Sana “ ” 201 yil



Download 0,78 Mb.
bet88/135
Sana01.02.2022
Hajmi0,78 Mb.
#421357
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   135
Bog'liq
10-sinf o\'zbekiston tarixi konspekt

Yangi dars bayoni:
1941-yil yozida Samarqandda 19-O‘zbek tog‘-otliq diviziyasi qayta tuzilib, uning asosida 221-motorlashtirilgan diviziya tashkil qilindi. Diviziyada bu paytda katta tajribaga ega o‘zbek oftserlaridan polkovnik Ismoil Bekjonov, mayor Sobir Rahimov va boshqalar bor edi. Diviziya jangchilari 17-mexanizatsiyalashgan korpus safarida Yelna yaqinida dushmanga qarshi janglarda ilk marta qatnashdilar.1941-yil 13-noyabrda Davlat Mudofaa Komitetining “Milliy harbiy qo‘shilmalar tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori chiqib, unda O‘zbekistonda 5 ta kavaleriya diviziyasi va 9 ta alohida o‘qchilar brigadasi tashkil qilish zarurligi, diviziyalar tarkibi mahalliy xalqlarga mansub 40 yoshdan katta bo‘lmagan sog‘lom va baquvvat kishilar bilan to‘ldirilishi, imkoniyat doirasida rahbariyat tarkibi ham mahalliy millat vakillaridan bo‘lishi ta’kidlandi.Urushning dastlabki bosqichlarida, xususan 1941–1942-yillarda milliy harbiy qismlarda, jumladan, o‘zbek diviziyalari va brigadalarida qurol-yarog‘ va o‘q-dori miqdori mutlaqo yetishmagan. O‘zbek jangchilarining hammasida ham urushning dastlabki oylarida hatto oddiy miltiq (vintovka) ham bo‘lmagan. Bu holat bolsheviklar va sovet rejimining hatto urush davrida ham mahalliy xalqlarga, xususan, turkiy xalqlar va musulmonlarga nisbatan bo‘lgan ishonchsizligi hamda shovinistik siyosatining yana bir dahshatli ko‘rinishidir.Urushning dastlabki kunlaridagi janglar. O‘zbekistonlik jangchilar Brest qal’asi, Kiyev, Smolensk, Odessa, Sevastopol, Leningrad, Moskva va boshqa ko‘pgina shaharlar mudofaasida mardlik va matonat namunalarini ko‘rsatdilar. Moskvaning qahram on himoyachilari safarida O‘zbekistonda tuzilgan harbiy qismlar ham bor edi.Moskvani himoya qilishda o‘zbek xalqining shonli qizlari ham mardona jang qildilar. Ular safda 28 nafar fashistni otib o‘ldirgan snayperchi Zebo G‘aniyeva ham bo‘lib, u mardligi va jasorati uchun Qizil Bayroq ordeni bilan mukofotlandi.
Sobir Rahimov qo‘mondonligidagi diviziya 3 oy davom etgan janglarda dushmanning 8 000 nafar askar va oftserini qirib tashladi. Gvardiyachi generalmayor S.Rahimov 1945-yil 26-mart kuni Polshadagi Gdansk (Dansig) shahrini shturm qilish vaqtida halok bo‘lgan. O‘zbek xalqining shonli farzandiga 1965-
yil 9-mayda Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi.O‘zbekistonlik jangchilar 1943-yil yozida bo‘lgan Kursk va Oryol rayonidagi janglarda, Dnepr daryosini kechib o‘tishda oldingi safarda bo‘lishdi.
Dnepr uchun olib borilgan janglarda qahramonlik ko‘rsatgani uchun 26 nafar o‘zbek yigitiga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi. Ular safda buxorolik Sharif Ergashev va Xalloq Aminov bor edi. Belorusiyani ozod qilish uchun bo‘lgan janglarning birida 1943-yil noyabrda Gomel shahri atrofda iste’dodli o‘zbek shoiri Sulton Jo‘ra 33 yoshida mardlarcha halok bo‘ldi.
Yaponiya militaristlariga qarshi kurashda o‘zbekistonliklarning hissasi. Yaponiyaga qarshi urush 1945-yil avgustda sovet qo‘shinlarining hujumi bilan boshlandi. O‘zbekistonlik jangchilar Kvantun armiyasini tormor keltirishga katta hissa qo‘shdilar. Ular orasida leytenantlar N.Latipov, A.Karimov, U.Doniyorov, yefreytor U.Asanov va boshqa jasur o‘zbek o‘g‘lonlari bor edi.Manjuriyadagi yapon qo‘shinlari sovet armiyasi tomonidan tor-mor qilingach, Yaponiya 1945-yil 2-sentyabrda so‘zsiz taslim bo‘lganligi haqidagi hujjatga qo‘l qo‘ydi. Shu tariqa Ikkinchi jahon urushiga yakun yasaldi.O‘zbekiston o‘g‘lonlari va qizlarining jangovar frontlarda ko‘rsatgan mislsiz mardlik va jasorati SSSR va yevropadagi ko‘plab mamlakatlar hukumatlari tomonidan yuksak taqdirlandi. O‘zbekistonlik jangchilardan 120 000 nafari
turli sovet orden va medallari bilan mukofotlandi. O‘zbekistonlik 280 nafar jangchi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi, ulardan 75 nafari o‘zbek edi. 52 nafar o‘zbekistonlik jangchilar uchala darajadagi “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlandilar.

Harbiy asirlar va ularning qismati. Ikkinchi jahon urushida fashistik Germaniya va militaristik Yaponiya ustidan erishilgan buyuk g‘alaba taraqqiyparvar insoniyatga juda qimmatga tushdi. Rasmiy ma’lumot-
larga qaraganda, Ikkinchi jahon urushida 50 mln nafardan ziyod kishi halok bo‘ldi. Bu urushda eng katta talafotga uchragan SSSR bo‘lib, u 27 mln kishidan ajraldi. Vayrongarchilikdan ko‘rilgan zarar va urush olib borish uchun sarfangan mablag‘lar miqdori 4 trillion dollarni tashkil qildi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, urush yillarida Germaniyaga asirga tushganlarning umumiy soni 6,2 mln kishini tashkil qilgan. Sovet-german urushida 5,7 mln kishidan ortiq sovet askarlari Germaniya konslagerlarida
tutqunlikda bo‘lishgan. Asir tushishga majbur bo‘lgan sovet jangchilari orasida ko‘plab turkistonlik asirlar ham bo‘lgan.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish