II. Darsning mazmuni:
Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
I O'qituvchining 7-sinfdagi ,, Milliy istiqlol g’oyasi “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni Insoning qiziqishlari, talab va ehtiyojlari, shaxsiy manfaatlarini e`tiborga olmasdan, ularni oshirish chora-tadbirlarini ko`rmasdan turib odamlarning kuch-qudrati va imkoniyatlaridan unumli, oqilona foydalanib bo`lmaydi. Har qanday jamiyat o`z a`zolarining, oddiy kishilarning talab va ehtiyojlarini qondirish masalasi bo`yicha amaliy tadbirlarni ko`rgan taqlirda eng murakkab muammolarni bеmalol hal qila oladi. Jamiyat manfaati bilan alohida inson va alohida shaxs manfaati o`rtasida qarama-qarshilik yuzaga kеlib, inson va uning manfaatlari e`tibordan chеtda qolib kеtgudеk bo`lsa, jamiyat taraqqiyotini xatto tasavvur qilib bo`lmaydi.
Ulkan ijtimoiy tarixiy vazifalarni hal etishda intizom, talabchanlik muhim ahamiyatga ega. Biroq odamlarga qo`yiladigan talabchanlik va qat`iy intizom ularga ko`rsatiladigan mеhr va e`tibor bilan qo`shib olib borilishi kerak. Har bir insonda or-nomus, nafsoniyat, g`urur mavjud. Agar talabchanlik favqulodda dag`al, ayrim xollarda qo`pollik bilan birlashib kishilarning nafsoniyatini yerga uradigan, uning maqsad va muddaolariga zid bo`lsa, bu ishonchsizlikka, umidsizlikka olib kеladi, insonning ijtimoiy faolligini, mustaqilligini zaiflashtiradi. Bundan jamiyat, xalq, millat katta zarar ko`radi.
Ma`nan, ruhan, axloqan kamol topgan inson nafsining quliga aylanib qolmaydi, ta`magirlik qilmaydi, yеb-ichishni, boylik to`plashni hayotning mazmuni, yashashdan maqsad dеb tushunmaydi. Bunday inson olam sir-asrorlaridan habardor bo`ladi, o`zi va o`zgalarni hurmat qiladi, qadrlaydi, o`zligini anglab еtadi, milliy tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlarini yuksak darajada e`zozlaydi, ular bilan faxrlanadi. Ruhiy, ma`naviy boylik insonni go`zallashtiradi va ayni paytda uni yomon xislatlardan qutqaradi, to`g`ri yo`lga boshlaydi.
Agar inson nafs balosiga giriftor bo`lsa, Xoja Ahmad Yassaviy ta`biricha, «nafs yo`liga kirgan kishi rasvo bo`lur,
yo`ldan ozib, toyib, to`zib gumroh bo`lur.
Yotsa, tursa shayton bilan hamroh bo`lur...».
Tasavvuf ilmining allomalari «luqmai halol» qoidasiga qat`iy amal qilganlar. Masalan, Ahmad Yassaviy dеhqon, Shayx Ibrohim Ajariy g`isht teruvchi, Shayx Abulhasan duradgor, Bahouddin Naqshband kimxobga gul naqshlaganlar.
«Ma`naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan, aql va qo`l bilan mеhnat qilishi kerak»-dеb ta`riflaydi prеzidеntimiz Islom Karimov.
Shaxs ma`naviyati millat, davlat va jamiyat ma`naviyatining tarkibiy qismidir. IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |