160. 1) Trapetsiyaning o’rta chizig’i deb nimaga aytiladi ?
2) Trapetsiyaning o’rta chizig’i haqidagi teoremani ayting va undagi belgilashlarni yozing.
161. Trapetsiyaning asoslari 11 sm va 17 sm ga teng. Uning o’rta chizig’ining uzunligi qancha ?
162. Trapetsiyaning o’rta chizig’i 16 sm ga, asoslaridan biri esa 12 sm ga teng. Trapetsiyaning ikkinchi asosi nimaga teng ?
163. ABCD trapetsiyaning yon tomoni AB ga parallel CP to’g’ri chiziq AD asosni AP = 10 sm va PD = 8 sm li kesmalarga bo’ladi. Trapetsiyaning o’rta chizig’ini toping.
5. Darsga yakun yasash va baholash – darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ulaming o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash;
Do'stlaringiz bilan baham: |