IV.Yangi mavzuning bayoni. XIX asrning oxirgi choragida Afrikada mustamlaka bosqini yanada kuchaydi. Janubdagi qazilma boyhklarga boy yerlarda 70-yillarda olmos va 80- yillarda oltin konlarining topilishi yevropaliklarning «oqib kelishlarini» yanada tezlashtirdi. Janubiy Afrikani mustamlaka qilishda Angliya asosiy rol o`ynadi. Ko`p o`tmay bu yerga Germaniya ham kirib kela boshladi. Mozambik va Angola kabi yerlarni birlashtirishni portugallar o`z rejalariga kiritdilar. Asosiy mustamlaka «o`choq»laridan biri Burlar Respublikasi bo`lib qoldi. 70-yillardan boshlab Angliya o`z mustamlakalarini birlashtirib federatsiya tuzishga urindi. Burlar bu fikrga qo`shilmagach, Angliya 1877- yilda Transvaalni bosib oldi, Zululendni ham o`ziga qarashli mustamlaka deb e'lon qildi. G`arbiv Afrika uchun kurash. G`arbiy Sudan, Senegal va Nil daryosi havzasi XIX asr boshlarida Fransiya, Gollandiya va Angliya o`rtasida raqobat maydoniga aylandi. G`arbiy Sudan 1892- yilda Fransiya mustamlakasiga aylandi. G`arbiy Sudanliklarning ozodlik kurashida Samori Ture nomi yorqin iz qoldirdi. U atoqli lashkarboshi va siyosatchi edi. Samori Ture fransuz bosqinchilariga qarshi 18 yil davomida kurash olib bordi. Fransuzlar 1898- yildagina uni taslim eta oldilar. Asir olingan Samori Gabonga surgun qilindi va o`sha yerda vafot etdi. 1900- yilda Chad ko`li atrofi bo`ysundirildi. 1904- yili Gvineya ko`rfazi bo`ylari ham Fransiyaga tobe etildi. Unga Fransiya Gvineyasi deb nom berildi. Angliya, Fransiyadan keyin Belgiya ham Afrika yerlari uchun kurashga qo`shildi. 1883- yilda Kongo havzasidagi yerlar Belgiya mustamlakasi deb e'lon qilindi. Sharqiy Afrikaning bo`lib olinishi. Ko`p tmay yevropaliklar Sharqiy Afrikaga kirib kela boshladilar. Nil daryosi boshlanish bolib olinishi havzalarini llmiy o`rganish bahonasi bilan yevropaliklar Buganda mamlakatini «ochishdi».1894-yili Buganda Angliya tomonidan tuzilgan Uganda protektorati tarkibiga kiritildi. Zanzibar arab sultonligi ham qul savdosiga qarshi kurash bahonasi bilan nemislar, fransuzlar va inglizlar tomonidan bo`lib olindi. XIX asr oxirida Angliya Bunoro davlatini bosib oldi. XX asr boshlarida Gambiya, Syerra-Leone, Oltin qirg`oq, Nigeriya, Senegal, Fransiya Gvineyasi, Fil Suyagi Qirg`og`i, Dogomeya Fransiyaning; Togo, Kamerun Germaniyaning; Gvineyaning bir qismi esa Portugaliya mustamlakasi edi. Yevropa mustamlakachilari turli boshqaruv tizimlari joriy qilishdi. Angliya mahalliy boshqaruv tizimlarini saqlab, ularni o`z manfaatlariga bo`ysundirdi. Fransiya esa o`z mustamlakalarida eski mahalliy boshqaruvni buzib tashlab, Fransiyaga mos bo`lgan tartiblarni joriy etdi. G`arbiy Afrikada mustamlakalar uchun kurashda Gollandiya, Belgiya, Portugaliya, Angliya, Germaniya, Fransiya va nihoyat AQSh manfaatlari to`qnashdi. Belgiya qiroli Leopold II Kongoni ilmiy o`rganish assotsiatsiyasi tuzib, uning «soyasida» ustalik bilan ish olib bordi. Bu mamlakatning katta bo`lagini egallashga muvaffaq bo`ldi. Kongo «erkin» davlati tuzildi. Aslida, u Belgiya mustamlakasiga aylandi. Kongoning bir qismi Fransiyaga, yana bir qismi esa Portugaliyaga tegdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |