2. Parallelogrammning xossalari.
1-Teorema: Parallelogrammning diagonali uni ikkita teng uchburchakka bo'ladi.
Isbot. ABCD parallelogramm berilgan bo'lsin, unda AB || CD va BC || AD. Uning AC diagonalini o'tkazamiz (23- rasm). Bunda ABCD parallelogramm ADC va CBA uchburchaklarga ajraladi. ∆ADC = ∆CBA ekanini isbotlaymiz.Bu uchburchaklarda AC — umumiy tomon va unga yopishgan mos burchaklar teng, ya'ni 1 = 3 (AB va DC parallel to'g'ri chiziqlar hamda AC kesuvchi bilan kesishishidan hosil bo'lgan ichki almashinuvchi burchaklar bo'lgani uchun) va 2 = 4 (AD va BC parallel to'g'ri chiziqlar hamda AC kesuvchi bilan kesishishidan hosil bo'lgan ichki almashinuvchi burchaklar bo'lgani uchun). Uchburchaklar tengligining ikkinchi alomatiga ko'ra: ∆ADC= ∆CBA.
Do'stlaringiz bilan baham: |