II.O’tilgan mavzuni takrorlash. Otilgan mavzu blits savollar orqali mustakkamlanadi. 1.Fizik hodisa nima? Javob: Moddani tashkil etgan zarralar o`zgarmay qolgan holda sodir bo`ladigan hodisalarga aytiladi. 2.Yorug`lik nuri deganda nimani tuchinasiz ? Javob: Yorug`lik nuri deganimiz energiya oqimining tarqalish yo`nalishiga aytiladi. 3.Yorug`likning tabiiy va sun`iy manbalari 4.Yorug`likni qabul qilgishlar deganda nimalarni tushunasiz 5.Qanday soyani yarim soya deyiladi Javob: Jismga ikkita manbadan yorug`lik tushganda orqasida hosil bo`lgan nimqorong`u sohani 6.Qanday soyani to`la soya deyiladi. Javob: Jismga bitta manbadan yorug`lik tushganda orqasida hosil bo`lgan qarong`u sohani 7.Sinfda o`tirgan o`quvchi stolining qaysi tomonidan soya tushish kerak ? Javob: Chap tomonidan 8.Qaysi paytda terakning soyasi eng katta bo`ladi.? Javob: Quyosh botishida 9. Qaysi paytda terakning soyasi eng kichik bo`ladi ? Javob: - tush paytida 10.Buyum orqasida qaysi holda yarim soya hosil bo`ladi. Javob: Buyim ikkita yorug`lik manbai bilan yorililganda III. Yangi mavzu bayoni Reja: Quyosh tutilishining ro`y berishi
Oy tutilishining ro`y berishi
Quyosh toji
Tarixiy malumotlar
Tabiatda soya va yarim soya hosil bo’lishini katta masshtabda Quyosh va Oy tutilishida kuzatish mumkin. Ma’lumki, Quyosh atrofida boshqa sayyoralar kabi Yer ham o’zining tabiiy yo’ldoshi Oy bilan birgalikda aylanib turadi. Yer Quyosh atrofida 365, kun 26 sutka mobaynida bir marta aylanib chiqadi. Oy esa yer atrofida 29,5 sutkada bir marta aylanadi. Ularning harakati davomida qandaydir momentda Yer va Quyoshdan keluvchi nurlarni to’sib qoladi. Shunda Quyosh tutilishi ro’y beradi (105 rasm).
105-rasm. Yerdagi A sohaga tushadigan Quyosh nurlari Oy tomonidan to’la to’silib qolganligidan, u yerda qorong’ilik bo’ladi. Bu joyda Quyoshning to’la tutilishi kuzatiladi. Yerning B sohasida esa yarim soya bo’ladi. Bu joydagi kuzatuvchi uchun Quyoshning qisman tutilishi ro’y beradi.Yerda Quyoshning to’la tutilishi kuzatilgan joylarida to’la qorong’ilik bo’lganligidan, osmonda yulduzlar chaqnab ko’rinadi. Yerning bu sohasi isitilishdan to’xtaganligidan shamollar paydo bo’ladi. Noxush vaziyat vujudga kelib, itlar hurgan, hayvonlar ovoz chiqarishgan. Bu esa odamlarga ta’sir etib vahimaga tushishgan. Yer va Oy harakati davrida Oy va Quyosh oralig’iga Yer tushib qolsa, Oy tutilishi ro’y beradi (106 rasm). Oy o`zidan yorug`lik chiqarmaydi U faqat Quyoshdan tushgan yorug`likni qaytaradi. Oyga tushayotgan Quyosh nurini Yer to`sib qolganda yerning soyasi Oyga tushadi. Yerning atmosferasi bo`lmaganda edi Oy tutilishi davrida u ko`rinmay qolar edi.yer atmosferasi Quyosh nurlarini sochib yuborganligi tufayli Oyning tutilishi davrida qizg`ish disk shaklida ko`ramiz