O`quvchilar: Xayr, sog` bo`ling.
O`qituvchi: Yangi mavzuni “misol orqali qoida” usuli orqali tushuntirib beraman. So`zlar siz aytgandek, bir-biriga ikki xil teng va tobe yo`l bilan bog`lanadi.
Misol va masala – so`z qo`shilmasiga e’tibor qaratamiz. Misol- nima ?, masala-nima ? so`rog`iga javob bo`lyapti, bu ikki so`zi ham teng huquqli so`z bo`lib va bog`lovchisi yordamida teng bog`lanishni hosil qilyapti. So`z qo`shilmalarida so`zlar bir-biri bilan sanash ohangi (yozuvda vergul) yoki teng bog`lovshilar yodamida birikadi.
Masalani yechmoq- so`z birikmasiga qaraymiz. Masalani so`zi nimani? so`rog`iga javob bo`lib, yechmoq hokim so`ziga tobelanmoqda. Tobelikning asosiy belgisi: bir so`z boshqa bir so`zni izohlab keladi. Bunda ham ikkita qism bo`ladi. So`roq hokim so`zga qarab beriladi, so`roqqa javob bo`luvchi so`z tobe qism sanaladi.
Endi o`quvchilar darslikdagi mashqlarga o`tamiz: 65-mashqni o`qiymiz .1-topshiriq. Berilgan juftliklarni qiyoslab, so`z qo`shilmasi va so`z birikmasiga ajratamiz. “Kim chaqqon va zukko” usulini qo`llab, birinchi bajargan 10 nafar o`quvchini baholaymiz.
So`z qo`shilmasi: Karimjon va akasi; aytdi, chiqdi, men bilan otam; gazeta va maqola, onasi va qizi.
So`z birikmasi: Karimjonning akasi, aytib chiqdi, mening otam, gazetadagi maqola, onasining qizi.
1.Karimjonning akasi - so`z birikmasida tobe qism qaratqich kelishigi(-ning ) yordamida bog`langan; Karimjon va akasi - so`z qo`shilma esa va bog`lovchisi yordamida bog`langan…
2-topshiriq.Juftliklardagi so`zlarning tartibini o`zgartiramiz. Masalan:Akasi Karimjonning - akasi va Karimjon…
66-mashq. 1-topshiriq.Berilgan misollardagi so`zlar qanday vosita bilan birikkanligini og`zaki tahlil qilamiz.
1)Abdusattor, Qahramon- sanash ohangi(vergul) bilan; Botir va men - va bog`lovchisi yordamida; 2) yer-osmon; oy-u quyosh -u bog`lovchisi yordamida birikkan…
2-topshiriq. Yuqoridagi so`z qoshilmalarini qo`llab og`zaki gaplar tuzamiz. To`g`ri tuzilgan gaplar rag`batlantiriladi. Namuna: 1.Qaysi sinfda Abdusattor, Qahramon degan bolalar bor? 2. Botir va men kutubxonaga bordik.
O`qituvchi: Bu mashq orqali “Kim chaqqon” o`yinini tashkil qilamiz, eng avval bajargan 6 nafar o`quvchini baholaymiz. Sinf taxtasi yoniga bahosi yo`q o`quvchilardan chiqarib, topshiriqni doskada bajartiramiz…
O`qituvchi: Endi 67-mashqni o`qiymiz va shartiga ko`ra bajaramiz. Har bir guruh a’zosi 2 ta so`z qo`shilmasini va
2 ta so`z birikmasini qatnashtirib, o`zimiz o`qigan badiiy asarlarning qahramonlari ishtirokida gaplar tuzamiz, she’riy matnlardan ham foydalansak bo`ladi.
So`z qo`shilmasi: Kumushning ido-yu hayosi yuz-ko`zidan bilinib turardi.
So`z birikmasi: Garchi shuncha mag`rur tursa ham
Piyolaga egilar choynak…
O`quvchilar bilimini baholash:
Guruhlar to`plagan rag`batlarni
hisoblab, g`olib guruhni aniqlayman va darsda faol qatnashgan o`quvchilarni baholayman.
Uyga vazifa: 61-mashq. Rasmni kuzatib, undagi tasvir asosida 5-6 ta gapdan iborat matn tuzib, uni nomlaysiz. Gapdagi so`z qo`shilmalarini va so`z birikmalarini aniqlab, ostiga qalam bilan chizasiz.
Uzun tumani 64-umumta’lim maktabi
ona tili va adabiyoti fanio`qituvchisi
Turdiyeva Shaxnozaning 8-“B”sinfda
“Teng va tobe bog`lanish”mavzusida
tayyorlagan ochiq dars
ishlanmasi
Do'stlaringiz bilan baham: |