I. Mashg’ulotni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni mashg’ulotga tayyorlash.
II.Asosiy qism:
Aziz o'quvchi! Umrimiz davomida biz juda ko'p insonlardan yaxshilik ko'ramiz. Ota-onamiz, yaqinlarimiz, ustozlarimiz bizga faqat yaxshilikni tilaydilar. Inson o'ziga qilingan yaxshiliklarga albatta yaxshilik bilan javob qaytarishi kerak.
Ammo yomonlik qilganlarga qay tarzda javob qaytarish kerak? Yomonlikka yaxshilik bilan javob berish hammaning ham qo'lidan kelavermaydi. Agar sizga kimdir yomonlik qilsa, har qancha qiyin bo'lsa-da, unga albatta yaxshilik bilan javob qaytaring. Shunda u qilgan ishidan pushaymon bo'ladi, uyalganidan ikkinchi marotaba yomonlikka qo'l urmaydi.
«Temur tuzuklari»da shunday so'zlar bor: «Menga hasad qilib, o'ldirishga qasd qilgan kishilarga shunchalik sovg'a-in'omlar berib, muruvvat-u ehson ko'rsatdimki, bu yaxshiliklami ko'rib, xijolat teriga g'arq bo'ldilar». Bundan ko'rinib turibdiki, bobomiz Amir Temur o'ziga dushmanlik qilgan kishilarga ham yaxshilik qilib, ularni to'g'ri yo'lga boshlaganlar. Allomalarning quyidagi so'zlarini hamisha yodda tutishimiz darkor:
Dunyoda topayin desang omonlik,
Birovga zarracha qilma yomonlk!
Rivoyat;
O'tgan zamonda bir dehqon bo'lgan ekan. Uni kambag'al oshnasi bor ekan. Kunlardan bir kuni dehqondan bir tanob yerini sotishni iltimos qilibdi Dehqon yerning bir chekkasini kambag'al oshnasiga sotibdi.
Yerni olgan odam bir qalin og'aynisidan ho'kiz olib kelib, yer haydayotganida, omochning tishi bir nimaga tegibdi. Dehqon parvo qilmay haydayveribdi. Qaytib o'sha yerga kelganida omochning tishi yana haligi narsaga urilibdi. Kambag'al dehqon: ilgari bu yerda daraxt bo'lgan, uning to'nkasi qolib ketgan, shekilli", deb o'ylabdi.
U ketmon olib kelib, omoch tishiga qadalgan narsani kovlay boshlabdi. Nihoyat, u yerdan xumcha chiqibdi. Uni ochib qarasa, ichi to'la tilla emish. Dehqon yerning qolgan qismini ham haydab, urug' sepibdi. So'ng ho'kizlami egasiga topshiribdi. Xumchadagi tillani ko'tarib, to'g'ri yer sotgan dehqon oshnasining uyiga boribdi.
U oshnasiga:
- Sizdan olgan yerimni haydayotgan edim, mana shu xumchani topib oldim, ichidan tilla chiqdi. Uni o'zingizga olib keldim, - debdi.
O`quvchilarga quyidagi savollar bilan murojat qilaman:
Boy dehqon nima uchun o'z yerini sotibdi?
Kambag'al dehqon va uning oshnasi nima uchun donishmand huzuriga borishibdi? Donishmand ularga qanday maslahat beribdi?
Siz nima deb o'ylaysiz, kambag'al dehqon to'g'ri ish qildimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |