Yangi dars bayoni: O‘zbekistonda yer-suv islohotining ikkinchi bosqichi. O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o‘tkazilgandan so‘ng 1925 – 1929-yillarda yer-suv islohotining ikkinchi bosqichi amalga oshirildi. Islohotning ikkinchi bosqichi birinchisidan farqli o‘laroq katta yer egaligini (rasmiy hujjatlarda “quloqlar” – “mushtumzo‘rlar” deb yuritilgan) butunlay cheklash va ularni sinf sifatida tugatish masalasini qo‘ydi. “Agrar inqilob”ning strategiya va taktikasi O‘zbekiston Kompartiyasining II syezdi (1925-yil noyabr)da tasdiqlandi. Bu bosqich O‘zbekiston SSR MIKning 1925-yil 2-dekabrdagi “Suv va suvni natsionalizatsiya qilish to‘g‘risida” va “yer-suv islohoti to‘g‘risida”gi dekretlari bilan boshlandi. Bu islohot O‘zbekistonda joylardagi shart-sharoit va tayyorgarlik darajasiga qarab uch bosqichda o‘tkazildi. 1931-yilning bahoridan boshlab O‘zbekistonda yalpi jamoalashtiriladigan tumanlar qaytadan tuzildi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish rasman 1932-yili tugallandi. Shu vaqtga kelib respublikadagi dehqon xo‘jaliklarining 75 foizi umumiylashtirilgan sektorga, ya’ni kolxoz va sovxozlarga birlashdi. 1932-yili respublikada 60 dan ziyod sovxoz bor edi. Yakka dehqon xo‘jaliklarining bir qismi kolxozlardan tashqarida qoldi, lekin ularga iqtisodiy jihatdan tazyiq o‘tkazish yanada kuchaydi. Bunday xo‘jaliklarga solinadigan qishloq xo‘jalik soliqlari oshirildi, davlatga majburan topshiriladigan mahsu- lot hajmi ham kolxozlarga nisbatan 50 foizga ko‘paytirildi. 1939-yilga kelib O‘zbekistonda yakka dehqon xo‘jaliklariga butkul barham berildi. O‘zbek qishlog‘i fojiasi. O‘zbek qishlog‘i bu paytda ulkan fojiani boshdan kechirdi. Ko‘pgina odamlar o‘z xo‘jaliklarini qarovsiz tashlab qochib ketdilar, chorva mollarini so‘ydilar va sotib yubordilar. Mollarning ko‘plab so‘yilishi jiddiy muammo bo‘lib qoldi. Qoramollar miqdori 1930-yili 60 000 boshdan ziyodga kamayib ketdi.Azaldan tuproqqa mehr qo‘ygan, dehqonchilikning barcha sinoatlarini puxta o‘zl ashtirg an o‘zbek dehqonlari sovet hokimiyati tomonidan ayovsiz ravishda qatag‘on qilingan Bu paytda qishloqlarda uyma-uy yurib, g‘allani tortib olish oddiy holga aylangan edi. “Osmon uzoq, yer qattiq” degan o‘zbek xalq maqoli ehtimol shu yillarda to‘qilgan bo‘lsa kerak. Shahrisabz tumani g‘alla tayyorlash vakili Jalilov bu kompaniyaning murosasizligi bois uni “G‘alla tayyorlash urush degandek gap. G‘alla tayyorlovchilar otishi, qamashi va boshqa ishlar qilishi mumkin. Ular hukmbardorlik qiladi”, deb ta’rifaydi. O‘zbekiston Kompartiyasi MK sekretari Kirpanov tomonidan “mutlaqo max捯y” gri捯 ostida 1930-yili tayyorlangan ma’lumotnomada keltirilishicha, g‘alla yig‘ishda o‘ta kuchli ma’muriyatchilikka yo‘l qo‘yilgan. Qishloqlarda tayyorlov idorasining vakillari uyma-uy yurib, kambag‘al dehqonlarning oxirgi misqol g‘allasigacha, hatto 20 funt zig‘irigacha tortib olganlar. Urug‘lik g‘allaga tegmaslik haqidagi dekret bo‘lishiga qaramay, dehqonlar qismati taqdir hukmiga tashlab qo‘yilgan edi. Hattoki, g‘alla topshirish rejasini bajargan dehqonlar ham bir boshdan tintilib, ularning g‘allasi tortib olingan. O‘zbekistonda quloqlashtirish siyosati hamda uning oqibatlari. Mustabid sovet rejimi 1929 – 1935-yillarda badavlat va o‘rtahol dehqonlarni qishloq burjuaziyasi sifatida tugatish siyosatini olib borgan. Quloq xo‘jaliklarini tugatish kompaniyasi O‘zbekistonda 1930-yil fevraldan boshlab avj oldi.VKP(b) MK Siyosiy byurosining 1930-yil 26-yanvardagi “Yoppasiga jamoalashtirish rayonlarida quloq xo‘jaliklarini tugatish tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va VKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosining “Quloqlarni sinf sifatida tugatish bilan bog‘liq tadbirkor to‘g‘risida”gi ko‘rsatmalari asosida O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti 1930-yil 17-fevralda “Kollektivlashtirish va quloq xo‘jaliklarini tugatish to‘g‘risida” qaror qabul qilgan