Sana: 12,13,14,15 sentyabr 2011yil



Download 0,78 Mb.
bet22/118
Sana30.12.2021
Hajmi0,78 Mb.
#169762
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   118
Bog'liq
8-SINF HUQUQ

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

a) salomlashish.

b) davomatni aniqlash.


II. Yangi mavzuning bayoni.

Davlatlar tuzilish jihatidan oddiy (unitar) va murakkab (federativ, konfederativ) bo‘lishi mumkin. Unitar davlatda butun bir mamlakat miqyosida umumiy tizimga ega bo‘lgan qonunchilik, ijroiya va sud idoralari bo‘ladi.



Unitar davlatning belgilari:

  • yagona konstitutsiya, yagona qonunchilik tizimi;

  • yagona armiyaga ega bo‘ladi;

  • yagona pul birligi;

  • unitar davlatlar tarkibiy qismlar, ya’ni ma’muriy-hududiy tuzilmalarga ega;

  • barcha ma’muriy-hududiy birliklar uchun umumiy bo‘lgan soliq va kredit siyosati;

  • yagona fuqarolik mavjud bo‘ladi

 Davlatning tuzilish shakli uning ma’muriy-hududiy tashkil etilishidir. Unitar - lotincha so‘z bo‘lib, oddiy, yagona degan ma'noni bildiradi.

Unitar davlatdan farqli o‘laroq federativ davlat murakkab davlat tuzilmasi hisoblanadi. Federativ davlat bir necha davlatlarning birlashuvidan hosil bo‘ladi. Ularning sub’yektlari shtat, o‘lka, respublika, amirliklar deb atalishi mumkin. Federatsiya sub’yektlari o‘z ma’muriy-hududiy bo‘linmalariga ega.Ushbu davlatlar o‘zaro birlashganidan keyin federatsiya a’zolari hisoblanib, asosiy hokimiyat vakolatlari federatsiyaning markaziy organlariga beriladi. Federativ davlat bir necha davlatlarning birlashuvidan hosil bo‘lgan murakkab, ittifoqdosh davlat. Federativ davlatning belgilari quyidagilar:



  • federatsiya hududi uning sub’yektlari hududi yig‘indisidan iborat bo‘ladi;

  • oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati federal davlat idoralariga tegishli bo‘ladi;

  • federatsiyaning umumiy konstitutsiyasi uning sub’yektlari va federatsiyaning o‘zi o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni belgilaydi;

  • federatsiya sub’yektlarining har bir alohida o‘z konstitutsiyasi, o‘zlarining oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlariga ega bo‘ladi;

federatsiya oliy qonun chiqaruvchi idorasi odatda ikki palatali bo‘ladi.Bunda yuqori palata federatsiya a’zolarining manfaatlarini ifoda etadi.Hozirda jahonda 20 tadan ko‘proq federativ davlatlar mavjud. Shu bilan birga Federatsiya va uning sub’yektlari o‘rtasidagi munosabatlar har doim ham ijobiy bo‘lavermaydi. Buni tarqalib ketgan Sovet Ittifoqi, Chexoslovakiya, Yugoslaviya kabi federatsiyalar misolida ko‘rishimiz mumkin. Konfederatsiya (lotincha-ittifoq, uyushma) - suvereniteti va mustaqilligini saqlab qolgan holda biror-hir maqsadga erishish uchun birlashgan davlatlar ittifoqi. Endi, davlatlar u yoki bu maqsadni ko‘zlab, o‘z suvereniteti va musta-qilligini saqlagan holda birlashishlari ham mumkin. U holda bunday ittifoq konfederatsiya deyiladi. Konfederatsiya belgilari quyidagilardan iborat:

  • mustaqil davlatlar muayyan maqsadlarga erishish uchun birlashadi;

  • konfederatsiya mustahkam bo‘lmagan tuzilma;

  • yagona hudud mavjud bo‘lmaydi (konfederatsiyaning hududi uning a’zolari bo‘lgan davlatlar hududidan tashkil topadi);

  • umumiy fuqarolik mavjud bo‘lmaydi;

  • konfederatsiya a’zolari undan erkin chiqish huquqiga ega bo‘ladilar;

  • konfederatsiya a’zolari ittifoq hokimiyati qonun hujjatlarini e’tirof etmaslik yoki qo‘llamaslik (nulifikatsiya qilish) huquqiga ega bo‘ladilar.

  • konfederatsiya vakolatiga uncha ko‘p bo‘lmagan masalalarni hal etish kiradi;

  • konfederatsiya sarmoyasi uning a’zolarining ixtiyoriy badallaridan tashkil topadi.


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish