Sana “ ” 201 yil. Mavzu: O‘zbekistonda sovet hokimiyati yuritgan madaniy siyosat



Download 218,1 Kb.
bet63/67
Sana13.02.2022
Hajmi218,1 Kb.
#447554
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
10-sinf tarix o\'zb konspekt 2

Yangi dars bayoni:
Qayta qurish va uning bosqichlari. KPSS MK Aprel (1985-y.) plenumi sovet jamiyati hayotining barcha sohalarini chuqur isloh qilish yo‘lini e’lon qildi. Qayta qurishning asosiy tarkibiy qismlari deb ijtimoiy hayotni demokratlashtirish va tub iqtisodiy islohot o‘tkazish belgilandi.
Qayta qurish oshkoralik, demokratiya va fikrlar xilma-xilligining ma’lum ma’noda kuchayishiga imkoniyat yaratdi. Ammo mamlakatda tub demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlarni oxiriga yetkazish mumkin bo‘lmadi.O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy inqirozning keskinlashuvi. Ana shunday sharoitda O‘zbekistonning o‘sha payt dagi rahbariyati Markaz oldida o‘zining no‘noq va noshudligini ko‘rsatdi. Respublika rahbariyati Markazdan qochish va uni inkor etish siyosati o‘rniga ko‘proq unga yaqinlashish va mustahkam birlashish yo‘lini tanladi.O‘sha paytdagi O‘zbekiston siyosiy rahbariyati ijtimoiy-ma’naviy sohada milliylikning har bir ko‘rinishi “internatsionalizm” mohiyatiga yot ekanligini isbotlashga urindi. Bu narsa o‘zbek tili, islom dini, milliy urf-odat va an’analar, marosimlar, Navro‘z bayramiga munosabatda yaqqol ko‘rindi.Qayta qurish siyosatining barbod bo‘lishi. Mamlakatda bo‘lgan qayta qurish jamiyatning ijtimoiy va siyosiy tuzilishida bir qator o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. KPSSning sovet jamiyatidagi rahbarlik va yetakchilik mavqeyiga putur yetdi, saylov tizimini o‘zgartirish to‘g‘risida qonun qabul qilindi.Qayta qurish pirovardida siyosiy jihatdan safsatabozlikka aylanib, tub
demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish va boshlangan islohotlarni oxirigacha yetkazish imkoniyatini bermay mag‘lubiyatga uchradi. Bu holatning sabablari quyidagicha edi:Birinchidan, qayta qurishning aniq va izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan dasturi yo‘q edi. Demokratiya va oshkoralik kabi shiorlar haqida ko‘p gapirilsa ham, amalda partiya siyosiy rahbariyati eski qarashlar girdobida bo‘lib, rahbarlikning demokratiyaga zid bo‘lgan ma’muriy-buyruqbozlik usullaridan foydalanish davom etardi.
Ikkinchidan, mamlakatdagi partokratik rahbariyat “nomenklatura”ni saqlab qolishdan manfaatdor edi. Chunki mamlakatni eskicha usulda boshqarish oson edi.Uchinchidan, qayta qurishda milliy respublikalarning suvereniteti haqida gapirilsa ham Ittifoqni yangilangan holatda saqlab qolish ko‘zda tutilgan edi.
Kreml ittifoqdosh respublikalarning SSSRdan ajralib, mustaqil davlat tuzishlariga qarshi jon-jahdi bilan qattiq turdi.To‘rtinchidan, M.S.Gorbachyov g‘oyasi asosida qayta qurishni amalga oshirish mumkin emas edi. Chunki sotsializm doirasidagi mulkiy munosabatlar, ijtimoiy sohadagi siyosat, milliy va diniy siyosat, yakkapartiyaviy rahbarlik va mustabid boshqaruv usuli hech qachon demokratiya va oshkoralik bilan kelisha olmagan.Farg‘ona fojiasi va uning mohiyati. Markaz jilovni qo‘ldan bermaslik
uchun butun imkoniyatlarni ishga solayotgan bir sharoitda 1989-yil may-iyun oylarida Quvasoyda yoshlar o‘rtasida bo‘lgan bezorilik vodiyda millatlararo to‘qnashuvni (mesxeti turklari bilan mahalliy yoshlar o‘rtasida) keltirib chiqardi. U Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyatiga tarqalib, xavfi tus oldi.1989-yil 7-8-iyunda Qo‘qon shahrida mahalliy aholi qatnashgan tinch namoyish harbiy qism askarlari tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida 50 dan ziyod namoyishchilar halok bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 1989-yil 3 – 12-iyunda Farg‘ona viloyatida bo‘lgan millatlararo to‘qnashuvlar va namoyishchilarning harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida 103 nafar kishi halok bo‘lgan, 1011 kishi jarohatlangan va 757 xonadonga o‘t qo‘yilib, vayron etilgan.

Download 218,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish