Sana: 201 y. Mavzu: to’G’ri va noto’G’ri kasrlar darsning maqsadi


Sana: «___» _____________ 201__ y



Download 1,07 Mb.
bet2/4
Sana08.09.2017
Hajmi1,07 Mb.
#19538
1   2   3   4

Sana: «___» _____________ 201__ y.
Mavzu: BIR XIL MAXRAJLI KASRLARNI QO’SHISH VA AYIRISH
Darsning maqsadi: Bir xil maxrajli kasrlarni qo’shishni va ayirishni o’rganish va ularni misollar bilan tushuntirish.
Darsning ko’rgazmali qurollari: ______________________________
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;

2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;

3. Yangi mavzuni yoritish:
1. Bir xil maxrajli kasrlarni qo’shish qoidasi

  1. Kasrlarning suratlari qo’shiladi.

  2. Natija yig’indining suratiga yoziladi.

  3. Yigindining maxrajiga kasrlar maxraji o’zgarishsiz o’zi yoziladi.

Umuman, k, m, n natural sonlar uchun .

Misollar:

1. ; 2. ;

2. Surat va maxraji o’zaro teng kasr 1 ga tengdir:

Misollar:

1. 2.

3. Kasr sonlarni qoshishda ham natural sonlardagi kabi o’rin almashtirish va guruhlash qoidalari bajariladi.

Misollar:

1. ; 2.

1. Bir xil maxrajli kasrlarni ayirish qoidasi


  1. Kasrlarning suratlari ayriiladi.

  2. Natija ayirmaning suratiga yoziladi.

  3. Ayirmaning maxrajiga kasrlar maxraji o’zgarishsiz o’zi yoziladi.

Umuman, k, m, n natural sonlar uchun , bunda km.

Misollar:



2. O’zaro teng (bir xil) kasrlar ayirmasi 0 ga teng:

Mashqlar:

676. Kasrlarni qo’shing, so’ngra qisqartiring:

1) ; 2) ; 3) ; 4) ;


678. Hisoblang:

1) ; 2) ; 3) ;


681. Yig’indini toping:

1) ; 2) 3)



689. Ayirmani toping:

1) ; 2) ; 3) ; 4) ;



693. Hisoblang:

1) ; 2) 3)



698. Tenglamani yeching:

1) ; 2) 3)



5. Darsga yakun yasash va baholash – darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ulaming o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash;
6. Uyga vazifa ________________________

Sana: «___» _____________ 201__ y.
Mavzu: BUTUN SON BILAN KASRNING

YIG’INDISI VA AYIRMASI
Darsning maqsadi: Butun son bilan kasrning yig’indisi va ayirmasini o’rganish va ularni misollar bilan tushuntirish.
Darsning ko’rgazmali qurollari: ______________________________
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism – salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;

2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;

3. Yangi mavzuni yoritish:
Butun son bilan kasrning yig’indisi va ayirmasi

Butun son bilan kasrning yig’indisi aralash sondir.

Misollar. 1) ; 2) ; 3) .

Masala. Dala hovlining qismiga sabzi, qolgan qismiga kartoshka ekildi. Dala hovlining qancha qismiga kartoshka ekilgan?

Yechish. Dala hovli yuzini 1 birlik deb olamiz.

Masalani yechish uchun ayirmani hisoblash kerak.

kasrning maxraji 5 bo’lgani uchun 1 ni kabi yozish qulay.

U holda,

J a v o b: dala hovlining qismiga kartoshka ekilgan.

Misol. ayirmani hisoblang.

1-usul.

Yoki qisqacha:

2-usul.

Har qanday natural sondan to’g’ri kasrni ayirish uchun:

1-qadam. Natural sonning maxraji ayriluvchi kasr maxrajiga teng kasr ko’rinishida ifodalanadi.

2-qadam. Bir xil maxrajli kasrlarni ayirish qoidasidan foydalanib, ayirma topiladi.
717. Yig’indini toping:

1) ; 2) ; 3) ; 4) .

717. Aralash sonni butun va kasr son yig’indisi ko’rinishida yozing:

1) ; 2) ; 3) ; 4) ; 5) .

717. Yig’indini hisoblang:

1) ; 2) ; 3) ; 4) .


5. Darsga yakun yasash va baholash – darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ulaming o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash;
6. Uyga vazifa ________________________

Sana: «___» _____________ 201__ y.
Mavzu: BURCHAK TUSHUNCHASI. YOYIQ VA TOG’RI BURCHAK. BURCHAKNI O’LCHASH. TRANSPORTIR
Darsning maqsadi: Yoyiq va tog’ri burchak haqida ma’lumot berish. Misollar bilan tushuntirish. Burchakni o’lchash. Transportir haqida ma’lumot berish. Misollar bilan tushuntirish.
Darsning ko’rgazmali qurollari: ______________________________
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism – salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;

2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;

3. Yangi mavzuni yoritish:
Burchak tushunchasi.

Yoyiq va tog’ri burchak

1. Burchak tushunchasi. Aziz o’quvchi! Sizlarning geometriya bilan ilk bor tanishuvingiz boshlang’ich sinflardanoq boshlangan.

Daftaringiz sahifalarida kesma, to’g’ri hiziq, siniq chiziq, uchburchak, kvadrat, to’g’ri to’rtburchak shakllarini chizgansiz. Bu shakllarning hammasi geometrik shakl (figura)lardir.

Daftaringiz, kitobingiz varag’i, deraza oynasi, sinf doskasi, stolning usti, tinch turgan ko’ldagi suv sathi tekislik haqida tasavvur beradi.

Daftaringizga 24-rasmni chizib oling.

Rasmdagi OA va OB nurlar umumiy O uchga ega. Ular tekislikni (daftaringiz varag’ini) ikki qism (soha)ga ajratadi – rasmda ular turli rangga bo’yalgan. Bu qismlarning har biri burchak deyiladi.

O nuqta burchakning uchi, OA va OB nurlar burchakning tomonlari deyiladi. «» belgi burchak belgisidir.

Burchakni uning uchiga qo’yilgan harf bilan belgilash mumkin: O. Ayni shu burchakni uchta harf bilan belgilasa ham bo’ladi: AOB (yoki BOA). Bunda burchakning uchiga qo’yilgan harf o’rtada yoziladi.

O’qilishi: «AOB burchak» yoki «O burchak».

Qaralayotgan burchak, odatda, yoycha bilan belgilanadi: .



2. Yoyiq burchak. Varaqqa AB to’g’ri chiziq chizing. Unda O nuqtani belgilang. Shunda to’g’ri chiziq umumiy O uchga ega bo’lgan ikkita nurga ajraladi. To’g’ri chiziq tekislikni ikkita qismga ajratadi. Shu qismlarning har biri yoyiq burchakdir (25-rasm).

Tomonlari to’g’ri chiziqni tashkil qiluvchi burchak yoyiq burchak deyiladi.



3. To’g’ri burchak. To’g’ri burchak tushunchasi bilan oldindan tanishsiz. Bir shakl ikkinchisiga qachon teng bo’ladi, degan savolga javob beraylik.

Agar bir shaklni ikkinchisining ustiga ular o’zaro joylashadigan qilib qo’yish mumkin bo’lsa, bunday shakllar teng deyiladi.

Varaqni AO va OB nurlar ustma-ust tushadigan qilib buklang. So’ng varaqni oching. Buklash chizig’i yoyiq burchakni ikkita teng qismga ajratganini ko’rasiz. Bu qismlarning har biri to’g’ri burchakdir (26-rasm). Chizmada to’g’ri burchak, odatda, kvadratcha bilan ko’rsatiladi.

Yoyiq burchakning yarmiga teng bo’lgan burchak to’g’ri burchak deyiladi.





Burchakni o’lchash. Transportir

1. Burchaklarni o’lchash.

Yoyiq burchakning 180 dan bir qismi 1 gradus deb ataladi va 1o kabi belgilanadi. Burchakning o’lchov birligi sifatida bir gradus olinadi.

To’g’ri burchak yoyiq burchakning yarmiga teng bo’lgani uchun uning gradus o’lchovi 180o : 2 = 90o bo’ladi (29-rasm).

Burchakning 1o dan kichik bo’lgan o’lchov birliklari ham bor. Ular minut va sekund deb ataladi.

1o = 60' (60 minut, «'» - minut belgisi).

1' = 60'' (60 sekund, «''» - sekund belgisi).

1o = 3600''.

Gradus o’lchovi bir xil bo’lgan burchaklar o’zaro teng deyiladi.

To’g’ri burchakdan kichik burchak o’tkir burchak deyiladi.

O’tkir burchakning gradus o’lchovi 90o dan kichikdir (30-rasm).

To’g’ri burchakdan katta, ammo yoyiq burchakdan kichik burchak o’tmas burchak deyiladi.

31-rasmda o’tmas burchak tasvirlangan.





2. Transportir. Burchaklar maxsus asbob – transportir yordamida o’lchanadi. Burchaklarning transportir yordamida qanday o’lchanishi 32-rasmda ko’rsatilgan. BOC = 90o; POK = 40o; FOD = 120o.

662. To’g’ri burchak nurlar yordamida uchta teng bo’lakka bo’lingan. Ulardan har birining gradus o’lchovini toping.

663. 1) 3o; 5o; 6 o25'; 8o50' ni minutlar orqali;

2) 360'; 180'; 240'; 300' ni graduslar orqali ifodalang.

664. Ikki to’g’ri chiziq kesishishidan hosil bo’lgan burchaklarni o’lchang. 1) Teng burchaklarni; 2) gradus o’lchovlari yig’indisi 180o ga teng bo’lgan burchaklarni yozing.

5. Darsga yakun yasash va baholash – darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ulaming o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash;
6. Uyga vazifa ________________________

Sana: «___» _____________ 201__ y.
Mavzu: O’NLI KASRLARNI YOZILISHI VA O’QILISHI
Darsning maqsadi: O’quvchilarga mustaqillik haqida, ularni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga oid tushunchalar berish. O’quvchilarga o’nli kasrlar haqida dastlabki ma’lumotlarni berish.
Darsning ko’rgazmali qurollari: ______________________________
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism – salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;

2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;

3. Yangi mavzuni yoritish:

10=101; 100=102; 1000=103; …..

Maxraji 10 ning darajasidan iborat bo’lgan kasr o’nli kasr deyiladi.

Maxraji 10 ning darajasidan iborat oddiy kasrlarni o’nli kasr shaklida yozish qoidalari:




1-qoida. To’g’ri kasrning maxrajidagi nollar soni suratidagi raqamlar soniga teng bo’lsa, u holda verguldan o’ng tomanga kasrning surati yoziladi.




2-qoida. To’g’ri kasrning maxrajidagi nollar soni suratidagi raqamlar sonidan ko’p bo’lsa, u holda suratning chap tomoniga nollar yozish bilan suratdagi raqamlar soni maxrajidagi nollar soniga tenglashtiriladi va 1-qoidadan foydalaniladi.




3-qoida. Aralash sonning butun qismidan so’ng vergul qo’yiladi, kasr qismini yozishda 1-yoki 2-qoidadan foydalaniladi.




4-qoida. Noto’g’ri kasrni aralash son kabi yozib olinadi va 3-qoida tadbiq qilinadi:




O’nli kasrda verguldan keyingi raqamlar soni unga mos oddiy kasr maxrajidagi soniga teng bo’ladi.



5. Darsga yakun yasash va baholash – darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ulaming o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash;
6. Uyga vazifa ________________________

Sana: «___» _____________ 201__ y.
Mavzu: O’NLI KASRLARNI TAQQOSLASH
Darsning maqsadi: O’quvchilarga mustaqillik haqida, ularni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga oid tushunchalar berish. O’quvchilarga o’nli kasrlarni taqqoslash haqida ma’lumotlarni berish.
Darsning ko’rgazmali qurollari: ______________________________
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism – salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;

2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;

3. Yangi mavzuni yoritish:


Ikkita o’nli kasrdan qaysi birining butun qismi katta bo’lsa, o’sha kasr kattadir.


1-misol. 5,7 va 4,9 o’nli kasrlarni taqqoslang. Yechish. 5>4 va, demak, 5,7>4,9.

Butun qismlari o’zaro teng bo’lgan ikkita o’nli kasrdan qaysi birining o’ndan birlar xonasidagi raqami katta bo’lsa, o’sha kasr kattadir.

Butun qismlari, o’ndan bir ulushlari ham teng ikkita o’nli kasrdan qaysi birining yuzdan birlar xonasidagi raqami katta bo’lsa, o’sha kasr kattadir.

2-misol. 0,8=0,80=0,800=…,chunki 0,8=



O’nli kasrning kasr qismi oxiriga nollar yozib qo’yilsa, uning qiymati o’zgarmaydi, avvalgisiga teng kasr hosil bo’laveradi.

3-misol. 4,7300=4,73, chunki 4,7300=



O’nli kasrning kasr qismi oxirida nollar bo’lsa, ularni tashlab yuborish mumkin, bu bilan kasrning qiymati o’zgarmaydi.

4-misol.9=9,0=9,00=9,000=…,chunki 9=



Har qanday natural sonni unga teng bo’lgan o’nli kasr ko’rinishida yozish mumkin.

22-misoldagi savollarga o’quvchilar bilan birga javob topamiz.



23. Qaysi kasr katta?

1) 0,8>0,79; 2) 1,95<1,97; 3) 8,432>8,431;

4) 2,259<2,26; 5) 2,1212<2,1213; 6) 7,0678>7,0677.

24. Tenglik to’g’ri bo’lishi uchun yulduzcha o’rniga qanday raqamlar qo’yish kerak:

1)0.67>0,64; 2) 3,37<3,49; 3) 1,285>1,261;

4) 6,0909<6,8489; 5) 0,0071<0,0075; 6) 8,048>4,129.

26. Ortiqcha nollarni tashlab, berilgan kasrga teng kasrni yozing:

5,40=5,4; 5,04010=5,0401; 0,0100=0,01;

4,011600=4,0116; 3,01010=3,0101; 4,12100=4,121.

27. x ning tengsizlikni qanoatlantiruvchi qiymatini toping.

1) 3

3<3,5<4; 2,7<2,78<2,8; 4,5<4,56<4,6; 4,51<4,512<4,52.

5. Darsga yakun yasash va baholash – darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ulaming o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash;
6. Uyga vazifa ________________________


Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish