Sana: 12,13,14,15 sentyabr 2011yil



Download 17,12 Mb.
bet33/92
Sana12.06.2022
Hajmi17,12 Mb.
#659184
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   92
Bog'liq
8 sinf milliy istiqlol goyasi va mana

Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
a) salomlashish.
b) davomatni aniqlash.
III. Yangi mavzuning bayoni
E’tibor bergan bo‘lsangiz, bizni o‘rab turgan dunyo har jihatdan xilma-xil va rang-barang. Har joyning o‘ziga xos tabiati va iqlimi bor. Xuddi shuningdek, odamlar va xalqlar ham rang-barang va xilma-xil. Jahonda har xil toifa, millat va elatga, din va mazhabga mansub odamlar yashaydi. Hatto bir millat yoki bir xalqqa mansub odamlar ham dunyoqarashi, e’tiqodi, insoniy xususiyatlari va manfaatlari nuqtayi nazaridan bir-biridan farq qiladi. Buni Prezidentimiz quyidagi fikrlari orqali juda chuqur tushuntirib bergan: “Ollohning o‘zi inson zotini vujudga keltirar ekan, uni turli qiyofada, nafaqat yuz-ko‘zi, balki fe’l-atvorini ham bir-biriga o‘xshamaydigan qilib yaratgan. Yer yuzida qancha inson yashaydigan bo‘lsa, barmog‘ining izi ham, ichki dunyosi ham bir xil bo‘lgan ikkita odamni topish, uchratish qiyin. Tabiiyki, bu insonlarning fikrlash va yashash tarzi ham bir-biridan farq qiladi”. Bizning mamlakatimizda ham turli toifa, millat va elat, din vakillari istiqomat qiladi. Har bir toifa, har bir guruhning o‘ziga xos maqsad-muddaosi, manfaatlari, ishonch-e’tiqodi bor. Shuningdek, ana shu turli qatlamdagi odamlarni yagona bir mamlakat xalqi, yagona bir jamiyat a’zolari sifatida birlashtirib turadigan umummilliy maqsad-muddaolar, manfaatlar ham mavjud bo‘lib, ular, millati, tili, dini va ijtimoiy mansubligidan qat’i nazar, barcha o‘zbekistonliklar uchun yagona Vatan bo‘lgan, ularni voyaga yetkazgan, orzu-istaklariga qanot bergan, ota-bobolarining. xoki yotgan mana shu muqaddas yurtning ravnaq topishi, tinchligi va osoyishtaligi bilan bog‘liq. Mamlakatimizning hamma fuqarolari oliy maqsad yo‘lida qo‘lni qo‘lga berib bahamjihat harakat qiladi, uchraydigan g‘ov-to‘siq va qiyinchiliklarni birgalikda yengib, erishgan yutuqlaridan birgalikda quvonadi. Ijtimoiy hamkorlik g‘oyasi ana shu birlikni kuchaytirishga, umumiy maqsad yo‘lida yagona xalq bo‘lib harakat qilishga xizmat etadi. Buni yodda tuting!Ijtimoiy hamkorlik jamiyatdagi har bir inson, guruh va toifa manfaatlaridagi mushtaraklik, umummilliy maqsad asosida jamiyat miqyosida birlashib, bahamjihat harakat qilishni bildiradi. Bu g‘oya yurtimizdagi har bir inson o‘zini mamlakatimiz fuqarosi, uning hududida yashaydigan buyuk xalqning vakili deb his etishiga xizmat qiladi. Yurtdoshlarimizning o‘zaro yelkadosh bo‘lib, bir-birini qadrlashi, Vatanimiz manfaatlariga zid ishni o‘z manfaatiga zid deb bilishi jamiyatimizdagi umummilliy birlikni yanada mustahkamlaydi. Ijtimoiy hamkorlik har qanday jamiyat uchun hayotiy zarurat hisoblanadi. Chunki shunday hamkorlik bo‘lmasa, yurtda tinchlik va osoyishtalik, o‘zaro hamjihatlik, totuvlik bo‘lmaydi. Bunday qadriyatlar barqaror bo‘lmagan mamlakat esa hech qachon taraqqiy etmaydi. Ijtimoiy hamkorlikning ziddi – o‘zaro ixtilof, qarama-qarshilik, nizo va adovatdir. Bunday salbiy holatlar hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi. Chunki ijtimoiy hamkorlik bo‘lmagan joyda boshboshdoqlik, tartibsizlik, janjal-to‘polon hukmronlik qiladi. Bir kun janjal chiqqan joydan esa, avvalgi darslarimizdan birida ta’kidlanganidek, qirq kun fayz-baraka ko‘tariladi. Bunga tarixdan ham, bugungi kunimizdan ham ko‘plab misollar keltirish mumkin. Masalan, sohibqiron Amir Temur vafotidan so‘ng temuriy shahzodalar o‘rtasida ijtimoiy hamkorlik, ahillik bo‘lmagani uchun ulkan saltanat turli xonliklarga bo‘linib ketdi. Buning oqibatida yurtda tinchlik buzildi, o‘zaro kurashlar avj oldi, turmush izdan chiqdi. «Bu hayotning shafqatsiz bir qonuniyati bor. Ya’ni, tarixning murakkab va hal qiluvchi burilish pallasida har qanday millat va elat o‘z ahilligi va birdamligini saqlab, o‘z milliy manfaatlari yo‘lida qat’iyat bilan turmasa, mas’uliyat va hushyorligini yo‘qotadigan bo‘lsa, oxir-oqibatda o‘zining eng katta, tengsiz boyligi bo‘lmish mustaqilligi va ozodligidan judo bo‘lishi shubhasiz» . Demak, mustaqil va erkin hayotni asrashning eng muhim shartlaridan biri – jamiyatda ijtimoiy hamkorlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini doimo qadrlab, mustahkamlab borishdan iborat. Mintaqamizdagi, jahondagi ayrim mamlakatlarda yuz berayotgan o‘zaro nizo va adovatlar ijtimoiy hamkorliksiz tinch-osuda hayotga, milliy taraqqiyotga erishib bo‘lmasligini yana bir bor ko‘rsatmoqda. Turli toifa, millat va elat vakillari o‘rtasida birdamlik, hamjihatlikning yo‘qligi bois dunyoning ba’zi o‘lkalarida notinchlik, urush va janjallar avj olmoqda, qanchadan-qancha begunoh odamlar qurbon bo‘lib, aholining hayot darajasi keskin pasayib bormoqda. Ijtimoiy hamkorlik mustahkamlangan joyda qanday yuksak rivojlanishga erishish mumkinligini Yaponiya jamiyati misolida ko‘rish mumkin. Bu mamlakat fuqarolari, tili, dini, millati va ijtimoiy mansubligidan qat’i nazar, Yaponiyaning umumiy manfaatlari yo‘lida birlashadi, o‘zlarini yagona xalq vakillari deb biladi. Jamiyat taraqqiyoti yo‘lidagi har qanday muammo birgalikda, hamkorlik asosida, mamlakat xalqining umumiy manfaatlari foydasiga hal etiladi. Buni Ikkinchi jahon urushidan keyin yapon xalqining yanada birlashib, juda qoloq ahvolga tushib qolgan mamlakatni dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqqani misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Jamiyatdagi sog‘lom kuchlarni biriashtirish, yuksak marralar sari safarbar etish, ijtimoiy hamkorlik muhitini qaror toptirishda siyosiy yo‘lboshchilar alohida o‘rin tutadi. Ular fidoyilik va vatanparvarlik namunasini ko‘rsatib, turli qarashdagi guruh hamda toifalarni birlashtiradi, umumiy maqsadlar yo‘lida hamkorlik qilishga da’vat etadi. O‘tgan asrning 90-yillarida yurtimizda turli guruhlar yengil-yelpi g‘oyalar bilan maydonga chiqib, tartibsizlik va bosh-boshdoqlikni avj oldirayotgan edi. Ana shunday murakkab bir vaziyatda Yurtboshimiz Islom Karimov butun xalqni mustaqillik g‘oyasi atrofida birlashtirib, mustahkam ijtimoiy hamkorlik muhitini yaratdi. Ana shu asosda yurtimiz istiqlolga erishdi. Islohotlar yo‘lida erishayotgan muvaffaqiyatlarimizga ham ana shu muhit mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Bizning xalqimiz azaldan ahillik va inoqlikni, ya’ni bugungi til bilan aytganda, ijtimoiy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlab keladi. Ota-bobolarimiz ijtimoiy hamkorlikning asosini oiladan boshlashga muhim e’tibor berganlar. Milliy qadriyatlarimizda ham o‘zaro hamjihatlik ulug‘lanadi. Ko‘pchilik ishtirokida o‘tadigan to‘y-ma’rakalar, hasharlar, mahallachilik, qo‘ni-qo‘shnichilik an’analari ana shu maqsadga xizmat qiladi. Qadimgi ertaklarimizda ham odamlar birlikka, hamkorlikka chaqirilgan. Siz o‘zbek xalq ertaklarida donishmand ota o‘z o‘g‘illariga bittadan cho‘p berib, qani sindiringlar, deganida, ular cho‘pni bemalol sindirganini yaxshi bilasiz. Lekin ota cho‘plarning hammasini jamlab, qani endi sindirib ko‘ringlar-chi, deganini ham eslasangiz kerak. Cho‘plar jamlanganda ularni sindirish qiyin bo‘ladi. Nima uchun? Chunki kuchlar birlashganda ularni yengish qiyin. E’tibor bergan bo‘lsangiz, cho‘l-u sahrolarda saksovullar, turli o‘simlik va butalar yakka holda emas, to‘p-to‘p bo‘lib, gavjum bo‘lib o‘sadi. Chunki ular shunday holatda shamol va bo‘ronlarga, suvsizlikka bardosh bera oladi. Ijtimoiy hamkorlik g‘oyasi ham xalqlarni, butun insoniyatni ana shunday birlashib, turli xavf-xatarlarni yengishga, yaxshilik sari intilishga undaydi. Buyuk donishmand bobomiz Abu Nasr Forobiy odamlarning o‘zaro hamjihat bo‘lib, do‘stlik-birodarlikda yashashi ularning asl maqsad-muddaolariga mos ekanini ta’kidlab, bunday degan: «Odamlarga nisbatan ularni birlashtiruvchi boshlang‘ich asos – insoniylikdir. Binobarin, odamlar insoniyat qavmiga mansubligi tufayli o‘zaro tinchlikda yashamog‘i zarur». Shoirlarimiz millatning, xalqning taqdirini o‘ylab, yurt og‘alarini, hukmdorlarni hamkorlikka chorlagan. Xususan, ma’rifatparvar shoirimiz Sidqiy Xondayliqiy bu dunyoda hamma bir-biriga qarindosh, shu bilan birga, har bir inson yaralishda durdek betakror ekanini ta’kidlab, insonlarni hamjihatlikka da’vat etgan:
Yashang ittifoq ila bir tan bo‘lib,
Hama shodlik misli gulshan bo‘lib.
Hama odam o‘g‘li bir a’zo erur
Ki, xilqatda bir duri tanho erur.
Bizning davrimizda esa Prezidentimiz Islom Karimov «Elim deb, yurtim deb yonib yashash kerak», deya barcha vatandoshlarimizni el-yurt manfaatini o‘ylab yashashga chaqirmoqda. Ayni paytda mamlakatimizda amal qilayotgan Konstitutsiya, qonunlar, qadimiy an’ana hamda qadriyatlarimiz, davlat va nodavlat tashkilotlari, o‘zini o‘zi boshqarish idoralari, oila, mahalla, maktab ijtimoiy hamkorlikni qaror toptirishga xizmat qiladi. Qisqacha aytganda, ijtimoiy hamkorlik g‘oyasi xalqni birlashtirishga, mamlakatdagi tinchlik va osoyishtalikni, fuqarolar o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlashga, Vatan ravnaqini ta’minlashga xizmat qiladi.



Download 17,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish