovet fuqarolari halok bo‘ldi, 12,5 mln. kishi nogiron bo‘lib qoldi, mamlakat juda katta moddiy zarar ko‘rdi.
Xalqaro miqyosda SSSRning roli keskin oshganligiga, u dunyoning qudratli davlatlaridan biriga aylanganiga qaramasdan, urush sovet xalqi uchun juda qimmatga tushdi. Shunchalar ko‘p hudud vayron qilindiki, ularni tiklash bir necha o‘n yillarga cho‘zilishi mumkin edi. Deyarli har bir sovet oilasi yaqin kishisidan ayrildi.
«Marshall rejasi» bo‘yicha AQSHdan yordam olgan G‘arb davlatlari- dan farqli ravishda SSSR iqtisodiyotni to‘liq ichki resurslar hisobiga, o‘z kuchi bilan tikladi. Sovet kishilarining matonatli mehnati tufayli vayron bo‘lgan zavodlar, shaharlar qayta qurildi, infratuzilma tiklandi. Xalqning mehnat ishtiyoqi chin dildan bo‘lib, ular farzandlari uchun tinch va farovon hayotni ta’minlash yo‘lida turmush qiyinchiliklariga ham tayyor edi.
Juda katta siyosiy-ma’muriy bosim, yengil sanoat va qishloq xo‘jaligini talash hisobiga hamda mehnatkash ommaning tashabbusini mafkuraviy rag‘batlantirish tufayli 1950-yili sanoat ishlab chiqarishi hajmi urushdan oldingi darajasidan oshib ketdi. Iqtisodiy sohada sovet davlati tarixida birinchi marta yengil sano- atning, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishning ustuvorligi belgilan- di. Xalq iste’mol buyumlari ishlab chiqarish ko‘paydi, uy-joylar quri- lishi jadallashdi, maoshlar oshirildi. Oziq-ovqat muammosini hal qilish uchun qishloq xo‘jaligi solig‘ini pasaytirish, boqimanda qarzlardan voz kechish, kolxozchilarning tomorqalarini kengaytirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlariga davlat xarid narxlarini va kolxoz bozori im- koniyatlarini oshirish, shuningdek, qishloqqa texnika yetkazib berish uchun kapital mablag‘larni ko‘paytirish ko‘zda tutildi. Qozog‘iston, Sibir va Volga bo‘yidagi qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirish g‘alla yetishtirishni tez ko‘paytirishning muhim omili sifatida qaraldi. Nati- jada 1950-yillarning ikkinchi yarmida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish keskin o‘sib, kolxozlarning pul daromadlari 3 mar- tadan ko‘proqqa oshdi.
Jamiyatni siyosiy liberallashtirish ham boshlandi. 1956-yil fevral- da KPSS XX syezdida N. Xrushchyov «Shaxsga sig‘inish va uning oqibatlari to‘g‘risida» nutq bilan chiqdi. Bu nutq o‘zining barcha kamchiliklariga qaramasdan, sovet totalitar davlatining xarakterini, Stalin va uning sheriklari amalga oshirgan jinoyatlarni ochib tash- ladi, shaxsga sig‘inishning mohiyati va ko‘lamini anglash jarayonini boshlab berdi. Jamiyatda o‘ta ochiq bo‘lmasa-da, bu muammolar keng miqyosda muhokama qilina boshlandi. Stalin davrida qatag‘on qilinganlarni oqlash jarayoni ommaviy tus oldi. Ayni paytda, XX syezd xalqaro kommunistik harakatning inqirozini boshlab berdi va sotsialistik tizim oxirigacha bu inqirozdan chiqa olmadi.
Shu tariqa, 1950-yillar o‘rtalariga kelib mamlakatda mavjud totali- tar tuzum bir qadar liberallashtirildi. Ammo bu harakatlar o‘tish davriga xos xarakterga ega edi.
1958-yil martda N. Xrushchyov KPSS MK Birinchi sekretari lavozimiga SSSR Ministrlar Sovetining Raisi lavozimini ham qo‘shib oldi. Shu tariqa N. Xrushchyov mamlakatda yagona liderga aylanib qoldi. I. Stalin o‘limidan so‘ng boshlangan mamlakat hayotini de- mokratizatsiyalash jarayoni ham vaqtincha to‘xtatildi.
1950-yillar oxiridan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqa- rishning o‘sish sur’atlari ancha susaydi. Oqibatda oziq-ovqat mahsulot- larining taqchilligi yuzaga kelib, SSSR borgan sari chetdan ko‘proq g‘alla sotib olishga majbur bo‘ldi. Qishloq aholisi, birinchi navbatda yoshlarning shaharlarga ko‘chib ketishi kuchaydi. 1


Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish