IV.Yangi mavzuning bayoni. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida fan yanada ixtisoslashtirildi. Yangi kashfiyotlar olamning eski, mexanistik manzarasi asoslariga zarba berdi, tabiat ilmida evolutsion g`oyalarning yanada taraqqiy etishiga yo`l ochib berdi. Matematika taraqqiyotidagi yangi davrning boshlanishi N. L. Lobachevskiy, Y. Bolyai va B. Rimanning noevklidcha geometriyaga oid xulosalarni yanada chuqurroq tekshirishi bilan bog`langandir. Ularning tadqiqotlarini italyan olimi E. Beltrami (1835-1900), nemis matematigi F. Kleyn (1849-1925) rivojlantirdilar. Nemis matematigi D. Gilbert (1862-1925) jahonda birinchi bo`lib, aniq ta'riflab berilgan geometrik tizim tuzish masalasini chuqur ilmiy tarzda hal qildi. Bu bilan matematik mantiqqa g`oyat katta hissa qo`shdi. Italyan matematiklari V. Volta (1887) va S Pinkerle (1895), D. Gilbert (1904) hamda vengr olimi F. Ris (1912) funksional fazolarni tekshirdilar. XIX asrning 70-80- yillaridan yulduz kattaliklari aniq belgilandi, birmuncha mukammal fotometrik kataloglar tuzildi. Y. Kameteyn (1904), K Shvarshild (1907) va boshqalar o`z tadqiqotlarida yulduzlarning xususiy harakati qonuniyatlarini isbotlab berdilar. Mexanika. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida mexanikaning umumiy bo`limlari - «qattiq jismlar dinamikasi», «harakatning ustuvorligi» nazariyasi hamda suyuqliklar va gazlar mexanikasi rivojlantirildi. Nemis olimi G. Gelmgols (1821- 1894) suyuqlikning uyurma harakati to`g`risidagi ta'limotni, rus olimi N P. Petrov (1836-1920) ishqalanishning gidrodinamik nazariyasini yaratdi. Aerodinamika asoslarini yaratishda rus olimi N. E. Jukovskiy (1847-1921) g`oyat muhim rol o`ynadi. Jukovskiy 1905- yil 15-noyabrda Moskva Matematika jamiyatida qilgan ma'ruzasida («Qo`shilgan girdoblar haqida») qanotning ko`tarish kuchini aniqlash formulasini asoslab berdi, bu formula samolyotlarning barcha aerodinamik hisoblari uchun asoslidir. Mexanikaning yangi bo`limi - o`zgaruvchan massa dinamikasi raketalarning uchishini tekshirishda juda katta ahamiyatga ega bo`ldi. o`zgaruvchan massa dinamikasini I.V. Mesherskiy (1859 - 1935) o`zining «o`zgaruvchan massa nuqtasining dinamikasi» (1897) degan asarida ishlab chiqdi. Mashhur rus olimi K E. Siolkovskiy (1857-1935) birinchi bo`lib, planetalararo uchishda raketalardan foydalanish mumkinligini matematik jihatdan isbotlab berdi. Fizika. Mashhur ingliz olimi Maykl Faradey (1791-1867) elektr haqidagi fanni yaratdi. Ingliz fizigi Jeyms Klark Maksvell (1831-1879) 1855- yili turli mamlakatlardagi fiziklarning elektromagnitizm, termodinamika va yorug`lik sohasidagi tajribalari hamda nazariy xulosalarini umumlashtiruvchi «yorug`likning elektromagnit maydoni» nazariyasini yaratdi. Uning nazariyasiga ko`ra elektrni bo`shliqdan o`tkazuvchi ko`rinmas elektromagnit to`lqinlar mavjud. Bir guruh olimlar: A. Bekkerel (1852-1908), Pyer Kyuri (1852-1963), Mariya Skladovskaya-Kyuri (1867-1957), F.Soddi (1877-1956), E.Rezerford (1871-1937), Nils Bor (1885-1963) - radioaktivlik hodisasini o`rgandi va atomning murakkab tuzilishi haqidagi ta'limotni yaratdi. Umuman bu davr fizika fani taraqqiyotining eng muhim yakuni nisbiylik nazariyasining yaratilishi bo`ldi. Bu Albert Eynshteyn nazariya asoschisi mashhur olim A. Eynshteyn (1879-1955) edi. Bu nazariyani u 1905 (nisbiylikning maxsus nazariyasi) va 1916- yilda (nisbiylikning umumiy nazariyasi) bayon etdi. Ushbu nazariya butun XX asr fanining rivojlanishiga katta ta'sir ko`rsatadi.
.V. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |