Sana: 09. 02. 2017 yil. Sinf: 5 –„D“ sinf Dars mavzusi



Download 264,04 Kb.
Sana26.06.2017
Hajmi264,04 Kb.
#16178
Sana: 09.02.2017 yil.

Sinf: 5 –„D“ sinf

Dars mavzusi: „Oddiy kasrlar“ bo‘limi yuzasidan takrorlashga doir misollar yechish.

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy maqsad - o`quvchilardagi oddiy kasrlar haqidagi bilim, ko`nikma va malakalarini mustahkamlash, takrorlash;

b) tarbiyaviy maqsad - o`quvchilar jamoasini birdamlik va izlanuvchanlik ruhida tarbiyalash hamda matematika faniga bo’lgan qiziqishlarini oshirish;

d) rivojlantiruvchi maqsad - o`quvchilarning matematik faollik, tasavvur qilish darajasini, mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirish.

Dars turi: Bilim, ko`nikma va malakalarini mustahkamlash, takrorlash;

Dars metodi: “Guruhlar taqdimoti”, “Guruhingni himoya qil”, “Topqirlar mashqi”, “O’zingni bahola“

Dars jihozi: kasrlarga oid rasmlar, darslik, sayd, monitor ekrani, tarqatmalar

Nazorat shakli: og’zaki, yozma

Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti



Tashkiliy qism

7 daqiqa



O’tilgan mavzuni takrorlash

10 daqiqa



Mavzu yuzasidan mashqlarni bajarish

15 daqiqa



Mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa



Baholash

2 daqiqa



Uyga vazifa

1 daqiqa


Darsning borishi;

  1. Tashkiliy qism:

a) salomlashish;

b)navbatchi axboroti;

d)yangi mavzu bilan tanishtirish;

f)sinf o’quvchilarini guruhlarga bo’lish.

Sinf taxtasiga sana va yangi mavzu yoziladi. O’quvchilar bilan g’azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534 yilligi, yil nomlanishi yodga olinadi.

Sinf o’quvchilarini baholash uchun besh ballik tizimdan foydalaniladi.

Ya’ni:



4



3

5



1-guruh

To’g’ri kasrlar
Sinf o’quvchilarini guruhlarga ajratish uchun “Oddiy kasrlar” bo’limida o’rganilgan atamalardan foydalaniladi tanlandi.

Sinf o`quvchilari mavzu asosida

3 guruhga bo`linadi.




2-guruh

Noto’g’ri kasrlar


3-guruh

Aralash sonlar



  1. O’tilgan mavzuni takrorlash

“Guruhlar taqdimoti” usulida. Bu usuldan o`tilgan mavzuni takrorlashda foydalanish mumkin. O`qituvchi tomonidan har bir guruhga o`z guruhlari mavzulari asosida monitor ekrani orqali savollar beradi. Guruhlar mavzuni egallagan bilim, ko`nikma va malakalaridan kelib chiqib javob beradilar.


To’g’ri kasrlar haqida

To’g’ri kasrlar”

guruhiga



Noto’g’ri kasrlar” guruhiga

Noto’g’ri kasrlar haqida



Aralash sonlar haqida

Aralash sonlar” guruhiga



  1. Mavzu yuzasidan misollarni bajarish. “Guruhingni himoya qil” usulida

754-misol. 1t bug’doydan 780 kg un, 25 kg yorma, 195 kg kepak olinadi. 50t bug’doydan qancha un, yorma, kepak olinadi?

Yechish: 1) 780*50=39000

2) 25*50=1250

3) 195*50= 9750

Javob: 39000 kg un, 1250 kg yorma, 9750 kg kepak olinadi.

755-misol. a) Toshkent teleminorasining balandligi 375 m. Teleminora poydevori balandligi uning 33 dan 1 qismini tashkil qiladi. Poydevor balandligini toping.

b) Toshkent teleminorasi uzunligi 93 m bo’lgan oyoqlar ushlab turadi. Oyoqlar minora balandligining qanday qismini tashkil qiladi?



756-misol. quyidagi rasmlarda doiraning oltidan bir ulushlari berilgan. Ularni kasr ko’rinishida ifodalang. Bu kasrlarning qaysilari 1 ga teng? 1 dan katta? 1 dan kichik?

c:\documents and settings\user\мои документы\мои рисунки\изображение\изображение 001.jpg

757-misol. Rasmga qarab AB, CD va EF kesmalarning har biri boshqalarining qanday qismini tashkil qilishini toping:


758-misol. Agar ikkita katak 1 ni ifodalayotgan bo’lsa, quyidagi shakllar qanday sonni ifodalayapti?c:\documents and settings\user\мои документы\мои рисунки\изображение\изображение 002.jpg

c:\documents and settings\user\мои документы\мои рисунки\изображение\изображение 003.jpg

Yechish:


  1. b) d) e) f) g) h) i)

  1. Mavzuni mustahkamlash

“Topqirlar mashqi”. Bunda yangi mavzuni mustahkamlashda topshiriqlar bajariladi.

  1. Maxraji 7 ga teng bo’lgan 5 ta to’g’ri kasr yozing.

  2. Maxraji 9 ga teng bo’lgan 5 ta noto’g’ri kasr yozing.

  3. Kasrlarni taqqoslang.

  1. va b) va d) va e) va

  1. Sonli labirint.

c:\documents and settings\user\мои документы\мои рисунки\изображение\изображение 005.jpg

V. Baholash.

O’ziningni bahola” usuli

„O’zingni bahola“ usilida o’quvchilar dars davomida bajargan ishlariga yarasha olgan baholarining jamini yakkalik va guruh holida topadilar va har bir guruhning natijalari taqqoslanadi. Natijalarni taqqoslashda kasrlarni taqqoslash usulidan foydalaniladi. Masalan , va hokazo. O`quvchilar xulosa chiqarishadi. „O’zingni bahola“ usulini qo`llashdan kutiladigan natija:


  • o`quvchilar mustaqil fikrlashga, xulosa chiqarishga o`rganadi;

  • olgan bilim, ko`nikma va malakalrini mustahkamlaydi;

  • vaqtni zoye ketkazmaslik, uning qadriga yetishi kerakligi haqida xulosa chiqarishadi.

Darsni umumlashtirish.

VI. Uyga vazifa.

Uy vazifa. 332- mashq



Darsni yakunlash.

Sana: 11.02.2017 yil.

Sinf: 8 –„B“ sinf

Dars mavzusi: Elektron jadvalning elementlari.

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy maqsad - o`quvchilarga elektron jadvalning elementlari, jadvalga matn va raqamlarni kiritish haqidagi tushunchalarni yetkazish, bilim, ko’nikmalar hosil qilish ;

b) tarbiyaviy maqsad - o`quvchilarni tasodiflarga tayyor turishga, ishonch bilan harakatlanishga, oilafa tejamkorlikka yo’naltirish, informatika faniga bo’lgan qiziqishlarini oshirish;

d) rivojlantiruvchi maqsad - o`quvchilarning elektron jadvallardan foydalanish qobiliyatini, matematik faollik, tasavvur qilish darajasini, mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirish.
Dars turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi;

Dars metodi: “Davomini sen ayt”, „Domino“, “Modifikatsiyalangan ma‘ruza”, “Mozaika”, “Mustaqil ish“

Dars jihozi: kompyuterlar, elektron doska, darslik, sayd, monitor ekrani, tarqatmalar

Nazorat shakli: og’zaki, yozmaamaliy

Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti



Tashkiliy qism

5 daqiqa



O’tilgan mavzuni takrorlash

7 daqiqa



Yangi mavzuni o’rganish

15 daqiqa



Mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa



Baholash

2 daqiqa



Uyga vazifa

1 daqiqa


Darsning borishi;

  1. Tashkiliy qism:

a) salomlashish;

b)navbatchi axboroti;

d) yangi mavzu bilan tanishtirish;

e) psixologik iqlim yaratish;

“Davomini sen ayt” usulida. Sinf taxtasiga sana va yangi mavzu yoziladi. O’quvchilar bilan g’azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534 yilligi, yil nomlanishi yodga olinadi. Bu usulda Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur g’azal yoki ruboiylaridan bir misradan o’qituvchi tomonidan aytilib, o’quvchilar davom ettiradilar va ular haqida qichqacha ma’lumotlar keltiriladi.




  1. O’tilgan mavzuni takrorlash. „Domino“ usulida.

Bu usuldan o`tilgan mavzuni takrorlashda yoki yangi mavzuni mustahkamlashda foydalanish mumkin. O`qituvchi tomonidan har bir o’quvchiga tarqatmalat beradi. Bu tarqatmalarga alohida savol va javoblar yozilgan bo’ladi. O’quvchilar navbati bilan savollarning javobini ketma-kat joylashtiradilar.


  1. Yangi mavzuni o’rganish. “Modifikatsiyalangan ma‘ruza”usulida

Elektron jadvallar — ustun va satrlarning birlashmasidan iborat jadval bo‘lib, satr va ustun kesishmasi katakcha yoki yacheyka deb ataladi. Katakchaga quyidagi kabi ma’lumotlarni kiritish mumkin:

Matnli | Sonli | Sanali | Vaqt | Formula | Funksiya

Katakcha quyidagi xossalarga ega bolishi mumkin:



fon turi va rangi

shrift turi, olchami va rangi

tekislash turi

son turi

matn yo'nalishi turi

himoya

chegara turi, rangi va o‘tkazilish joyi

Katakchaning bu xossalari Format menyusining Katakcha (Ячейки) bolimi yordamida belgilanadi. Bu bo£lim o£z navbatida Son (Число), Tekislash (Выравнивание), Shrift (Шрифт), Chegara (Граница), Ko‘rinish (Вид), Himoya (Защита) bo£limlariga bo£linadi.

Jadval bilan ishlash uchun quyidagilarni bilish lozim:


Katakchaga ma’lumotlar

kiritish


Katakchadagi ma’lumotlarni

tahrirlash



Katakchadagi

ma’lumotlarni o‘chirish



Katakcha belgilanadi.

Matn, son yoki formula

kiritiladi. Kiritish (Enter)

klavishi bosiladi



Katakcha belgilanadi. F2

(tahrirlash holatiga o ‘tish)

klavishi bosiladi. Tahrirlash

bajariladi. Kiritish klavishi

bosiladi


Katakcha yoki katak-

chalar bloki belgilanadi.

0 ‘ch irish (D elete)

klavishi bosiladi






Son — raqam belgilaridan iborat (birinchi belgisi bo‘lishi mumkin), orasida faqat bitta (o‘nli kasming butun va kasr qismlarini ajratuvchi) belgisi bo‘lgan ketma-ketlik. Misollar: 3; 5,1234; 10,01. Kiritilayotgan son katakcha kengligiga sig‘masa, u holda Excel uni turiga qarab eksponensial yoki “# # # # # # # # ” ko‘rinishda ifodalaydi (E3- rasm).




Formula — katakchaga kiritilayotgan “= ” (tenglik) belgisidan boshlangan ketma-ketlikdir. Formulada sonlar, katakcha adreslari va funksiyalar arifmetik amallar orqali boglanadi. Misollar: = Cl — 1441, = A1 + 7 * B2.




Matn — katakchaga kiritilgan ketma-ketlik son ham, formula ham bo‘lmagan hol. Bu holda Excel uni matn deb tushunadi. Matnli ma’lumotning faqat katakcha kengligidagi qismi ko'rinib turadi. Matnning ko‘rinmayotgan qismini formulalar satridan yoki katakchani kengaytirib ko'rish mumkin. Bir katakchaga bir necha satrdan iborat matnni kiritish uchun (E3- rasm) quyidagi amallardan birini bajarish kerak:

a) har bir satr oxirida Alt + Enter klavishlari birgalikda bosiladi;

b) katakcha formati bo'limining Tekislash (Выравнивание) bo'limidan So‘zlar bo‘yicha o‘tkazish (переносить по словам) xususiyati tanlanadi.

Har bir katakcha ustun va satming tartibidan kelib chiqqan holda o’zining adresi (nomi) ga ega boiadi. Masalan, Al, X2, АЗ, T4, AZ1963,.... Jadvaldagi belgilangan (hoshiyali) katakcha joriy katakcha deyiladi. Elektron jadvallarda yana katakchalar bloki tushunchasi bo’lib, u jadvaldagi katakchalardan iborat ixtiyoriy to’rtburchak yoki to’rtburchaklar to’plamidir. Masalan, A5:B7 — bloki A5, A6, A7, B5, В6, B7 katakchalami, M3:M8 - М3, M4, M5, M6, M7, M8 katakchalami o’z ichiga oladi. Excelda katakchaga nom berish imkoniyati bor. Buning uchun katakchani belgilab, Joylashtirish menyusining Nom — Berilsin (Имя — Присвоить) buyrugi tanlanadi va nom kiritiladi.


c:\documents and settings\user\мои документы\мои рисунки\изображение\изображение 010.jpg

Elektron jadvallarda bir katakchadan boshqa joyga murojaat qilish mumkin. Murojaat — formula yozishda ishlatilayotgan katakcha, satr, ustun yoki katakchalar blokining (shu varaqdagi, boshqa varaqdagi, boshqa kitobdagi) adresidir. Elektron jadvallarda nisbiy va absolyut murojaat qo’llaniladi. Nisbiy murojaatda formula nusxasidagi katakchalar adreslari nusxa joylashtirilayotgan katakchaga mos o’zgaradi. Masalan, A2 katakchadagi“=A1 + B4” yig’indining A3 katakchaga nusxasi “=A2 + B5”, A7 katakchaga nusxasi “=A6 +B9”, F17 katakchaga nusxasi “=D16 +El9” kabi o’zgarib joylashadi. Absolyut murojaatda katakcha adresi o’zgarmaydi. Elektron jadvallarda absolyut adres xususiyatini ifodalash uchun maxsus belgidan (Excelda - $) foydalaniladi. Masalan, A2 katakchadagi “=A1+ $B$4” yig’indining F17 katakchaga nusxasi “=D16 + $B$4”, C7 katakchadagi “=B3 - C$6” ayirmaning F9 katakchaga nusxasi “=E5 - F$6” , Lll katakchadagi “=D6* $C3” ko’paytmaning M14

katakchaga nusxasi “=E9*SC6” kabi joylashadi. Bundan ko’rinadiki, $ belgisi qo’yilgan ustun yoki satr tartibi nusxa ko’chirilganda o’zgarmay qolar ekan. Quyidagi misolda absolyut va nisbiy murojaatlardan foydalanilgan. Bunda C3 katakchaga “= C l” formulani kiritgach, F4 klavishini bosib absolyut murojaat hosil qilamiz, so’ng formulaning davomini yozamiz.

c:\documents and settings\user\мои документы\мои рисунки\изображение\изображение 011.jpg

2- misol. Hammamizga tanish bo’lgan bozordan mahsulot xarid qilish masalasini Excel elektron jadvali yordamida hal etamiz (E5- rasm).

1. a) A3 katakchaga “Tartib raqami” matnini 2 satrli qilib (Alt +Enter yordamida) kiritamiz;

b) A3 katakchani belgilab, Format menyusining Katakcha formati bo’limiga kiramiz;

d) Tekislash (Выравнивание) bo’limi yordamida matnni yozish yo’nalishini o’zgartiramiz.

2. a) A4, A5, A6, A7, A8 katakchalarga mahsulotlarning tartib raqamlarini kiritamiz;

b) A3:A8 blokini belgilab, Format menyusining Katakcha formati bo’limiga kiramiz; d) Katakchalar bloki uchun Ko‘rinish (Вид) bolimidan rang tanlaymiz.

3. Yuqoridagi usul bilan rasmdagi B3:B8, C3:C8, D3:D8 bloklari va E3 katakchasi to’ldiriladi.

4. a) B2:E2 blokini belgilash va piktogrammani tanlash orqali blokni yagona katakcha sifatida birlashtiramiz (bu holda birlashtirilgan katakchalar eng chapdagi В 2 adresga ega bo’ladi);

b) “Xarid masalasi” matnini kiritamiz;

d) Format menyusining Katakcha formati bo’limiga kirib, Chegara (Граница) bo’limi yordamida katakcha chegara chizig’ini rasmdagi ko’rinishda hosil qilamiz.

5. “Jami mahsulot narxi” matni ham yuqoridagi kabi kiritiladi.

6. a) E4 katakchaga “C4*D4” formulani “ = ” dan keyin kiritamiz; b) E4 katakchani E5, E6, E7, E8 katakchalarga Tahrirlash (Правка) menyusining nusxalash va joylashtirish bo’limlari yordamida nusxalaymiz.

7. a) E9 katakchaga “=E4 + E5 + E6+ E 7 + E 8 ” formulani kiritamiz, ya’ni E4:E8 blokidagi qiymatlar yig’indisi E4+E5 +E6+E7+E8 ni hisoblaymiz;

b) Format menyusining Katakcha bolimidagi Shrift (Шрифт), Chegara va Ko‘rinish bo’limlari yordamida jadvalni rang va chiziqlar bilan boyitamiz.

Tekshirib ko’£rish mumkinki, C4:C8 yoki D4:D8 blokidagi katakchalardagi qiymatlardan birortasining o’zgarishi E9 katakchadagi qiymatning o’zgarishiga olib keladi.

8. Katakchadagi ma’lumotlami tahrirlashni bajarish ketma-ket-

ligini tushuntiring.




  1. Mavzuni mustahkamlash.

1). “Mozaika” usulida. Bu usulda o’quvchilarni to’rt nafardan qilib guruhlarga ajratiladi va har bir guruhlarga harflar yozilgan tarqatmalar beriladi. O’quvchilar berilagn barcha harflardan foydalangan holda so’z tuzadilar va bu so’zni izohlaydilar.

2). “Mustaqil ish“ usulida. O’quvchilar mavzu yuzasidan berilan mashqlarni kompyuterda mustaqil bajaradilar.

1. B3:B7 katakchalar blokini birlashtiring.

2. A5, A6, A7 katakchalarning fonini mos ravishda qizil, sariq va ko£k rang bilan bo'yang. Katakchalarning chegara chiziqlarini turli rang va qalinlikda o‘tkazing.

3. A5, A7 katakchalami matnli va kasr qismi 2 ta raqamdan iborat sonli formatga o‘tkazing.

4. A5 katakchaga familiyangizni sariq, A6 katakchaga ismingizni yashil rangda kiriting.

5. A1 katakchaga joriy yilni kiriting va u orqali A7 katakchada yoshingizni hisoblang.

6. 5 ta sinfdoshingizning familiyasi va ismini mos ravishda E va F ustunlariga kiritib, fizika fanidan olgan baholarining o'rtachasini hisoblash jadvalini tuzing.



V. Darsni umumlashtirish. O’quvchilarning bajargan ishlarini ko’rib chiqib baholash.

VI. Uyga vazifa.

98 –bet 7-mashq



Darsni yakunlash.
Download 264,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish