IV.Yangi mavzuning bayoni Germaniyaning birlashtirishning tugallanishi. Yuqorida aytilganidek, Fransiya-Prussiya urushi dayometayotgan bir paytda, ya`ni 1871- yilning 18- yanvarida barcna german davlatlarining monarxlari Versalga to`planib, Prussiya qiroli Vilgelm I ni Germaniya imperatori deb e'lon qildilar. Ilgari Shimoliy german ittifoqiga kirgan davlatlarga yana to`rtta Janubiy german davlati qo`shildi. Shunday qilib, Prussiya monarxiyasi rahbarligida Germaniyaning birlashuvi tugallandi. Yagona va yaxlit Germaniya imperiyasi barpo qilindi. 1871- yilgi imperiya Konstitutsiyasi. 1871- yil aprelida Ta'sis reyxstagi umumgerman Konstitutsivasini qabul qildi. Germaniya imperiyasi ittifoqchilar davlati bo`lib qoldi. Imperiya tarkibiga o`zining qirol yoki knyaz sulolasi bilan 22 monarxiya va 3 erkin shahar: Lyubek, Bremen va Gamburg kirdi. Elzas-Lotaringiya imperiya tarkibiga hokim (shtatgalter) tomonidan idora qilinadigan «maxsus imperiya viloyati» bo`lib kirdi. Hokimni imperatorning o`zi tayinlardi. Imperiyaga kirgan ayrim davlatlar o`z konstitutsiyalari, vakillik muassasalarini (landtaglarini) saqlab qoldilar. Konstitutsiyaga muvofiq Imperiyaning oliy vakolatli muassasalari Ittifoq Kengashi (Bundesrat) bilan Reyxstag edi. Imperator o`z ixtiyori bilan Reyxstag va Ittifoq Kengashi sessiyalarini chaqirish, ochish, tarqatib yuborish yoki muddatini cho`zish huquqiga ega edi. 1871- yil Konstitutsiyasiga binoan imperator bir vaqtning o`zida Prussiya qiroli ham hisoblanardi. Imperiya kansleri esa Bundesratning raisi hisoblanib unga 58 a'zo, Reyxstagga 397 deputat sayianardi. Germaniyaning birinchi Imperiya kansleri Otto fon Bismark edi. U davlat boshqaruvida katta tajribaga ega bo`lmagan bo`shangroq Vilgelm I ni o`ziga tamomila bo`ysundirib olib, deyarli 20 yil davomida (1871 - 1890) mamlakatda cheksiz hokimlik qildi. U Germaniya tarixida «temir kansler» laqabi bilan nom qoldirdi. Reyxstag Konstitutsiyada ko`rsatilganidek, umumiy saylov huquqi asosida besh yil muddatga saylanardi. Lekin amalda saylov huquqi faqat nomigagina umumiy edi. Harbiy xizmatchilardan tashqari, 25 yoshga to`lgan erkaklargina saylov huquqidan foydalanardilar. Germaniyaning iqtisodiy taraqqiyoti. 70-80-yillarda Germaniya iqtisodi gurkirab rivojlana boshladi. Uning sanoat mahsulotlari barcha qit'a davlatlari bozorlariga kirib bordi. Xo`sh, qanday omillar Germaniya iqtisodining gurkirab rivojlanishiga sabab bo`ldi? Bosh omil Germaniyaning birlashtirilganligi edi. Bu birlashuv oqibatida yagona ichki bozor vujudga keldi. Ya'ni, bojxona to`siqlari olib tashlandi. Yagona pul, o`lchov va og`irlik birliklari joriy etildi. Ikkinchi omil-Fransiyaning talanishi bo`ldi. Fransiya 3 yil ichida 5 mlrd. frank tovon to`lashga majbur etildi. Undan tortib olingan va temir rudasiga boy Lotaringiya Saar toshko`mir koni bilan birgalikda Germaniya og`ir sanoati rivojida muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Uchinchidan, Germaniya tadbirkorlari boshqa davlatlar tajribalaridan muvaffaqiyatli foydalandilar. Ishlab chiqarishga eng ilg`or texnologiya hamda fan va texnika yutuqlarini joriy etdilar. Ayniqsa, Tomson tomonidan fosfor olish jarayonini soddalashtirish Germaniya sanoatining gurkirab rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratdi. Chunki, Germaniya fosfor rudalarining asosiy makoni edi. To`rtinchidan, sanoatning tez sur'atlar bilan militarlashtirilishi ishlab chiqarishning rivojlanishiga ta`sir etmay qolmadi. Fransiyadan undirilgan tovonning ma'lum qismi harbiy buyurtmalar uchun to`landi
Do'stlaringiz bilan baham: |