Sambo (rus qurolsiz o‘zini himoya qilish) sport kurashi turi. Unga kurashning milliy turlaridagi eng samarali usullar asos qilib olingan. 20-asrning 30 yillarida sssrda paydo bo‘lgan



Download 177,1 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi177,1 Kb.
#230468
Bog'liq
Sambo haqida


Sambo

Sambo (rus. - qurolsiz o‘zini himoya qilish) - sport kurashi turi. Unga kurashning milliy turlaridagi eng samarali usullar asos qilib olingan. 20-asrning 30 yillarida SSSRda paydo bo‘lgan. Samboning sport (kurash) va jangovar turlari mavjud. Sambo kurashida kurashchilar maxsus belbog‘li kalta yaktak kiyadilar. Samboda raqibining qo‘l va oyoqlaridan olish, oyoqlar bilan oyoqlariga, qo‘liga va gavdasiga qarshi harakatlar qilish ruxsat etilgan. Samboda o‘z oyog‘ida tik turib raqib kuragini yerga tekkizsa yoki og‘rituvchi usul qo‘llanganda raqib o‘zini mag‘lubiyatga uchraganligini tan olsa, shuningdek, ballar bo‘yicha farq 12 taga yetsa, raqib man etilgan usulni qo‘llab jazolansa sof g‘alaba qayd qilinadi. Raqiblardan biri sof g‘alabaga erisha olmasa, olishuv natijasi sportchilarning to‘plagan ballariga qarab aniqlanadi. Jangovar Samboda kurashchilar boshga shlem, qo‘llariga barmoqlari ochiq qo‘lqop kiyib, og‘izga kapa (tishni himoya qilish uchun) solib musobaqalashadilar. Jangovar Samboda tepish, urish, og‘rituvchi usullar qo‘llash va bo‘g‘ish mumkin. Kurash 10x10 m dan 13x13 m gacha kattalikdagi gilamda o‘tkaziladi. Kurashchilarning olishuv maydoni 6x9 diametrli bo‘lishi kerak. Kurash tanaffussiz 4 - 5 minut davom etadi.



Samboning sport turida: yoshlar (20 yoshgacha) va erkaklar: 52, 57, 62, 68, 78, 82, 90, 100, 100 kg dan ortiq: qizlar (20 yoshgacha) va ayollar: 48, 52, 56, 60, 64, 68, 72, 80, 80 kg dan ortiq; o‘smir o‘g‘il bolalar (16 - 18 yosh): 48, 52, 56, 60, 65, 70, 75, 81, 87, 87 kg dan ortiq; o‘smir qizlar (16 - 18 yosh): 40, 44, 48, 52, 56, 60, 65, 70, 75, 75 kg dan ortiq vaznlarda bellashadilar. Faxriylar (35 yoshdan yuqori) va Samboning jangovar turida esa 62, 68, 74, 82, 90, 100, 100 kg dan yuqori vazn toifasida musobaqalashadilar. Sambo bo‘yicha Xalqaro havaskorlik federatsiyasi (FIAS; 1985 yil tashkil etilgan)ga 80 ga yaqin mamlakat a’zo. 1980 yildan Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgan. 1973 yildan Samboning sport turi bo‘yicha, 2001 yildan jangovar Sambo bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi. O‘zbekiston Sambo federatsiyasi 1964 yil tuzilgan. Ayol Sambochilarning federatsiyasi dunyoda faqat O‘zbekistonda tashkil etilgan (1996) va u ham Jahon hamda Osiyo federatsiyasiga a’zo bo‘lib kirgan. 1971 yil Toshkentda xalqaro turnir, 1972 yil Yevropa chempionati, 1998, 2001 va 2002 yilda esa o‘smirlar, yoshlar va erkaklar o‘rtasida Osiyo chempionati, 2001 va 2003 yillarda ilk bor ayollar Sambo yulduzlarining jahon chempionati musobaqalari o‘tkazilgan.



O‘zbekiston Sambo terma jamoasi jahon chempionatida 1-o‘rinni egalladi (1993, Omsk), Osiyo chempionatida bir necha marta jamoa hisobida (ayollar va erkaklar, qizlar va o‘smirlar) g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Sambo bo‘yicha sport ustasi J. Sharapatov Osiyo Sambo federatsiyasining prezidenti (2001 yildan), xalqaro toifadagi sport ustasi Fazliddin Po‘latov vitseprezidenti va Osiyoda Sambo kurashini rivojlantirish qo‘mitasi raisi (2003 yildan) hisoblanadi. Sobir Qurbonov, Sayfiddin Xodiyev, Bobomurod Fayziyev (2 martadan), Shuhrat Xo‘jayev, Akobir Qurbonov, faxriylar o‘rtasida esa Fazliddin Po‘latov, O‘rol Jumaniyozov, Oston Cho‘liyev (2 martadan) jahon chempioni bo‘lishgan. O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida bolalar va qizlar Sambo bilan muntazam shug‘ullanadilar. Respublika oliy sport mahorati maktabi, viloyatlar sport mahorati maktablari, shuningdek, Olimpiya zaxiralari kollejlarida Sambo kurashi bo‘limlari bor.



F
Download 177,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish