Dars turi: noan’anaviy
Dars usuli: aqliy xujum, savol- javob, suhbat,
Dars jihozi: O’zbekiston davlatining rivojlanish taraqqiyotini
tasvirlovchi rasmlar, plakatlar, buyuk
allomalarimiz portretlari, Vatanimizning
diqqatga sazovor joylari va tarixiy obidalari
haqida ma’lumot beruvchi slaydlar, bukletlar
Darsning borishi:
t/r
|
Dars bosqichlari
|
Belgilangan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3
|
2
|
Yangi mavzuga kirish suhbati
|
5
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
20
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
12
|
5
|
O’quvchilarni baholash va rag’batlantirish
|
5
|
Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Navbatchi axboroti
Fasl haqida suhbat
O’quvchilarni darsga hozirlash
Sinf Mustaqillik bayramiga xos buyumlar, gullar, sharlar bilan bezatiladi.Davlatimiz ramzlari tasvirlangan plakatlar osiladi..So’ngra o’qituvchi o’quvchilarni O’zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasini birgalikda kuylashga chorlaydi. So’ngra o’quvchilar “Buyuk va mustaqil Vatanimizga munosib farzand bo’lamiz deb, tantanali qasamyod qiladilar.
Yangi mavzuga kirish suhbati:
Ustoz: Aziz o’quvchilarim! Mustaqillik bayramingiz va Bilimlar kuningiz muborak bo’lsin! Shu kunlarda diyorimizda mustaqillik, tinchlik va bilimlar bayrami nihoyatda ko’tarinki ruh va shodu xurramlik bilan nishonlanmoqda. Bugun biz bilan Vatanimizning 20 yil davomida erishgan yutuqlari yuzasidan suhbatlashamiz.
Ustoz:
Bolalar, siz Vatan deganda qayerni tushunasiz?
( savolga o’quvchilar she’riy javob beradilar.
O’quvchi:
O’zbekiston tug’ilgan yurtim,
O’zinsan,onajon, yuzda tabassum.
Bag’ring kengdir, go’zalsan, o’lkam,
Jozibang doimo tortar havasim!
O’quvchi:
- Qalbimda o’rnashding chiroying bilan,
Qalbimda mangusan, Ona Vatanim!
Ustoz:
- O’zbekistonda siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy sohalardagi islohotlarning samaralari, tinchlik va barqarorlik yurtimizning jahon miqyosidagi mavqeyini yana ham yuqori pog’onaga ko’tardi.
Endilikda Respublikamiz nomini eshitmagan, bilmagan va hurmat ila tilga olmagan mamlakat qolmadi hisob. Shu bois Mustaqillik bayrami chinakam umumxalq tantanasiga aylandi. Bu yil ana shu buyuk istiqlolimizga 20 yil to’ldi. (Qisqacha buyuk istiqlolimiz tasvirlangan rasmlar asosida
20 yil davomida erishgan yutuqlarimiz,biz uchun ochilgan keng imkoniyatlar haqida suhbatlashiladi).
III.Yangi mavzu bayoni:
Ustoz:
Bugun yurtimiz ozod, erkin, mustaqil! Uning o’z doni, o’z nefti, o’z mashinasi, o’z oltini bor.Kelinglar bolajonlarim yuqorida aytilgan fikrlarni to’ldirib, mamlakatimizda erishgan yutuqlarimiz haqida suhbatlashsak.
Avvalo quyidagi savollarga javob bersangiz:
Mustaqillik bizga nima berdi?( O’quvchilar birin- ketin javob beradilar)
O’quvchilar:
Mustaqillik eng avvalo, o’z erkimizni, ona tilimizni, bayrog’imizni, gerbimizni, madhiyamizni berdi.
Iqtidorli yoshlarimizga chet ellarda o’qish imkoniyatini berdi.
Yoshlarning jismonan sog’lom o’sishlari uchun “Umid nihollari”, Barakamol avlod”, “Universiada” Respublika sport o’yinlarining tashkil qilinib, yusak saviyada o’tkazish imkonini berdi.
O’quvchi:
Qorli tog’laring, serhosil bog’laring,
Cho’li biyobonlaring, onamdek
otamdek qadrdondir.
Istiqloling ushbu kun muborak bo’lsin!
Bizday yosh avloding doim sog’ bo’lsin!
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Bugungi dars sizga yoqdimi?
Buyuk istiqlolimiz haqida nimalarni bilib oldingiz?
Siz yoshlarga Prezidentimiz tomonidan qanday imkoniyatlar yaratilmoqda.
Davlat ramzlarimiz haqida nimalarni bilib oldingiz?
O’zbekistonimiz 20 yil davomida erishgan yuruqlarini sanab bering?
O’quvchilarni baholash va uyga vazifa berish:
O’quvchilarni dars davomidagi ishtirokiga hamda mustaqil fikrlashlariga qarab rag’batlantiriladi. Uyga vazifa: Vatan haqida she’r qo’shiq va maqollar yodlab kelish topshirig’I beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |