Milodning IV asridan boshlab xristianlik cherkovi oliy tabaqa ruhoniylarni vaqti-vaqti bilan Butun Jahon Soborlariga yig‘ib turadi. Bunday yig‘ilishlarda diniy ta’limot tizimi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Xristianlikdagi qonunchilik me’yorlari va ibodatlarni olib boorish qoidalari shakllandi, bid’atga qarshi kurashish usullari belgilandi.
Xristianlik ta’limotiga binoan qator marosimlarda Muqaddas Ruh ishtirok etadi va aynan shu sababli ular sirli deb ataladi. Bunday marosimlarga cho‘qintirish (xristianlik diniga kiritish), yevxaristiya (non va vino tamaddi qilish), ruhoniylik unvonini berish, tavba qilish, miro surtish, yeley moyi surtish, nikoh kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |