Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
a) salomlashish.
b) davomatni aniqlash.
II. О`tilgan mavzuni savol-javob asosida mustaxkamlash.
Insonni nima uchun tabiat farzandi deb ataymiz?
Odamlarning tabiat bag`riga talpinishi ularda qanday xususiyatlar borligini ko`rsatadi?
Ekologik madaniyat qanday bilim va ko`nikraalar evaziga hosil bo`ladi?
Keyingi paytlarda ekologik muammolarning keskin ko`payishiga nimalar sabab boiyapti?
III. Yangi mavzuning bayoni.
BIZGA TANISH VA NOTANISH TABIAT
(Amaliy mashg`lulot)
Bu amaliy mashg`ulotni tashkil etish uchun, avvalo, sinfdagi barcha o`quvchilar o`zlari yashaydigan hududdagi tabiat, o`simliklar, hayvonot olami namunalari to`g`risida ma`lumot tayyorlaydi. Ularning ayrim namunalarini (masalan, tuvakda parvarishlanayotgan turli gullar, daraxtlar bargi, mevasi, uyda saqlanayotgan qushlar, toshbaqa, zaharsiz hasharotlar, buloq suvi va shu kabilarni) mashg`ulot joyiga olib kelish ham mumkin.
Har bir o`quvchi o`zi tanlagan narsa to`g`risida iloji boricha ko`proq ilmiy ma`lumot to`plab, sinfdoshlariga gapirib berishi lozim. Buning uchun maktab kutubxonasidagi «O`zbekiston Milliy ensiklopediyasi», «Bolalar ensiklopediyasi», hayvonot va nabotot olamiga doir ko`plab adabiyotlardan foydalanish mumkin. Qolaversa, u yoki bu daraxt, o`simlik, gul, hayvon, hasharot yoki buloq suvi to`g`risida uydagi kattalardan so`rab-surishtirish, ularning o`ziga xos jihatlarini yaxshilab bilib olish imkoniyati bor.
Bunda quyidagi ma`lumotlarni aniqlashtirishga ahamiyat bering:
Daraxt, o`simlik, gul yovvoyi holda o`sadimi yoki xonakilashtirilganmi?
Ularni xonakilashtirish umuman mumkinmi-yo`qmi?
Ular qachon gullaydi, qachon meva tugadi, qachon bargini to`kadi?
Ularning yashash muddati qancha - bir yillikmi yoxud ko`p yillik?
Keyingi paytlarda ular ko`payib boryaptimi yoki aksincha? Buning sababi nimada?
Ular qanday ko`paytiriladi yoki tabiiy qanday ko`payadi?
Ular qanday shifobaxsh xususiyatlarga ega?
Hayvon, qush, hasharot yovvoyi holda yashaydimi yoki uydami?
Ular nima yeb oziqlanadi, oziqni qayerdan topadi?
Keyingi paytlarda ular ko`payib boryaptimi yoki aksincha? Buning sababi nimada?
Ular parvarishida nimalarga ko`proq e`tibor berish lozim?
Ularning yashash muddati qancha?
O`rganilayotgan narsa yurtimiz ekologik tizimida qanday ahamiyatga ega va boshqa masalalar.
Bu va boshqa ko`plab qiziqarli savollarga topilgan javoblar, o`ylaymizki, sizning va sinfdoshlaringizning bir qarashda e`tiborsiz o`tib ketadiganimiz tabiat mo`jizalari haqidagi bilim va tasav-vurlaringizni boyitadi. Bu ma`rifiy tajriba esa sizni va do`stlaringizni har bir giyohga, mavjudotga e`tiborli munosabatda bo`lishga undaydi. Shu tariqa ona tabiatga muhabbat, unga mehrli, shafqatli munosabatda bo`lish ko`nikmalarini egallaysiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |