Yangi dars bayoni:
Urush yillarida O‘zbekiston san’ati ustalari 30 ta konsert brigadalariga bo‘linib, frontdagi jangchilarga 35 000 ta va gospitallarda 26 000 ta konsert ko‘rsatd ilar. Front brigadalari tarkibida Tamar axonim, Halima Nosirova, Sora Eshonto‘r ayeva, Mukarrama Turg‘unboyeva, Abror Hidoyatov,
Olim Xo‘jayev, Gavhar Rahimova, Karim Zokirov, Muhiddin Qori yoqubov singari taniqli san’atkorlar bo‘lgan.Teatrlarning repertuarlarida harbiy va tarixiy asarlar ustun bo‘lib qoldi. Teatrlar sahnasida Hamid Olimjonning “Muqanna”, Uyg‘un va Izzat Sultonning “Alisher Navoiy”, Hamid Olimjon, Uyg‘un va Sobir Abdullaning “O‘zbekiston qilichi”, Oybekning “Mahmud Torobiy”, Maqsud Shayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi” kabi va boshqa dramatik asarlari namoyish etildi.O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasining tashkil topishi va faoliyati. SSSR Fanlar akademiyasining O‘zbekiston ǻliali urushning birinchi kunlaridan boshlab juda muhim xalq xo‘jalik va mudofaa muammolarini hal qilishga faol kirishdi. Shu maqsadda institutlarning ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muhim o‘zgarishlar kiritildi. SSSR Xalq Komissarlari Soveti raisi I.V.Stalinning 1943-yil sentyabrdagi qarori asosida SSSR FA O‘zbekiston SSR ǻliali (O‘zFAN) negizida 1943-yil 4-noyabrda, Ikkinchi jahon urushining eng qizg‘in pallasida, Toshkentda O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi (O‘zSSR FA) tashkil topdi. O‘zbekiston olimlari Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zlarining samarali faoliyati bilan mamlakat ilmiy salohiyatini rivojlantirishga, fidokorona mehnati bilan mamlakatning iqtisodiy hamda harbiy qudratini oshirish va mustahkamlashga katta hissa qo‘shdilar. Bu ishda ularga urush yillarida O‘zbekistonga ko‘chirib keltirilgan RSFSR va boshqa ittifoqdosh respublikalarning olimlari ham ancha-muncha yordam ko‘rsatdilar. Faqat Toshkentning o‘ziga mamlakatning taniqli ilmiy xodimlaridan 375 nafar kishi kelgan bo‘lib, ular respublika imkoniyatlarini iloji boricha urush ehtiyojlariga ko‘proq jalb qilish yo‘llarini qidirib topishga, ilmiy muammolarni hal qilishga va mahalliy ilmiy kadrlar tayyorlashga yordam bergan edilar.O‘zbekistonning Rossiya, Belorusiya va Ukraina intellektual elitasini saqlab qolishdagi roli. Bu davrda respublikamizga Moskva, Leningrad, Kiyev, Minsk, Voronej va boshqa shaharlardan 31 ta oliy o‘quv yurti va 7 ta harbiy akademiya evakuatsiya qilindi. Ko‘chirib keltirilgan oliy o‘quv yurtlari, ko‘pgina ilmiy-tadqiqot institutlarining respublikada bo‘lishi O‘zbekistondagi barcha oliy o‘quv yurtlarini butun o‘quv va ilmiy tadqiqotchilik faoliyatini Markaz darajasiga yana ham yaqinlashtirish imkonini berdi.
Urush yillari O‘zbekiston, xususan, Toshkent shahri minglab fan, adabiyot va san’at namoyandalari uchun najot beshigi bo‘lib xizmat qildi. Bu davrda fashistlar bosib olgan hududlardan olimlardan tashqari 200 nafardan ortiq taniqli yozuvchi va shoirlar, tanqidchilar va adabiyotshunoslardan Anna Axmatova, Aleksey Tolstoy, Vladimir Yan, Aleksandr Deych, Nikita Pogodin, Yakub Kolas, Yanka Kupala, Lidiya Bat, Viktor Jirmunskiy va boshqalar bor edi. Ular O‘zbekistonning adabiy hayotiga jalb etilib, ijod qilishlari uchun barcha sharoit yaratib berildi. O‘zbek shoir va yozuvchilari ular bilan hamkorlikda “Biz g‘alaba qozonamiz” nomli almanax va “O‘zbekiston shoirlari frontga” nomli antologiya yaratdilar.Xullas, urush yillarida O‘zbekiston xalqi yuksak insonparvarlik namunalarini ko‘rsatib, vaqtincha bosib olingan hududlardan respublikaga ko‘chirib keltirilgan aholini, xususan, bolalar va intellektual elitani saqlab qolishda jonbozlik qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |