SamDchti ingliz tili fakulteti xorijiy til va adabiyot yo’nalishi 2-kurs 207-rus guruh talabasi Abdurazzoqov Asilbekning malakaviy o’quv amaliyot bo’yicha Hisoboti



Download 16,61 Kb.
Sana16.03.2022
Hajmi16,61 Kb.
#498805
Bog'liq
Sinfga tavsifnoma (1)


SamDchTI ingliz tili fakulteti xorijiy til va adabiyot yo’nalishi 2-kurs 207-rus guruh talabasi Abdurazzoqov Asilbekning malakaviy o’quv amaliyot bo’yicha


Hisoboti
Men Abdurazzoqov Asilbek 2021-yil 22-fevral kuni Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani 63-umumta’lim maktabiga Samarqand Davlat chet tillari institutidan malakaviy o’quv tanishuv amaliyotini o’tash uchun yuborildim.
Amaliyotimizning birinchi kunini institut faollar zalidan boshladik.O’sha kuni malakaviy amaliyot bo’yicha o’tkazilayotgan konferinsiyani institut rektori I.M.Tuxtasinov ochib berdi.Shuningdek konferinsiyada fakultet dekani O.Y.Yusupov,kafedra mudiri M.J.Sulaymonova ishtirok etishdi.Ular bizni malakaviy amaliyot mazmuni va mohiyati,dasturi hamda reja jadvali bilan tanishtirdi.Amaliyotga jiddiy qarashimiz kerakligi,u alohida baholanishi to’g’risida tushuntirish ishlari olib borishdilar.Shuningdek, o’rta ta’lim maktablaridagi muommolarga jiddiy e’tibor qaratishimiz to’g’risida alohida to’xtalib o’tishdi va biz o’zimizga kerakli xulosalar chiqardik.23-Fevral kuni men 63-maktab binosiga kirib bordim va maktab direktori Elmurodova T.Iskandarovna bilan uchrashdim.Ular mening shartnomamni imzoladilar va meni shu maktabdagi amaliyot rahbarim ingliz tili o’qituvchisi Jalilova Yayra Maxmutmusayevna bilan tanishtirdilar.Maktab direktori menga maktabning qonun-qoidalari,muomila odobi hamda kiyinish odobi haqida ma’lumot berdi va mendan shu ta’kidlab o’tgan qoidalarga qat’iy rioya qilishim kerakligini so’radi.Bundan tashqari ingliz tili sinfxonasi hamda o’qituvchilarning ish rejalari bilan tanishdim.

Birinchi kunimizdan boshlab amaliyot uchun biriktirilgan o’qituvchim Jalilova Yayra Maxmutmusayevna boshchiligida reja jadvali dars jadvali malakaviy amaliyotning dastlabki bosqichida ya’ni birinchi haftasida men maktab sharoiti rahbariyat tarkibi,maktab o’quvchilari bilan tanishdim.


Men amaliyotimizning so’ngi haftalarida maktabning choraklik imtihonlarini kuzatib baholash nizomini shu jumladan Ingliz tili,Algebra,Ona tili,Kimyo va boshqa fanlardan imtihonlarni kuzatdim.
Oxirgi haftada malakaviy amaliyot rahbarim va maktab direktoriga tasdiqlatdim.
Xulosa qiladigan bo’lsam,men mana shu to’rt haftalik malakaviy amaliyotdan juda ko’p narsalarni o’rgandim va tajribalarga ega bo’ldim.Men o’quvchilar bilan ishlashni va qiziqarli dars qurollari bilan ishlashni o’rgandim.O’qituvchilar bilan do’stona munosabatda bo’lishlari va ularni tushunishlari kerak ekan.
Talaba Aslbek Abdurazzoqov


Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani 63-umumta’lim maktabining 1-“A” sinfining sust o’zlashtiruvchi o’quvchisiga Abdurazzoqov Asilbek tomonidan berilgan
Tavsifnoma

Tilovova Osiyo O’tkir qizi 2013-yilning 14-aprelda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tug`ilgan. 2020-yilda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani 63-umumta’lim maktabining 1-“A”sinfiga qabul qilingan.


Tilovova Osiyo tabiatan og’ir-bosiq, kamgap va juda uyatchan bo’lganligi uchun ham darslarda uncha faol qatnashmaydi.Uning tortinchoqligi va bolalar bilan tez kirishib ketmasligi darslarni o’zlashtirishda bir muncha qiyinchilik tug`dirmoqda. Mavzuni tushunmagani va boshlang’ich bilimga ega bo’lmaganligi uchun ham berilgan topshiriqni bajarmay keladi. Lekin astoydil o`rganishga harakat qiladi. Fanlarda qoniqarli baholarga o`qiydi. Do`stlari bilan ahil. U matematika hamda tasviriy san’at fanlariga qiziqadi. Yoqtirgan sport turi gimnastika. U rasm chizishga ham qiziqadi.
Kelajakdagi orzusi mashhur rassom bo`lib yetishish. Tilovova Osiyo urunishlari hamda tirishqoqligini inobatga olgan holda kelajakda albatta faolligi oshadi, hamda a`lo baholarga davogarlar safiga qo’shilishiga ishonchim komil va undan yaxshi rassom chiqadi.


SamDCHTI ingliz tili II fakulteti
207-rus guruh amaliyotchi talabasi ________________ A.Abdurazzoqov
Download 16,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish