Sana “ ” 201 yil


IV.Yangi mavzuning bayoni



Download 0,59 Mb.
bet82/192
Sana23.01.2022
Hajmi0,59 Mb.
#403161
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   192
Bog'liq
9-sinf jahon tarix.YANGI TAXRIRDAGI

IV.Yangi mavzuning bayoni. . Rossiya bu davrda cheklanmagan monarxiya edi. Butun hokimiyat podsho (sar) qo`lida to`plangan edi. (Tarix kitoblarida podsho hokimiyatiga nisbatan «chorizm», «samoderjaviye» iboralari ham ishlatiladi.) Podsho hokimiyatining asosiy tayanchi pomeshchiklar hamda pravoslav cherkovi edi. Podsho xonadonining o`zi eng katta pomeshchik bo`lib, 7 mln. desyatina (1 desyatina =1,1 gektar) yerga egalik qilardi. Pomeshchik xo`jaligi Rossiyaning kapitalistik taraqqiyoti yo`hdagi asosiy to`siq edi. Pomeshchiklar jon-jahdlari bilan eski tartiblarning saqlanib qolishiga harakat qilar edilar. Rossiyada burjuaziya sinfi ham bor edi. Ularning sarmoyalari hajmi tobora o`sib bordi. Biroq burjuaziyaning siyosiy nufuzi past, davlatni boshqarishdagi ishtiroki deyarli sezilmas edi. Ayni paytda, burjuaziya siyosiy hokimiyatga intilayotgan ham edi. Iqtisodiy ahvoli. Rossiya agrar-industrial davlat edi. Mamlakat aholisining 85%i qishioqlarda yashardi. Shunday bo`lsa-da, Rossiyada kapitalizm shiddat bilan rivojlanib bordi. Chet el kapitalining kirib kelishi tufayli og`ir sanoat tezlik bilan ilgariladi. Uning metallurgiya, mashinasozlik, neft va ko`mir qazib olish kabi tarmoqlari yuksala boshladi. Rossiya qisqa vaqt ichida (1898-1901) neft qazib chiqarish bo`yicha AQShni ham ortda qoldirdi va dunyoda birinchi o`ringa chiqdi. Chetga asosan kerosin eksport qilindi. Metall eritish bo`yicha dunyoda 4- o`rinni egalladi. 1905- yilga kelganda ishchilarning soni 500 dan ortiq bo`lgan korxonalarda butun ishchilarning deyarli 50 foizi ishlar edi. Shu davr Rossiya iqtisodiy taraqqiyotiga xos yana bir xususiyat bu - monopoliyalarning vujudga kelganligi edi. Chunonchi, Rossiya Janubining qora metallurgiyasida bu yillarda «Prodmet» degan yirik monopolistik tashkilot qaror topdi. Bu tashkilot amalda bir qancha sindikatlarning birlashmasidan iborat bo`lib, metallurgiya sanoatining eng asosiy mahsulot turlari: sortli temir va tunuka, balkalar, relslar va boshqa shu kabilar savdosini monopoliya qilib oldi. Metallurgiya zavodlarining faqat ayrim xil mahsulotlari savdosinigina o`z qo`hga olgan monopolistik birlashmalar («Truboprodaja», «Krovlya») vujudga keldi. Rangli metallurgiyada mis prokati zavodlari sindikatlari (1903) bilan «Med» jamiyati (1907) hal qiluvchi mavqeni egallab oldi. 1909- yil 1- yanvarida Rossiyada 45 sanoat tarmog`ida 140 ta monopolistik birlashmalar (sindikatlar) bo`lib, ularning eng yirigi «Prodmet» va «Produgol» edi. Rossiya iqtisodiy taraqqiyotiga xos yana bir xususiyat - Rossiya kapitalini chetga chiqarishdan ko`ra chetdan Rossiyaga kapital kiritishning ustunligi edi. Bu, bir tomondan, Rossiya kapitalizmining zaifligi oqibati bo`lsa, ikkinchidan, Rossiyada chet el kapitaliga katta foyda keltiruvchi sohalarning, mintaqalarning ko`pligi hamda arzon ishchi kuchining mavjudligi bilan ham izohlanardi. Mamlakat sanoatiga qo`yilgan chet el kapitalining asosiy qismi (24%) Fransiya kapitali edi. Angliya va Germaniya kapitali 2-3-o`rinlarni egalladi. Ayni paytda, Rossiya chet el davlatlaridan tez-tez qarz ham olib turdi. 1914- yilga kelganda bu qarzlar 5,4 mlrd. rublni tashkil etdi. Rossiya qishloq xo`jaligi ham sekinlik bilan bo`lsada, taraqqiy etdi. Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini eksport qilishi ham o`sdi. Asosiy eksport mahsuloti-g`alla edi. Agar 1876-1880- yillarda 277 mln. pud g`alla eksport qilingan bo`lsa, bu ko`rsatkich 1886-1900- yillarda 444 mln. pudga yetdi. G`alla eksporti jami eksport qiymatining 47% ini tashkil etdi. Rossiyada kapitalizm taraqqiy etishi bilan moliya kapitali ham vujudga keldi. «Peterburg xalqaro banki», «Azov Don» va «Rus-Osiyo» banklari mamlakat hayotida yetakchi rol o`ynay boshladi. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Rossiya o`rtacha taraqqiy qilgan davlat edi. U sanoat ishlab chiqarish hajmi bo`yicha dunyoda 5-o`rinda edi. Aholi jonboshiga hisoblaganda, Germaniyaga nisbatan 13 marta, Angliyaga nisbatan 14 marta, AQShga nisbatan esa 21,5 martaga yaqin kam sanoat mahsuloti ishlab chiqarardi. Ichki siyosat. Rossiya imperiyasi tarkibida 100 dan ortiq millat va xalq yashar edi. Ularning davlatlari turli asrlarda, turli tarixiy sharoitlarda Rossiya tomonidan istilo etilgan edi. Istilo etilgan o`lkalarda ruslashtirish siyosati olib borildi. Bosqinchilar zulmiga qarshi ko`tarilgan milliy-ozodlik harakatlari esa ayovsiz bostirildi.


Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish