Sana ” yil Ma’naviyat fani Sinf: 11


O‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish



Download 6,88 Mb.
bet42/98
Sana15.09.2021
Hajmi6,88 Mb.
#175215
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   98
Bog'liq
11 sinf jahon tarixi yillik dars ishl

O‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish;

muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya qila bilish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;

media vositalardan zarur bo’lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish.

O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida doimiy ravishda o’z-o’zini rivojlantirish, hayot davomida o’qib-o’rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;

ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;

I. Darsning maqsadi:

a) Ta’limiy: O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.

b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish

v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.



II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar, globus, xarita.

V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.

VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:

Darsning texnik chizmasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.

daqiqa

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

daqiqa

Yangi mavzuni yoritish

daqiqa

Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

daqiqa

Darsni yakunlash

daqiqa

Uyga beriladigan topshiriqlar

daqiqa
VIII. Darsning borishi (reja):

1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash

c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.

2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX. O’tilgan mavzuni takrorlash



X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:

Buyuk Britaniya X X asr oxirida. 1990-yili Buyuk Britaniya bosh vaziri etib saylangan Jon Meyjor siyosati M. Tetcher davridagi neokonservatizm kursini davom ettirishga, ayni paytda «tetcherizm»ning avtoritar boshqaruvga og‘ish hollaridan va boshqa qoldiqlaridan asta-sekin voz kechishga qaratilgan edi. Ammo uning ko‘plab saylovoldi va’dalari amalga oshmasdan qolib ketdi. Shunga qaramasdan, 1992-yil bahor oyida Jon Meyjor bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari J. Meyjorning taktikasi to‘g‘riligini ko‘rsatdi. Konservatorlar partiyasi saylovlarda g‘olib bo‘ldi.

X X asrning 90-yillari birinchi yarmida Buyuk Britaniya iqtisodiyoti uzoq muddatli retsessiya davrini boshdan kechirdi. Inflatsiya juda yuqorilab ketdi. Soliq tizimini isloh qilishga urinish muvaffaqiyat keltirmadi, aksincha, konservatorlar partiyasining obro‘yiga salbiy ta’sir qildi. 1990-yil laming ikkinchi yarmidan iqtisodiy o‘sishning boshlanishi ham konservatorlar partiyasining obro‘yini ko‘tarmadi. J.Meyjor «tetcherizm»dan qat’iy uzoqlashib, o‘zining mustaqil kursini ishlab chiqa olmadi.


Buyuk Britaniya X X I asr boshlarida. X X I asr boshlarida Buyuk Britaniya G g`arbiy Yevropaning boshqa davlatlari singari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Mamlakatda favqulodda qulay holat vujudga keldi. Iqtisodiy o4sish ko‘rsatkichlari yuqori, ishsizlik va inflatsiya esa so‘nggi o‘n yillar ichida eng past bo‘ldi.

E. Bier hukumati ijtimoiy ehtiyojlar uchun davlat xarajatlarini oshirish siyosatini yuritdi, bu mablagMarning katta qismi ish o‘rinlarini yaratishga sarflandi. Hukumat ishsizlikni ancha qisqartirishga erishdi. Ammo ijtimoiy ta’minot sohasida hukumat bir qator qat’iy qadamlar qo‘yishga majbur bo‘ldi. Sog‘liqni saqlash davlat xizmati, pensiyalar va ommaviy ta’limga davlat xarajatlari qisqartirildi.

Tashqi siyosatda Buyuk Britaniyaning 2003-yili Iroqqa qarshi koalitsiyada ishtiroki jamiyatda qizg‘in bahslarni keltirib chiqardi. Buyuk Britaniya ushbu «antiterror» koalitsiyada AQSHning asosiy ittifoqchisiga aylandi. Ammo ko‘pchilik inglizlar bu urushga qarshi edi. Ley-boristlarning so‘l qanoti ham urushga keskin qarshi chiqdi. E. Bier siyosatidan norozilik ramzi sifatida tashqi ishlar vaziri Robin Kuk iste’foga chiqdi. Shunga qaramasdan, 2005-yili bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida kichik farq bilan leyboristlar partiyasi g‘olib chiqdi. Natijada E. Bier uchinchi muddatga bosh vazir etib saylandi.


Download 6,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish