O‗quvchilarda shakllanadigan fanga oid kompetensiya elementlari: 1. Huquqiy ongga ega bo‗lish kompetensiyasi
Dars
turi
:
Yangi bilim beruvchi
Amaliy, og`zaki
Dars
jihozi
: 1. 8 sinf ―O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari‖ darsligi
2
.O‘zbekiston Respublikasi
Konstitusiyasi, Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch
3
. Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test
savollari
4
. Doska , bo‘r, daftar , ruchka
Dars jarayonining mazmuni
:
1.
O‗zbekiston Respublikasida ijro etuvchi hokimiyatni kirn amalga oshirishi
2.
Vazirlar Mahkamasining asosiy vazifalari
nimalardan iborat ekanligi
3
. Vazirlar Mahkamasi qay tartibda tuzilishi
Darsning
borishi
:
I. Tashkiliy
qism
.
a) salomlashish. b) davomatni aniqlash.
II.O‘tgan mavzuni so‘rash: 1. Jadval asosida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati vakolatlarini so‘rash.
III. Yangi mavzuning bayoni
O‗zbekiston Respublikasining hukumati boshchiligida ijro etuvchi hokimiyatning yagona tizimi amal qiladi. Mazkur
tizimga:
1.
Vazirlar Mahkamasi;
2.
vazirliklar;
3.
davlat qo‗mitalari;
4.
boshqaruv funksiyasini amalga oshiruvchi konsern va uyushmalar;
5.
viloyat, tuman va shahar hokimliklari kiradi.
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‗zbekistonda ijro etuvchi hokimiyatni O‗zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolat doirasi qonun bilan
belgilanadi.O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‗zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o‗rinbosarlari,
vazirlar, davlat qo‗mitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpog‗iston Respublikasi hukumatining boshlig‗i Vazirlar
Mahkamasi tarkibiga o‗z lavozimi bo‗yicha kiradi.O‗zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‗zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‗p deputatlik o‗rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi
eng ko‗p deputatlik o‗rinlarini qo‗lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladiBosh vazir nomzodi uning
uchun tegishincha O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a‘zolari umumiy
sonining yarmidan ko‗pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqєlangan hisoblanadi.O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Maіkamasining a‘zolari Bosh vazir taqdimiga binoan O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.Vazirlar
Mahkamasi bir qator vazifalarni o‗z zimmasiga oladi, ya‘ni iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma‘naviy sohaning samarali
faoliyatiga rahbarlikni, O‗zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari, qarorlari va farmoyishlarning ijrosini ta‘minlaydi.Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun
hujjatlariga muvofiq O‗zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar,
mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‗lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
―... O‗zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning
samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‗ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini
imzolaydi, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‗iga binoan xalqaro munosabatlarda O‗zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‗radi, O‗zbekiston Respublikasi qonunlarida, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi ...‖.
O„zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi, 98- moddasidan.
Vazirlar Mahkamasi o‗z faoliyatini amalga oshirish jarayonida O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‗zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgar hisoblanadi.Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oldida o‗z
vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi.Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolat doirasi qonun bilan
belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |