SamDU “Umumiy psixologiya”kafedrasi mudiri O.S.Qodirovning Umumiy psixologiya fanidan “Maktabgacha yosh davrlar pisxologiyasi” mavzusida ochiq darsi
BAYoNNOMASI
Samarqand shahri. 24.03.2022 yil
Qatnashdilar: kafedra dotsenti O.Suyunov katta o’qituvchilar M.V.Sulaymonov, A.Bahramova o’qituvchilar A.Shonazarov J.Obloqulov F.Akilov U.Elmurodov
KUN TARTIBI:
1. SamDU Umumiy psixologiya kafedrasi mudiri PhD.O.S.Qodirovning Umumiy psixologiya fanidan “Maktabgacha yosh davrlar pisxologiyasi” mavzusida ochiq darsi muhokamasi.
Eshitildi: Yig’ilish raisi –dots.O.Suyunov: Bugun o’tkazilgan kafedra mudiri PhD.O.S.Qodirov tomonidan o’tkazilgan Umumiy psixologiya fanidan “Maktabgacha yosh davrlar pisxologiyasi” mavzusida ochiq darsi o’quv rejasi, ishchi reja va tasdiqlangan dasturlar asosida o’tkazilgan bo’lib, Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi uchun ixtisoslik fani hisoblanadi. Dars universitetning namunaviy ochiq darslar rejasi asosida qo’yildi. Dars tahlili bo’yicha fikr-mulohazalar uchun so’z beriladi.
So’zga chiqdilar: Katta o’qituvchi A.Baxramova– ma’ruza darsi an’anaviy axborot beruvchi xarakterdagi ma’ruza bo’lib, unda mavzu bo’yicha talabalarga kerakli darajada ma’lumotlar berildi. Darsni tashkiliy ishlardan boshladi va o’z vaqtida o’tdi. Talabalarning kasbiy bilimlari, auditoriyaning intellekt darajasiga mos ravishda ilmiy axborotlar yetarli pedagogik mahorat va uslub bilan uzatildi. Darsda yangi pedtexnologiyalar ham o’z vaqtida va meyorida qo’llanildi. Dars prezintasiyasi mavzuning mohiyatini to’la ochib bera oladigan tarzda yaratilgan. Talabalarning darsga metodik tayyorlik darajasi yaxshi, mavzuning muhim qismlari ma’ruza daftarlariga tezis qilib yozib olindi. Ma’ruza matni bilan barcha talabalar ta’minlangan. O’tgan mavzular talabalar tomonidan yaxshi o’zlashtirilganligi, yangi mavzuning fanga va amaliyotga bog’lab tushuntirib berilishi talabalarda mavzuga qiziqish uyg’otdi. Darsda mavzuga oid Respublikamiz olimlari, tergov organlari xodimlari va yuristlari tomonidan yaratilgan asrlar bilan tanishtirib kitoblar haqida ma’lumotlar berib o’tdi.
Dars reja asosida yoritildi va talabalarning fikrlari breynshtorming metodi bilan yig’ilib, xulosa qilindi. Fikrimcha, ma’ruzada o’qituvchi tomonidan qo’yilgan ta’limiy va tarbiyaviy maqsad amalga oshdi. Ba’zi tashkiliy kamchiliklar – orqada o’tirgan talabalar faolligining pastligi yoki barcha mavzular uchun bir xil adabiyotlar tavsiya qilinishi kabi holatlar darsning ilmiy va uslubiy tomonlariga ta’sir etmadi. Xulosa shuki, o’tkazilgan ochiq ma’ruza darsi oliy ta’lim talablariga to’la javob bera oladi.
Ma’ruzachining fikrlari majlis ishtirokchilari tomonidan qo’llab-quvvatlandi va J.Obloqulov, A.Shonazarovlar ham o’z mulohazalari va maslahatlarini berdilar.
Qaror qilindi:
1. SamDU “Umumiy psixologiya” kafedrasi mudiri O.S.Qodirovning Umumiy psixologiya fanidan“Maktabgacha yosh davrlar pisxologiyasi” mavzusida ochiq darsi yangi pedagogik texnologiyalar asosida, yuqori saviyada o’tganligi qayd etilsin.
2. “Umumiy psixologiya” kafedrasi mudiri O.S.Qodirovning Umumiy psixologiya fanidan“Maktabgacha yosh davrlar pisxologiyasi” mavzusida ochiq darsi oliy ta’lim talablariga javob berishi ta’kidlansin.
3.Ochiq ma’ruza darsi yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalarni e’tiborga olish va ko’rsatilgan kamchiliklarni kelgusida bartaraf etish fan o’qituvchisi zimmasiga yuklatilsin.
Majlis raisi: dots.O.Suyunov
Majlis kotibi: U.Elmurodov
Do'stlaringiz bilan baham: |