IV darsni mustahkamlash Savol va topshiriqlar
Tarix darslaridan sho‘ro davrida amalga oshirilgan qanday qatag‘onlar to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘ldingiz?
Sobiq sho‘rolar davrida xalqimizning tarixiy xotirasini toptash va ma’naviy qadriyatlarini qadrsizlantirish bo‘yicha qanday kirdikorlar sodir etilgan?
O‘tganlarni xotirlash – ularni eslash, yaxshi fazilatlarini yodga olish bilan chegaralanadimi? Tiriklardan yana nimalar talab etiladi, deb o‘ylaysiz?
Toshkentdagi Xotira maydonida, Shahidlar xotirasi xiyobonida bo‘lganmisiz? Taassurotingiz bilan o‘rtoqlashing.
Inson avlodlar xotirasida abadiy qolishi nimalarga bog‘liq ekani to‘g‘risidagi fikringiz bilan o‘rtoqlashing.
Quyidagi rasmlarda xalqimizning qanday ezgu fazilatlari mujassam etilganini izohlang.
V. Baholash Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. O`tilgan mavzuni konspektlab, o`qib kelish
Sana:
Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari
Sinf: __8 ABV __
Mavzu: YAKUNIY VA UMUMLASHTIRUVCHI DARS
Darsning maqsadi: O’quvchilarga Tarix darslaridan sho‘ro davrida amalga oshirilgan qanday qatag‘onlar to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lganligi,Sobiq sho‘rolar davrida xalqimizning tarixiy xotirasini toptash va ma’naviy qadriyatlarini qadrsizlantirish bo‘yicha qanday kirdikorlar sodir etilganligi,O‘tganlarni xotirlash – ularni eslash, yaxshi fazilatlarini yodga olish bilan chegaralanadimi? Tiriklardan yana nimalar talab etiladi, deb o‘ylaysiz? Mahallangizda, qishlog‘ingizda Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan qariyalar bormi? Ulardan qanday hikoyalar eshitgansiz? Toshkentdagi Xotira maydonida, Shahidlar xotirasi xiyobonida bo‘lganmisiz? Taassurotingiz bilan o‘rtoqlashing. Inson avlodlar xotirasida abadiy qolishi nimalarga bog‘liq ekani to‘g‘risidagi fikringiz haqida tushuncha berish .
Ta`limiy: Bolalarga MIG` va MA haqida ma`lumot berish va darsni tushuntirish vaqtida ularga mavzuni ta’limiy ravishda yoritib berish: O’quvchilarga biz nima uchun istiqlolni buyuk ne’mat sifatida qadrlashimizni, Prezidentimiz Islom Karimovning eng ulug’ maqsadimiz, eng ulug’ g’oyamiz haqida aytgan fikrini sharxlashi, Yurt tinchligi , Vatan ravnaqi va Xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlarni amalga oshirish uchun avvalo nima qilish kerakligi, Ulug’ maqsadlarga intilib yashagan odam nima uchun adashmasligi, Tabiatda , jamiyatda bo’shliq bo’lmagani kabi , insonning qalbi va ongida ham bo’shliq bo’lmasligini tushuntirish.
Tarbiyaviy: Bilimli, sog’lom, barkamol insonni voyaga yetkazish. O’z yurtiga sadoqatli, mard va fidoyi, komil insonlarni tarbiyalsh, yaxshi va yomonning farqiga borishga, hayotda to’g’ri yo’l tanlash, xalqimiz va Vatanimizga halol xizmat qilish, bunyodkor g’oyalarning hayotbaxsh kuchini to’g’ri anglab, vayronkor g’oyalarga vaqtida zarba berishga o’rgatish . Guruh bilan “ bir yoqadan bosh chiqarib” ishlashga, “ hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun”, “ birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar “ maqolining hayotdagi isbotini ko’rsatish bilan o’quvchilarni birlashib, maslahatlashib, bir-birini fikrini hurmatlashga o’rgatish;
Do'stlaringiz bilan baham: |