3. Delphi Uskunalar paneli va obyekt (komponenta)lar paneli. Uskunalar panelida ko‘p ishlatiladigan buyruqlarning tugmalari joylashgan bo‘lib, bu ularni asosiy menyuga kirmasdan ishlatish imkonini beradi. Jihozlar panelida o‘ndan ortiq tugmalar bo‘lib, ularga yangilarini qo‘shish, ba’zilarini olib tashlash mumkin.
Komponenta deb yaratilayotgan ilovaga joylash uchun mo‘ljallangan turli boshqarish elementlari (obyektlar)ga aytiladi. Vizual dasturlash shu boshqarish elementlarini ilova oynasiga joylash va uning xossalarini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi. Delphida yuzlab boshqarish elementlari bo‘lib, ular yigirmadan ortiq komponentalar paneliga joylab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |