IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash:
Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida “Shum bola” qissadan parchasi o‘quvchilarga navbati bilan o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:
Domla bolani nima maqsadda ovqatlantirdi? U bolaga qanday ish topshirdi?
Domlaning bola bilan dastlabki va keying suhbatini taqqoslab o‘qing. U yetim bolaga qanday munosabatda bo‘ldi?
O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
“ Ketma-ketlikni top” o‘yini.
O‘quvchilarga parcha asosida turli qismlar beriladi. Eng ko‘p to‘g‘ri javob topgan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi va rag‘batlantiriladi.
Sahna ko`rinishi
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
O‘quvchilar darsga ishtiroki va faolligiga ko‘ra baholanadi.
VI.Uyga vazifa berish.
“Shum bola” qissadan parchasini o‘qib, mazmunini so‘zlash, tez aytish va maqollarni yodlash uyga vazifa qilib beriladi.