1. Soniyali vazifa. Qimmatli vaqtingizni qadrlashni o`rganing! Doira shaklini chizing, bu — “vaqt pirogi”! U butun umr, bir yil yoki bir sutkaning ramzi bo`lsin. Mazkur pirogdan 8 soat uxlashga, yana 8 soat ishga va yo`l uchun ham ozgina “kesib” oling... Yana bir nechta bo`laklar qoldimi? Ularni qanday taqsimlash lozim?
— Yon daftarchangizga bir necha hafta davomida nima bilan shug`ullanganingiz va bunga qancha vaqt ketganini belgilang. Vaqtingizni nimalarga sarflaganingiz aniqlangandir?
Endi “iqtisod” qilishni o`ylang. Kompyuter yoki televizor oldida kamroq o`tirsangiz, uy tozalashga yarim soat vaqt tejaysiz.
2. Rad etish. Televizor va kompyuter masalasida vaqt tejash mumkindir, ammo dugonangiz do`kon yoki go`zallik salonigabirga borishni iltimos qilsa, buni rad etish shunchalar qiyinki...
— Kunlik rejangizga kirmaydigan ishlarga bosh qo`shmang.
Sababini tushuntirmasdan tezda rad eting. Agar dugonangizga tushuntirib, turli bahonalar qidirsangiz, u baribir sizni ko`ndirishga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |