IV.Yangi mavzuning bayoni. XIX asrning 70- yillari - XX asr boshlarida texnika va tabiiyot ilmining taraqqiy etishiga monopolistik kapitalizmning yanada rivojlanishi bilan bog`liq bo`lgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoit ta'sir ko`rsatdi.Yirik korxonalarning vujudga kelishi texnikadan foydalanishni yangicha hal qilishni talab etdi. Transport va temirvo`llar. XIX asrning 70- yillarida parovozsozlikni taraqqiy ettirishdagi boshlang`ich davr tugadi. Parovozni takomillashtirish, uning quvvatini va tortish kuchini oshirishda katta ishlar amalga oshirildi. 1875- yildan 1913- yilgacha bo`lgan davrda butun dunyoda asosan eng yirik kapitalistik mamlakatlar tomonidan qurilgan temiryo`llarning uzunligi deyarli 4 barobar oshdi. Shimoliy Amerika, Osiyo va Afrikani kesib o`tuvchi temiryo`llar qurildi. XIX asrning 80- yillarida G. Daymler bilan K. Bens benzinda ishlaydigan motorli birinchi avtomobilni yaratishgach, avtomobil transporti tez rivojlana boshladi va u toshyo`llar qurishni talab qildi. Elektr dvigatelidan dastlab shahar transportida foydalanildi. 1895-yildayoq Angliya va AQShning eng yirik shaharlarida «konka» (shahar temiryo`lida ot bilan tortiladigan vagoncha) o`rniga tramvay ishlatildi. Elektr. Elektr sanoati - texnikaning yangi muvaffaqiyatlari uchun eng xos narsadir. Bu sanoat yuksak darajada taraqqiy qilgan mamlakatlar nihoyatda tez rivojlandi. Sanoatning rivojlanishi fabrika, zavod, savdo joylari va idoralarning sun'iy yoritkichlarga bo`lgan talabini yil sayin oshirib bordi. 1876- yilda rus ixtirochisi P.N. Yablochkovning (1847-1894) «elektr shami» deb atalgan lampasi-yorug`likning yangi manbayi sifatida vujudga keltirildi. Yablochkov «shami» ikki soatcha yonib turardi. XIX asrning oxirlarida yoy lampalar o`rniga tejamli va foydalanish birmuncha qulay lampalar - cho`g`lanish lampalari Tomas Edison ishlatila boshlandi. Amerikalik mashhur texnik ixtirochi T. Edison (1847-1931) bir necha yilgi izlanishlardan keyin, 1879- yilda havosi so`rib olingan, ko`mir tolali cho`g`lanish lampasining yangi turini yaratishga muvaffaq bo`ldi. U 1882- yilda Nyu-Yorkda birinchi issiqlik elektr stansiyasini qurdi. To`rt taktli dvigatel prinsipini 1862- yildayoq fransuz muhandisi A. Bode Rosh «maydonga tashlagan» bo`lib, undan 1876- yilda nemis ixtirochisi N. Otto (1832-1891) amalda foydalanib ko`rdi. Ottoning gaz bilan ishlaydigan to`rt taktli dvigateliga 1878- yili tashkil qilingan Parij jahon ko`rgazmasida yuksak baho berildi. 1891- yilda Germaniyada 175 km ga cho`zilgan elektr liniya qurilib, ishga tushirildi. Bu esa elektrotexnika tarixida yangi davrni ochib berdi. Kemasozlik. XIX asrning ikkinchi yarmida paroxodlar takomillashtirila boshlandi. Kemalar qurishda po`latni keng ko`lamda ishlatish yaxshi natijalar berdi. 1909- yilda misli ko`rilmagan darajada katta kemalar - suv sig`imi 20.000 tonna keladigan kemalar paydo bo`ldi. Yo`lovchilar tashish kemalarining tezligi 20 uzel (qariyb 40 km)ga yetdi..V. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash: Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.