Parallelogrammning yuzi asosi bilan balandligining ko'paytmasiga teng:
S= a- h.
Isbot. ABCD parallelogrammni ko'rib chiqamiz. Bu parallelogrammning asosi uchun AD= a tomonini olamiz, balandlik esa h teng bo'lsin.
S= a- h ekanligini isbot qilish talab etiladi (100-rasm).
Parallelogrammning BD diagonalini o'tkazamiz. U parallelogrammni asos-lari a va balandliklari h ga {BELAD, DFL ВС, BE= DF=h) teng bo'lgan ikkita ABD va BCD uchburchakka ajratadi. Bu uchburchaklarning yuzlari o'zaro teng, ya'ni:
SaBD = SBCD = 0,5tf/2.
Parallelogrammning S yuzi esa bu uchburchaklar yuzlarining yig'indisiga teng:
S= SABD+SBCD = 0,5ah +0,5ah = ah, ya'ni S=a-h.
Do'stlaringiz bilan baham: |