lari ham bu mintaqalarning iqtisodiy o‘sishiga yordam berdi.
Integratsiya ta’sirida rivojlangan Ycvroatlantika mamlakatlarida asta-sekin yagona iqtisodiy siyosat modeli shakllanib bordi. Ular o‘rtasidagi asosiy farq iqtisodiyot ustidan davlat nazoratining darajasi, unga ta’sir ko‘rsatish usullari bilan bog‘liq edi.
1990-yillardan boshlab Yevropa integratsiyasining keyingi rivojlanishi ikki yo‘nalish bo‘yicha bordi. Birinchidan, yangi a’zolarni qabul qilish yo‘nalishi bolib, 1996-yili a’zolar soni 15 taga yetdi. 2002-yili Kopengagenda (Daniya) bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Yevroittifoqqa yangi a’zolar — Vengriya, Kipr, Latviya, Litva, Malta, Polsha, Slovakiya, Sloveniya, Chexiya, Estoniya qabul qilindi. Albatta, yangi a’zolar uchun o‘tish davri ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu davr mobaynida ular o‘z qonunchiligini, moliyaviy va iqtisodiy tizimini yagona Yevropa talablariga moslashtirishi lozim edi. Ularga o‘zlarining ichki muammolarini hal qilish uchun Yevroittifoq budjetidan subsidiyalar berildi.
Ammo so‘nggi paytlarda Ylga kiruvchi bir qator davlatlar qarzining haddan oshib ketishi katta muammolarni keltirib chiqardi 2015-yilgi saylovlarda Gretsiyada hokimiyatga kelgan A.Sipras boshchiligidagi so41ar hukumati mamlakatning qarzini kreditorlar qo‘ygan shartlar bo‘yicha uza olmasligini e’lon qildi. Shundan so‘ng o‘tkazilgan referendumda Gretsiya aholisining ko‘pchiligi hukumatni qo‘llab ovoz berdi. Gretsiya hukumati qarzlarning bir qismidan voz kechishlarini talab qildi. Gretsiya qarzini restrukturizatsiya qilish to‘g‘risida Yevrokomissiya kelishuvga erishgan bo‘lsa-da, Yevropa markaziy banki va Xalqaro valuta fondi bilan muzokaralar yana davom etdi.
Italiya va Ispaniyaning ham qarzlari juda katta miqdorni tashkil qiladi. Ayni paytda YIda iqtisodiy jihatdan yetakchilik qilayotgan Germaniya va Fransiyaning siyosiy bosimidan ham norozilik kuchayib bormoqda. Bu norozilikning yorqin namoyishi Buyuk Britaniyada 2016-yil iyunda o‘tkazilgan referendum boiib, unda ishtirok etgan aholining yarmidan ko‘pi mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishi uchun ovoz berdi. 2016- yil sentabrda Bratislava shahrida boMib o4gan YI rahbarlari yig‘ilishida ilk bor Buyuk Britaniya bosh vaziri qatnashmadi. Unda nutq so‘zlagan GFR kansleri A. Merkel Y I og‘ir inqirozda ekanligini tan oldi. 2002-yiIi Kopengagenda (Daniya) bo‘Iib o‘tgan uchrashuvda Yevroittifoqqa yangi a’zolar — Vengriya, Kipr, Latviya, Litva, Malta, Polsha, Slovakiya, Sloveniya, Chexiya, Estoniya qabul qilindi.