Yangi dars bayoni:
Paleozoy erasi 340 mln yil davom etgan. Kembriy davrida iqlim mo‘tadil bo‘lib, o‘simlik va hayvonlar dengizda tarqalgan. Ularning ba’zilari o‘troq, ba’zilari suv oqimi bilan harakatlangan. Paleozoy erasida hayvonot dunyosi xilma-xil bo‘lgan va nihoyatda tez rivojlanganligi sababli, kembriy davridayoq, hayvonlarning barcha tiplari, mavjud bo‘lgan. Ikki pallali, qorinoyoqli, boshoyoqli molluskalar, halqali chuvalchanglar, trilobitlar keng tarqalgan va faol harakatlangan. Umurtqali hayvonlarning dastlabki vakillari – qalqondor baliqlar paydo bo‘lgan, ularda jag‘ bo‘lmagan. Qalqondorlar hozirgi davrda yashayotgan to‘garakog‘izlilar, minogalar va miksinalarning uzoq ajdodi hisoblanadi.Ordovik davrida dengizlar sathi ortib, unda yashil, qo‘ng‘ir, qizil suvo‘tlari, boshoyoqli, qorinoyoqli molluskalarning xilma-xilligi ortadi. Korall rifl arining hosil bo‘lishi avj oladi. Bulutlar hamda ba’zi ikki pallali molluskalarning turli-tumanligi kamayadi.Silur davrida tog‘ hosil bo‘lish jarayonlari kuchayib, quruqlik sathi ortadi. Iqlim nisbatan quruq bo‘lgan. Qirg‘oq yaqinidagi suvlarda tarqalgan ko‘p hujayrali yashil suvo‘tlarining ba’zilari yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish tufayli quruqlikka chiqishga muvaff aq bo‘lgan. Tuproq dastlabki quruqlikdagi o‘simliklar psilofi tlarning tarqalishiga imkon bergan. Tuproqda organik birikmalarning to‘planishi keyinchalik zamburug‘lar paydo bo‘lishi uchun imkon yaratgan. Boshoyoqli molluskalar nihoyatda ko‘paygan. Silur davrida atmosfera havosi bilan nafas oladigan dastlabki quruqlikda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar paydo bo‘lgan. Markaziy Osiyoda kuchli vulqonli jarayonlar ro‘y bergan. Iqlim iliq bo‘lgan. Zarafshon tog‘ tizmalarida kavakichli hayvonlar bilan past bo‘yli psilofi tlarning toshga tushgan tasviri topilgan.Devon davrida dengizlar sathi kamayib, quruqlik ortishi, yanada davom etgan. Iqlim mo‘tadil bo‘lgan. Quruqlikning ko‘pgina qismi dasht, yarim dashtga aylangan. Dengizlarda tog‘ayli baliqlar rivojlanib, «qalqondor» baliqlarning yashash uchun kurashda kamaya borishi ro‘y bergan. So‘ngra
suyakli baliqlar kelib chiqqan. Sayoz havzalarda ikki yoqlama nafas oluvchi baliqlar, panjaqanotli baliqlar rivojlangan. Bu davrda baland bo‘lib o‘suvchi qirqquloqlar, qirqbo‘g‘imlar, plaunlardan dastlabki o‘rmonlar hosil bo‘lgan. Bo‘g‘imoyoqli hayvonlarning ayrim guruhlari havo bilan nafas olishga o‘tishi tufayli ko‘poyoqlilar va dastlabki hasharotlar rivojlangan.Devon davrining o‘rtalariga kelib suv hamda quruqlikda yashovchilarning dastlabki turlari vujudga kelgan.Toshko‘mir davrida iqlim nam, havoda karbonat angidrid ko‘p bo‘lgan. Quruqlikdagi pasttekisliklarda botqoqli yerlar ko‘p uchragan. Ularda balandligi 40 m ga yetadigan qirqquloqlar, qirqbo‘g‘imlar, plaunlar o‘sgan. Bulardan
tashqari ochiq urug‘li o‘simliklar paydo bo‘lgan. Daraxtsimon o‘simliklarning yoppasiga halok bo‘lishi o‘sha joylarda keyinchalik ko‘mir qatlami hosil bo‘lishiga olib kelgan. Suv hamda quruqlikda yashovchilarning dastlabki vakillari hisoblangan stegotsefallar nihoyatda ko‘p va xilma-xil bo‘lgan.
Uchuvchi hasharot – suvaraklar, ninachilar rivojlangan.Perm davrining boshlariga kelib iqlim bir muncha quruq va sovuq bo‘lgan. Bunday sharoitda suvda hamda quruqlikda yashovchilarning anchagina
qismi qirilib ketgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |