1. Havotirlik davri, bu davrda organizmning himoya kuchi ishga solinadi. Organizm, chin (yoki hayoliy) ro`y bergan xavf-xatar bilan kurashishga harakat qiladi va buning uchun haddan tashqari ko`p kuch sarflaydi. Shunday bo`lsada, u bu bosqichda barcha zaxiralarni ishga solgan holda kurasha oladi. Organizmning fiziologik safarbarligi quyidagilarda namoyon bo`ladi: qon quyuqlashadi, jigar yoki taloq kattalashadi, elementlarning tarkibida fiziologik o`zgarishlar sodir bo`ladi. Birinchi davrning oxiriga qadar ko`pchilik odamlarda ish qobiliyatining oshishi kuzatiladi.
2. Bu davr maksimal moslashish yoki stabillash davri deb nomlanadi. Bu bosqichda, organizm, muvozanatdan chiqarilgan organizm zaxiralarini balanslashga va ularni yangi darajada mustahkam qolishiga harakat qiladi. Ushbu darajada qolgan holda, organizm tashqi faktorlarga deyarli tabiiy ta`sirlanadi. Agarda stress uzoq vaqtga cho`zilsa, uchinchi davr yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |