Sana: 12,13,14,15 sentyabr 2011yil


III. Yangi mavzuning bayoni



Download 9 Mb.
bet71/175
Sana31.12.2021
Hajmi9 Mb.
#218301
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   175
Bog'liq
8-SINF Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari 2017 @sadikov uz

III. Yangi mavzuning bayoni

Aziz o‘quvchi, siz yaxshi bilasizki, jahondagi ko‘pgina mamlakatlar qatori bizning Vatanimiz – O‘zbekistonimiz ham ko‘p millatli davlat. Yurtimizda o‘zbeklar bilan birga yuzdan ziyod millat va elat vakillari ahil va inoq yashaydi, bu muborak zaminni kindik qoni tomgan ona yurti deb biladi. Shuning uchun Prezidentimiz tomonidan aytilgan «Bu aziz Vatan – barchamizniki» degan g‘oya, tili, dini va millatidan qat’i nazar, barcha yurtdoshlarimizning orzu-intilishlarini ifoda etadi. Chunki barchamizning baxt-saodatimiz mana shu Vatanning tinchligi, ozodligi va obodligi, ravnaq topishi bilan bog‘liq. Millatlararo totuvlik va hamjihatlik – umumbashariy qadriyat. U bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan turli millat va elat vakillari ahilligining ma’naviy asosini mustahkamlaydi, tinchlik va barqarorlikning, taraqqiyotning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Bu dunyodagi har bir millat – Yaratganning buyuk mo‘jizasi. Chunki har bir millat jami odamzotga xos o‘ta noyob fazilatlarni o‘z tili, o‘z an’ana va qadriyatlari, betakror turmush tarzi orqali go‘zal bir shaklda namoyon etadi. Bir millat vakili boshqa millatning hayoti, turmush tarzi bilan tanishar ekan, o‘zi uchun yangi bilim va xulosalar oladi, tajriba orttiradi. Shu tariqa millat va elatlarning ko‘pligi va xilma-xilligi insonga o‘zligini anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlarning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyatini, taraqqiyot qonuniyatlarini tushunib yetish imkonini beradi. Ma’lumki, barcha insonlarning qadimiy ildizlari umumiy va mushtarak. Jahondagi turli millatlarning tili, turmush tarzi va urf-odatlari bir-birinikidan farq qilsada, ularning orzu-intilishlari, moddiy va ma’naviy ehtiyojlari, hayot falsafasi deyarli bir xil. Hamma millat vakillari ozod va erkin yashashni, oila qurib, farzand o‘stirib, o‘zidan munosib zurriyot qoldirishni, kuy-qo‘shiqlar ana shu yaratib, go‘zal bog‘-rog‘lar, binolar, madaniyat maskanlari barpo etib, har xil qiziqarli o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lib, tabiat bilan oshno bo‘lib, hayotdan zavqlanishni, baxtli bo‘lishni istaydi. Hamma millat vakillari ezgulikni qadrlab, yovuzlikni qoralaydi. Tarixiy misollar ham buni yaqqol tasdiqlaydi. Masalan, o‘tgan asrda fashizm dunyo xalqlari hayotiga xavf solganda butun insoniyat, millati va irqidan qat’i nazar, unga qarshi kurashga otlangan edi. Yoki 2011-yilning mart oyida Yaponiyada qattiq zilzila oqibatida shahar va qishloqlar vayron, ming-minglab odamlar qurbon bo‘lib, bu yurt og‘ir ahvolga tushib qolganida jahondagi hamma davlat va millat vakillari bu fojiali kunlarda yapon xalqi bilan birdam bo‘lib, undan beg‘araz yordamini ayamadi, ezgulik yo‘lidagi qat’iyatini namoyon etdi. Bizning milliy g‘oyamiz xalqimizning orzu-intilishlarini haqqoniy aks ettirgani uchun har qanday millatchilik ko‘rinishlaridan, boshqa elat va xalqlarga nisbatan mensimaslik holatlaridan mutlaqo xoli. Chunki xalqimiz azaldan do‘stlik, birodarlik g‘oyalarini ulug‘lab keladi. Shu bois yurtimizda biz bilan yonma-yon istiqomat qilib kelayotgan boshqa millat vakillari bilan tinchlik, hamkorlik, hamjihatlik asosida yashaydi, ular bilan qiz olib qiz berishadi, to‘yda ham, azada ham birga bo‘ladi. Xalqimiz yon-atrofdagi, dunyoning olis mintaqalaridagi xalqlar bilan ham qadim-qadimdan hamkorlikka intilib kelgan. Sohibqiron Amir Temur bobomizning Fransiya qiroli bilan maktub orqali fikr almashgani, Yevropaning boshqa mamlakatlaridan kelgan elchilarni qabul qilib, ular bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishgia intilgani buning yaqqol dalilidir. Xalqimiz, barcha erksevar, taraqqiyparvar el-u elatlar kabi, insonni millatiga qarab emas, balki uning odamiylik xususiyatlariga qarab baholaydi. Kimki yaxshilik va ezgulikka xizmat qilsa, qaysi millat vakili bo‘lishidan qat’i nazar, uni o‘z bag‘riga oladi, u bilan do‘st, birodar bo‘ladi. O‘zbekiston Qahramoni, ustoz shoirimiz Erkin Vohidov xalqimiz uchun odamiylik fazilatlari birinchi o‘rinda turishini nazarda tutib, «O‘zbegim» qasidasida bunday deb yozgani bejiz emas Sen na zardo‘sht, sen na buddiy, senga na otash, sanam? Odamiylik dini birla toza iymon, o‘zbegim. Millatlararo hamjihatlik g‘oyasi xalqimizning ana shunday insoniylik fazilatlarini ifoda etadi va kelajakda bu an’analarni yanada boyitish va rivojlantirishni nazarda tutadi.Millatlararo hamjihatlikka rahna soluvchi illat bu – tajovuzkor millatchilik va shovinizmdir. Bunday zararli g‘oyalar ta’siriga tushgan jamiyat halokatga uchraydi. XX asrda dunyoning ko‘plab xalqlarini asoratga solishga intilgan fashizm g‘oyasi bunga misol bo‘la oladi.
Hozirgi murakkab globallashuv davrida ham turli g‘oyaviy va mafkuraviy yo‘llar bilan biron-bir xalq yoki millatga xos urf-odat, an’ana hamda qadriyatlarni kamsitish, yo‘q qilishga qaratilgan tahdidlar sezilib turibdi. Bunday tajovuzlar ta’siriga tushmaslik uchun doimo hushyor va ogoh bo‘lish, ilm-ma’rifatga tayanib yashash talab qilinadi. Bu haqda fikr yuritganda, Yurtboshimizning quyidagi mulohazalarini doimo esda tutishimiz lozim: «Agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo‘lsa, buni sezish, ko‘rish, oldini olish mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta’siri va oqibatlarini tezda ilg‘ab yetish nihoyatda qiyin. Mana shunday vaziyatda odam o‘z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o‘tgan hayotiy-milliy qadriyatlarga, sog‘lom negizda shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo‘lmasa, har turli ma’naviy tahdidlarga, ularning goh oshkora, goh pinhona ko‘rinishdagi ta’siriga bardosh berishi amrimahol». Shunday qilib, muayyan mamlakatga nom bergan millat bilan unda yashaydigan boshqa xalqlar o‘rtasidagi hamjihatlik ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim omillaridan biridir, Bu g‘oya yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlikning ma’naviy asosidir. Shuning uchun u har bir millat vakilining iste’dodi va salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarish uchun sharoit yaratadi va uni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar sari safarbar etadi.

Download 9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish