Sana: ___14-mart________________
Sinf: 8,,B’’
Fan: Chizmachilik
Mavzu:Modelning berilgan ikki proyeksiyasi bo’yicha uchinchi ko’rinishini yasash.
Darsning texnologik xaritasi.
Maqsad.
|
O`quvchilarda chizmachilik faniga qiziqish uyg`otish, o`quvchilar mavzu bo`yicha o`zlashtirilishi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish, mavzuning mazmun-mohiyatini o`zlashtiradilar. Mavzuga oid topshiriqlarni yakka va guruh holatida o`rganib, o`zlashtirishga erishish. O`quvchilarning yangi mavzuni qay darajada o`zlashtirganligi nazorat qilish, ularning bilimi
baholash.
|
O`quv jarayonining
mazmuni.
|
Ta’limiy: O`quvchilarda ko`rinishlar, bosh va asosiy ko`rinishlar haqida bilim, ko`nikma va malakalarini hosil qilish.
Tarbiyaviy: O`quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash va ularda estetik zavq u`yg`otish, fazoviy tasavvurni hosil qilishga ko’maklashish .
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning o`z ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini shakllantirish.
|
O`quv jarayonini
amalga shirish
texnologiyasi.
|
Shakl: interfaol mashg`ulot: savol-javob, jamoa bo`lib ishlash.
Metod: Aqliy hujum, og`zaki savol-javob, tushuntirish, test, qiziqarli chizma topshiriqlari bilan ishlash,
Vosita: Mustaqil ishlarning tarqatma materiallari, kitoblar, chizma qog`ozi, marker, flomasterlar.
Usul: amaliy mashqlar.
Nazorat: kuzatish, nazorat savollari, nazorat mashqlari.
Baholash: rag`batlantirish, o`z-o`zini baholash, ball tizimi.
|
Kutiladigan
natijalar.
|
O`quvchilarning kompyuter imkoniyatlari to`g`risidagi bilim va ko`nikmalari rivojlanadi. Muhandislik dasturlari haqidagi tushunchalari kengayadi. Yangi bilim va ko`nikmaga ega bo`ladi. Yakka holda va guruh bo`lib ishlashni o`rgatish.
|
Kelgusi rejalar.
(tahlil, o`zgarishlar)
|
O`qituvchi: Navbatdagi mavzu uchun mashg`ulot materiallarini qaytadan ko`rib chiqish, mashg`ulotni tahlil qilish, mavzuni qo`shimcha ma`lumotlar bilan boyitish, mashg`ulot metodikasi va texnikasiga o`zgartirish kiritish, keyingi mashg`ulotni o`tkazishga tayyorgarlik ko`rish.
O`quvchi: Modelning berilgan ikki proyeksiyasi bo’yicha uchinchi ko’rinishini yasash mavzusini o`qish, amaliy mashg`ulotlar bajarish, savol-javobga tayyorgarlik ko`rish va qo`shimcha manbalarni izlab topish.
|
Dars uslubi: Ko`rgazmali-amaliy;
Dars usuli: Noan`anaviy, “Aqliy hujum”.
Dars tipi: Yangi bilimlar beruvchi;
Dars didaktikasi:
-
jihozi: Darslik, yozuv taxtasi, tarqatma materiallar, tezkor savollar,
kartochkalar, chizmalar, detal vositalar.
b)texnik vositalari: kompyuter (“AutoCAD” muhandislik dasturi o`rnatilgan), videoproyektor, kadoskop, ekran.
Darsning blok-sxemasi:
T/r
|
Darsning bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2 daqiqa
|
2.
|
Guruhlarga topshiriq berish orqali o`tilgan mavzuni so`rash
|
8 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
11 daqiqa
|
4
|
Amaliy mashqlar bajarish orqali mavzuni mustahkamlash
|
20 daqiqa
|
5
|
Dars yakuni:
-
1.G`olib guruhni aniqlash va o`quvchilarni baholash
2. Uyga vazifa
|
4 daqiqa
|
Darsning shiori:
“To`xtama, o`qi, o`rgan Koinot ilmin,
Zero, tinmay aylanar Kurrai-zamin”
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism:
a) Psixologik iqlim yaratish (salomlashish, sinfning va o`quvchilarning darsga tayyorligini baholash, navbatchini aniqlash, davomat, sanani aniqlash)
b) Darsning mavzusini va maqsadini e`lon qilish
d) O`rganiladigan BKM larni e`lon qilish:
1. Detallarning ko`rinishlari haqida tushuncha hosil qilish.
2. Tasavvur qila olish.
3. Berilgan topshiriqlarni bajara olish.
4. Chizmalarni o`qiy olish.
5. Detallar tuzilishini chiza olish.
e) “Oltin qoidalar” ni ishlab chiqish:
1. O`zaro hurmat.
2. O`zgalar fikrini hurmat qilish.
3. Erkin fikrlash.
4. Intizomlilik.
5. Topqirlik.
6. Hozirjavoblik.
O`tilgan mavzu yuzasidan o`quvchilarni baholash.
O`tilgan mavzu yuzasidan tayanch so`z va tushunchalar yozilgan kartochkalar o`quvchilarga tarqatiladi.
-
-
Chizma nima?
-
Qalam turlari sanab o’ting?
-
Format so`zining ma’nosi va format turlari?
-
Masshtablarni ketma-ketlik bilan sanab bering?
-
Ikki nuqtali shtrix punktr chiziqning vazifasi?
-
-
Chizmachilik fanining asoschisi kim?
-
maktab darslarida ishlatiladigan guniyalarning burchak o`lchamlari?
-
Chizmaning asosiy yozuvi formatning qaysi qismiga joylashtiriladi?
-
Chiziq turlarini sanab bering?
-
Shrift o`lchamlarini ketma-ketlik bilan sanab bering?
1.Asosiy ko’rinidh nechta?
2.Ko’rinish deb nimaga aytiladi?
3.Chiziq turlarini sanab bering?
4.Kubning nechta qirrasi ,nechta kvadratdan tashkil topgan ?
5.Geometrik jismlar haqida ma’lumot bering.
Guruhlardan ikki nafardan o’quvchilar chiqib yuqoridagi kartochkalarni javobini topishguncha partalarga quyidagi savollar tarqatilib beriladi.
1. Chizma nima?
2 . Chizmachilik asboblari haqida ma’lumot bering?
3. Chizmachilik faniga hissa qo’shgan allomalar kimlar?
4. O`lcham chizig`i qanday chiziqda qo`yiladi?
5. Tutashtirish radiusideb nimaga aytiladi?
6. Ikki nuqtali shtrix punktr chiziq o`lchamlari va ishlatilishi?
7. Masshtab deb nimaga aytiladi?
8. A4 format o`lchami?
9. Shtrix chiziqlar qayerlarda qo` llaniladi?
10. Asosiy yozuv chizmaning qaysi qismida chiziladi?
11. Qalam turlari va ularning belgilaninishi?
12. Qiyalik deb nimaga aytiladi?
13. Tutashma deb nimaga aytiladi?
14. Chizmachilik deb nimaga aytiladi?
15. Tutashma turlari va ularning nomlari?
16. Gabarit o`lcham deb nimaga aytiladi?
Yangi mavzu bayoni: Modelning berilgan ikki proyeksiyasi bo’yicha uchinchi ko’rinishini yasash .
Chizmani o’qish jarayoni chizmachilikni yaxshi o’rganishga yordam beradi .Fazoviy tasavvurni yaxshi o’stirishga va chizmalardagi barcha shartliliklarni to’laroq o’zlashtirishga imkoniyat yaratadi va o’quvchi tomonidan chizmani tez o’qiy olish qobiliyatini o’stiradi.
Umuman chizmalarni o’qish chizmada tasvirlangan detalning shaklini to’la tasavvur etishga va uning konstruktiv xususuyatlarini aniqlashga chizmaga qo’yilgan hamma o’lchamlarni o’qishga, ular detalning qaysi qismiga oidligini aniqlashga o’rganishdir. Bulardan tashqari, chizmani o’qish natijasida detalning nomini, u qanday materialdan tayyorlanganligini va chizmaning masshtabini aniqlab olishga yordam beradi. Chizmani o’qishda eng qiyin tomoni tasvirlangan detalning umumiy shaklini tasavvur qilishdir. Buning uchun mumkin qadar ko’proq chizmalarni tahlil qilishga o’rganishdir.
Ko`rinish deb – buyumning kuzatuvchiga nisbatan ko`rinib turgan tomoni
tasviriga aytiladi.
Ko`rinishlar bosh va asosiy ko`rinishlarga bo`linadi. Buyum haqida eng ko`p ma`lumot beradigan ko`rinish bosh ko`rinish deb ataladi. Bosh ko`rinish frontal (V) proyeksiyalar tekisligiga chiziladi. Bosh ko`rinish shunday joylashtirilishi kerakki, buyumning shakli va o`lchamlari tog`risida tasavvur qilish imkoni bo`lsin.
Detal chizmasi chizilayotganda ko`rinishlar soni eng kam bo`lishiga, ammo unda detal to`g`risida to`liq ma’lumot berilishiga harakat sifatida kubning olti yog`i qabul qilingan:
2-chizma,
Buyumning frontal proyeksiyalar tekisligiga qarab turgan tomoni olddan ko`rinish yoki bosh ko`rinish, buyumning gorizontal proyeksiyalar tekisligiga qarab turgan tomoni ustdan ko`rinish va buyumning profil proyeksiyalar tekisligiga qarab turgan tomoni chap tomondan ko`rinish deb ataladi.
Demak, asosiy ko`rinishlar oltita bo`lib ular quyidagicha nomlanadi: 1-olddan ko`rinish, 2-ustdan ko`rinish, 3-chapdan ko`rinish, 4-o`ngdan ko`rinish, 5-ostdan ko`rinish, 6-orqadan ko`rinish (2-chizma).
Chizmada ko`rinishlar sonini kamaytirish maqsadida ko`rinishlar buyumnmg ko`rinmaydigan qismlari shtrix chiziq bilan chiziladi.
Detalning olti tomonidan ko`rinishini AutoCAD dasturi yordamida o`rganamiz va yangi detal chizmalarini chizamiz:
Detalning yaqqol tasviri
Detalning ustdan ko`rinishi
Detalning bosh ko`rinishi
Detalning o`ngdan ko`rinishi
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Ko`rinish, proyeksiya, bosh ko`rinish, frontal, gorizontal, profil, proyeksiya tekisligi, kompleks chizma.
O`tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida ekranga detal aksono-metriyasi tushiriladi, bu chizmaning uchta (bosh, ustdan va chapdan) ko`rinish-lari o`quvchilar tomonidan chiziladi. O`qituvchi o`quvchilar tomonidan bajarilgan topshiriqlarga qarab 5 ballik tizimda baholaydi.
Qiziqarli chizma test. Bu testda o`quvchilar berilgan yaqqol tasvirning uch tomondan (olddan, ustdan va chapdan) ko`rinishini topishlari kerak.
Masalan: “A” yaqqol tasvirning olddan ko`rinishiga “12” chizma tog`ri keladi.
-
Yaqqol tasvir nomi
|
A
|
Б
|
В
|
Г
|
Д
|
Olddan ko`rinish
|
12
|
|
|
|
|
Ustdan ko`rinish
|
6
|
|
|
|
|
Chapdan ko`rinish
|
3
|
|
|
|
|
Dars yakunida o`quvchilarga uyga vazifa beriladi:
Nazorat uchun savollar
-
Vhizmalar qanday o’qiladi?
-
Modelning berilgan ikkita proyeksiyasi bo’yicha uchinchi ko’rinishni chizsa bo’ladimi ?
-
Bosh ko`rinish qaysi proyeksiyalar tekisligiga chiziladi?
Amaliy topshiriqlar
-
O`quvchilarga uyda bajarib kelish uchun sodda geometrik jismlardan tuzilgan aksonometriyalar tarqatiladi.
-
Darslik kitobdagi o`tilgan mavzu yuzasidan berilgan savollarga javob topish, mavzuni o`qib kelish, zarur atama va ma’lumotlarni daftarga ko`chirib yozish.
-
Oddiy geometrik jismlarni qatttiq qo’go’z yordamida yasab kelish.
Darsning yakunida guruhlar to’plagan ballarni hisoblab, to’plangan ballar e’lon qilinadi va g’olib guruhga rag’bat kartochkasi beriladi.
O’quvchilarni quyidagicha baholash mumkin.
Agar dars jarayonidan qoniqgan bo’lsangiz doskamizga maxsus osib qo’yilgan plakatimizda kayfiyatingiz aks etgan stikerlarni yopishtiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |