SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
MAKTABGACHA, BOSHLANG‘ICH VA MAXSUS TA’LIM KAFEDRASI
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI OʻQUVCHILARNI MIQDORLAR BILAN TANISHTIRISH
(umumta’lim maktablarining boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun uslubiy koʻrsatma)
Samarqand – 2016
Rabbanayeva Dildora. Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarni miqdorlar bilan tanishtirish. Umumta’lim maktablarining boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun uslubiy koʻrsatma. – Samarqand VXTXQTUMOI, 2016-yil. 24 bet.
Mas’ul muharrir: S.Yuldosheva – VXTXQTUMOI, Til va adabiyot ta’limi kafedrasi dotsenti
Taqrizchilar: X.Rabbanaqulov – SamDU, Boshlangʻich ta’lim
metodikasi kafedrasi dotsenti
D. Joʻrayeva – VXTXQTUMOI Maktabgacha,
boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi
Ushbu koʻrsatma umumta’lim maktablarining boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun mo‘ljallangan boʻlib, boshlangʻich sinf matematika darslarida oʻquvchilarni miqdor tushunchasi bilan tanishtirish metodikasi yuzasidan uslubiy tavsiyalar berilgan.
Uslubiy koʻrsatma institut Ilmiy kengashining 2016-yil _ iyun ___- sonli yigʻilish qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.
Boshlangʻich ta’limda miqdorlarni o‘rgatish metodikasi
Miqdorlar, xuddi raqamlar kabi boshlang‘ich sinflarda matematika mashg‘ulotlarinig asosiy tushunchasi bo‘lib, bolalarda miqdor haqida predmetlar va voqelikka aloqador va o‘lchov bilan bog‘liq sifat tasavvur uchun foydalaniladi.
O‘quvchilar 1–4-sinflarda uzunlik, massa, (og‘irlik) hajm, vaqt va ularning o‘lchov birliklari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Misollarni yechish jarayonida ular baho, qiymat, miqdor, narx, tezlik, masofa, unumdorlik tushunchalari bilan tanishadilar.
Mavzuni o‘rgatish jarayonida shunga erishish zarurki, o‘quvchilar o‘zaro bog‘liq, ammo mutlaqo boshqa-boshqa mazmunga ega bo‘lgan «miqdor» va «raqam» tushunchalarini aniq farqiga bora olishlari kerak. Masalan, sim o‘ramidan bir bo‘lak kesib olib, o‘lchash birligi detsimetrdan foydalanib, 1 dm, 2 dm, 3 dm, 20 dm. kabi uzunliklarni belgilab boramiz. Ya’ni mazkur o‘lcham birligini sim uzunligi bo‘yicha ketma ket qo‘yish bilan o‘lchaymiz va tegishli nomi bilan - (20 dm) yozib qo‘yamiz.
Agar boshqa o‘lcham birligi, masalan, santimetrdan foydalangan bo‘lsa, miqdorning raqam belgisi o‘zgacha bo‘lganiga erishamiz. Bu raqamni ham tegishli nomi bilan (200 sm) yozib qo‘yamiz. Metr o‘lcham birligidan foydalansak, mazkur miqdorning yana bir raqamli ko‘rinishga ega bo‘lamiz (2 m).
Raqam va o‘lchamlar tushunchalarini o‘zaro farqlash uchun bu bosqichda mazkur yordamlardan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak bo‘ladi. 78, 40, 11, 99 kabi misollarda belgilarni qo‘llash bilan bog‘liq mashqlarni shakllantirishda, aynan raqamlarning (sonlarning) o‘zini solishtirish zarurligi 23 sm, 2dm, 5dm, 1m kabi mashqlarni yechishda esa miqdorlar taqqoslanayotganligi qayta-qayta takidlanishi lozim.
Miqdor va son (raqam) iboralarni qo‘llash bilan bog‘liq boshqa mashqlar ham shu kabi aniq va tushunarli ifodalanishi kerak. Masalan; «385 va 481 sonlarini qo‘shing», yoki «3 m 85 sm hamda 4 m 81 sm miqdorlarni qo‘shing» kabi.
U yoki bu miqdor haqida tasavvurni shakllantirish va ularni o‘lchash usullari o‘ziga xoslikka ega bo‘lsa ham, har bir miqdorni o‘rganishda umumiy bosqichlarni alohida ta’kidlash maqsadga muvofiq bo‘lar edi. O‘qituvchi har bir miqdorlarni o‘rganish jarayonida ana shularga tayanib, o‘quvchilar faoliyatini quyidagicha tashkil etishi mumkin.
Miqdorlarni o‘rgatish bo‘yicha metodik tavsiya:
1. O‘quvchilarda mavjud mazkur miqdorlar haqidagi tushunchalarni aniqlash (o‘quvchilarning hayotiy tajribasiga murojaat etish).
2. Bir xil nomli miqdorlarni solishtirish (chamalab ko‘rinish, solishtirish, taqqoslash, o‘lchash va boshqa xil usullar bilan).
3. Mazkur miqdorning o‘lchov birligi va o‘lchov asboblari bilan tanishtirish.
4. O‘quvchilarda o‘lchash ko‘nikmalari hosil qilish.
5. Bir xil nomdagi miqdorlarni qo‘shish va ayirish. (Masalalarni yechish jarayonida).
6. Miqdorlarning yangi o‘lchov birliklari bilan tanishtirish, bir nomdagi miqdorlarni boshqa o‘lchov birliklariga aylantirish. Ikki bir xil nomli o‘lchov birliklarini bitta ikki nomli o‘lchov birligiga aylantirish va aksincha.
7. Ikki xil nomli miqdorni qo‘shish va ayrish.
8. Miqdorlarni sonlarga ko‘paytirish va bo‘lish
Boshlang‘ich sinflarda miqdorlarni (miqdori, bahosi, narsalar miqdori ya’ni soni, qancha turishi va hokazo) arifmetika bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rgarish katta ahamiyatga ega. Miqdorlarni o‘rgatishda ularni o‘lchash usullari, tegishli o‘lchov birliklari va ular orasidagi munosabatlar, miqdorlar orasidagi (eng soda formulalar yordamida ifodalanuvchi) bog‘lanishlar qaraladi. Masalan, “Hamma sotib olingan narsa qancha turishini bilish uchun narsaning bahosini narsalar soniga ko‘paytirish kerak” ekanini bolalarga og‘zaki tushuntiriladi. (Bunda aslida formulalar yozilmaydi). Shu bois masalalarni tanlashda bu bog‘lanishlarni ochib beruvchi masalalarga alohida e’tibor berish kerak.
Masalan: jadval asosida tuzilgan masala orqali miqdor haqida o‘quvchilarga tushuncha berilib masala ishlanadi.
Bahosi
|
Miqdori
|
Jami pul
|
8 soʻm
|
2 ta
|
?
|
Ushbu masaladan kelib chiqqan holda jami sotib olingan narsa qancha turishini bilish uchun, narsaning bahosi 8 ni narsalar soni ya’ni miqdori 2 ga ko‘paytirish kerak.
Agar, jami pul (so‘m) ma’lim ya’ni 54 soʻm, miqdori ma’lum ya’ni 6 ta
bo‘lsa, 1 donasining narxini topish uchun jami pul 54 ni miqdor 6 ga bo‘linadi. Yechish: 54 : 6 = 9
Miqdor, narx va baho orasidagi bog‘lanishni yaqqol ko‘rinishda tasvirlash uchun jadval tuzish va unda, masalan, qalamlarni sotib olish ma’lumotlarini keltirish foydalidir:
Bahosi
|
Miqdori
|
Narxi(jami pul)
|
9 so‘m
9 so‘m
?
|
3 ta qalam
? ta qalam
3 ta qalam
|
?
27 so‘m
27 soʻm
|
Bu jadvalning har bir satri bo‘yicha o‘quvchilar sodda masala tuzadilar, uni yechadilar va masalada nima ma’lum va nimani aniqlash kerakligini aniqlaydilar.
Masalan, qalamlar miqdorini bilish uchun nimani bilish zarur? (bahosi va narxini) Bizga nima ma’lum?( bahosi.) Qalamlar miqdorini qachon bilib olamiz?
“Qalamlar miqdorini (sonini) bilish uchun biz qalamlar narxi (27 so‘m) ni qalamlar bahosi ( 9 so‘m) ga bo‘lamiz (27 : 9 = 3). Shunday qilib, qalamlar miqdori ya’ni soni kelib chiqadi.
Bolalarni masalalarning bahosi va miqdori bo‘yicha umumiy narxni, umumiy narx va bahosi bo‘yicha miqdorni, umumiy narxi va miqdori bo‘yicha bahosini aniqlash mumkinligi to‘g‘risidagi umumlashtirishga olib kelinadi.
O‘quvchilarni uzunlik o‘lchov birligi bilan tanishtirishda turli usullardan foydalanish
Bizga ma’lumki, turli xil o‘lchov birliklari mavjud. Bular km, m, sm, dm va eng kichik o‘lchov birligi mm dir. O‘quvchilarni millimetr bilan tanishtirish o‘quvchilarni uzunlik o‘lchovlari bilan tanishtirish ishining eng murakkab bo‘g‘ini hisoblanadi.
Buning uchun bolalarga bir varaq qog‘ozga oldindan chizib qo‘yilgan, masalan, 8sm 7mm va 8sm 2mm uzunlikdagi kesmalarni santimetrlarga bo‘lingan qog‘oz tasmalar yordamida o‘lchashni taklif qilish mumkin. Agar kesmalarni birining tagiga ikkinchisini joylashtirib chizilsa, ularning bir xil emasligi ko‘rinadi. Shunday bo‘lsa-da, santimetrlarni bildiruvchi son birday – 8sm bo‘ladi. Bundan xulosa qilish mumkin: aniq o‘lchashlar uchun santimetrga qaraganda ancha kichik (mayda) o‘lchov kerak bo‘ladi.
Bolalar o‘zlarining chizg‘ichlarida har bir santimetr necha bo‘lakka bo‘linganini ko‘radilar. Chizg‘ichdagi bitta kichik bo‘linma (oraliq), ya’ni ikkita qo‘shni chiziqchalar orasidagi kesma millimetr deb atalishi tushuntiriladi. Shunday qilib, bolalar 1sm da 10 mm borligini yaqqol ko‘radilar.
Ma’lumki, o‘tilgan mavzuning qiziqarli va o‘quvchilar ongida mustahkam joy olishida didaktik o‘yinlarning roli juda muhimdir. Chunki, turli didaktik o‘yinlardan foydalanilgan darsni o‘quvchilar oson va qiziqish bilan qabul qiladilar.
Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish bilan birga dangasa o‘quvchilarning eng yaxshi ko‘rgan “ko‘chirib olish”ga yo‘l qo‘ymaydi. Quyida shunday o‘yinlardan misollar keltirilgan.
“Ziyrak bo‘l” o‘yini. Bunda bolalarning hammasida raqamli kartochkalar
bo‘ladi.Oʻyinning mazmuni: doskaga son yoziladi, o‘quvchilar esa ko‘rsatilgan sonni chizgʻichda shu songacha koʻrsatadilar. Masalan: doskaga 9 soni yozilgan va 6 soni yozilgan kartochka ko‘rsatiladi.
“Klaster” metodi. Bu metoddan o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib dars o‘tganda yaxshi foyda beradi. Masalan, 1- guruhga uzunlik o‘lchov birliklari, 2-guruhga og‘irlik o‘lchov birliklari, 3-guruhga vaqt o‘lchov birliklari haqidagi savollar tushirilgan varaqalar tarqatiladi.
“Baliq skeleti” metodi. Bu usuldan foydalanish o‘tgan mavzuni, yangi mavzuni mustahkamlashda to‘g‘ri keladi. Oq qog‘ozga baliqning skeleti (boshi, qovurg‘alari, dumi) chiziladi. Qovurg‘alar 4 ta boʻlishi maqsadga muvofiqdir. Baliqning yuqori suyagiga muammo ya’ni savollar ifodalanadi. Pastki qismida esa muammoni hal qiluvchi javoblar yoziladi. Bunda ham shakllar guruhlarga tarqatiladi. O‘quvchilar esa savollarga javob topadilar.
Bu usullardan foydalanishning ahamiyati shundaki, o‘qituvchi ham vaqtdan yutadi, darsga e’tiborsiz o‘quvchilar ham darsga jalb etiladi.
Dars jarayonida o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatish matematika fanining yetakchi vazifalaridan biridir. Bu vazifani amalga oshirishda matematika faniga doir turli xildagi qiziqarli topshiriqlar, boshqotirmalar va krossvordlar muhim vosita bo‘la oladi.
Ana shunday dars jarayonlarida o‘quvchini fanga qiziqtirish o‘qituvchidan katta mahoratni talab etadi. Boshlangʻich sinfda ko‘pchilik bolalar biroz erinchoq bo‘ladi. Ular ayniqsa, matematika fanini biroz xushlamaydi. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini odatdagi amallardan iborat misol va masalalar bilan “zeriktirmaslik” uchun darslarda qo‘shimcha ravishda qiziqarli masalalardan foydalanib, ularni mantiqiy fikrlashga ham o‘rgatish mumkin. Bu bolalarda
“matematikani yomon ko‘raman”, degan fikr paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan bir usuldir. Masalan, darslarda o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini oshirishda quyidagi savollardan foydalanish mumkin:
1. Yog‘ochni 12 bo‘lakka bo‘lish uchun uni necha marta arralash kerak? (11marta).
2. 1 dan 100 gacha bo‘lgan qatorda nechta 9 bor?
(9, 19, 29, 39, 49, 59, 69, 79, 89 ,99).
3. 1 kg tosh og‘irmi yoki 1 kg paxtami? ( Ikkalasi ham teng).
Oʻquvchilarni vaqt oʻlchov birligi bilan tanishtirish
Mavjud dastur bo‘yicha vaqt miqdori va uning o‘lchov birliklari bilan tanishuv 2-sinfda amalga oshiriladi. Vaqt haqidagi tushunchani shakllantirish jarayonidagi murakkablikni nazarda tutib, bu sohadagi ishlarni birinchi sinfdanoq boshlamoq lozim.
O‘quvchilarning kunlar va oylarini yozib borishi, oy va hafta ichida kunlar soni qancha ekanligini aniqlash, dars va tanaffuslar davomi kabi amaliy ishlar birinchi sinfdanoq vaqt haqidagi tushunchalar berib boriladi. 2-sinfda esa yil, oy, sutka (kecha-kunduz), soat va minut kabi birliklar o‘rganiladi. 3-sinfda esa, sekund va asr tushunchalari o‘tilishi bilan bolalarda vaqt haqidagi tushunchalarni yanada aniqlashtirishga erishiladi. Vaqt birliklari haqida tasavvurni shakllantirish uchun turli mashg‘ulotlar o‘tkazish yaxshi samara berishi mumkin, masalan: o‘qituvchi o‘zi qarsak chalgandan so‘ng bir minut o‘tgach, bolalar ham qarsak chalishini tushuntiradi. Kalendar bilan ishlash ham yaxshi natija beradi. Darslikda keltirilgan mashqlarni bajarish davomida bolalar yil davomida qancha oy, haftada qancha kun borligini va ularning davomiyligini bilib oladilar.
3-sinfda vaqt birliklari bilan bog‘liq mashqlarni bajarish jarayonida «ulush» mavzusiga oid materiallar bolalar ongida mustahkamlashga erishiladi. Soatga qarab vaqtni belgilash ko‘nikmasini shakllantirish muhim vazifa hisoblanadi. Soat modelidan foydalanib, o‘qituvchi har kuni bu ishga birgina minut vaqt ajratishi mumkin.
Vaqt birliklari haqida tasavvurni shakllantirishda unumdorlik, umumiy ish hajmi va vaqt, tezlik va vaqt masofa va vaqt kabi miqdorlar o‘rtasidagi mutonasiblikka oid masalalar katta ahamiyatga egadir.
Ushbu mavzularni oʻrgangach, o'quvchilar tezlik, vaqt, masofa va ular orasidagi bogʻlanishni, harakatga doir masala turlarini oʻrtacha tezlikni hisoblash qoidasini bilishlari lozim. Ular harakatga doir soda masalalar yecha olish, bir tomonga yoʻnalgan, qarama-qarshi yoʻnalgan va uchrashma harakatga doir masalalar yecha olish konikmasiga ega boʻlishlari kerak.
Oʻquvchilarni kvadrat metr bilan tanishtirish
(dars ishlanma asosida)
Darsning texnologik xaritasi
Mavzu: Kvadrat metr. 399 – 404 – misol va masalalar.
|
Soatlar soni: 45 daqiqa
|
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Metod: Baliq skeleti, savol-javob, jadval, suhbat, didaktik o‘yinlar, mustaqil ishlash
Jihoz: Darslik, didaktik o‘yinlarga mos ko‘rgazma va tarqatma materiallar, testlar, rasmlar, topshiriqli materiallar, jadvalli chizmalar, doska, bo‘r, daftar.
Nazorat: Uy vazifasini tekshirish, ogʻzaki so‘rov, jamoaviy va mustaqil ravishda misollar bajarish, masalalar yechish. O‘quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.
Baholash: Uy vazifalarining bajarilishi, mustaqil ravishda misol, masalalarni yechishlariga qarab o‘quvchilar reytingi dars oxirida e’lon qilinadi.
|
Darsning maqsadlari:
|
Ta’limiy maqsad:
O‘quvchilarga sonlarni sinflarga ajratib o‘qishni, misol masalalarni to‘gʻri hisoblashni tushuntirish, kvadrat metr haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad:
Har bir matematik muammolarni ahillik, birodarlik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlari bilan tanishtirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:
Matematik topshiriqlarni bajarish orqali mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
|
Kutilayotgan natija:
|
O‘quvchidan: dars yakunida 399 –404– misol va masalalarni hisoblashni, 1 – sinf birlar sinfi, 2 – sinf minglar sinfi haqida tushuncha olib, sonlarni qanday o‘qishni, chiroyli va xatosiz yozishni oʻrganib oladilar.
|
Dars jarayoni va texnologiyasi
|
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1- bosqich
Tashkiliy qism
|
Salomlashish. Matematika faniga oid she’r va dars shiori. Oltin qoidasi O‘quvchilarning davomati aniqlanadi va o‘quvchilarning darsga hozirligi tekshiriladi. O‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi.
|
Eshitadilar javob beradilar
|
5 daqiqa
|
2- bosqich
O‘tilgan mavzuni so‘rash
|
O‘tilgan mavzusidagi misol va masalalarni so‘rash. Uyga berilgan mavzuni rasmlar orqali tekshirish, tarqatma kartochkalar berish
|
Yozib oladilar
Amaliy ish
|
5daqiqa
|
3- bosqich O‘tilgan mavzuni mustahkamlash
|
Mantiqiy masalalar,
doiraviy o‘yinlar orqali mustahkamlash.
|
Amaliy ish
|
5 daqiqa
|
4-bosqich Yangi mavzuni bayoni
|
“BBB” metodini qo‘llash, koʻrgazma orqali tushuntirish, 399-402- misol va masalalarni turli texnologik vositalar yordamida bajarish
|
Guruhlararo musobaqasini oʻtkazish
|
20 daqiqa
|
5-bosqich
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkazish. “Zinama - zina ” metodi
|
“Zinama - zina ”
|
5 daqiqa
|
6-bosqich Baholash va uyga vazifa
|
O‘quvchilarning darsda ishtirokiga qarab reyting belgilanadi. Gʻolib guruh aniqlanadi va ragʻbatlantirish. 403- 404 misol va masalalar uyga vazifa beriladi. Misol va masalalarni yechishga doir koʻrsatmalar beriladi
|
Tushuntirish
|
5 daqiqa
|
Darsning borishi:
Darsni matematika faniga oid she’r va dars shiori bilan boshlaymiz.
Darsimiz riyoziyot,
Hisob-kitob qilamiz.
Raqamlar sirlarini,
Puxta bilib olamiz.
Darsning oltin qoidasi.
Oltin qoidalar
I bosqich. Tashkiliy qism.
O‘qituvchi:
Salom aziz bolajonlarim,
Guli rayhon lolalarim.
Qani tinglang so‘zlarim,
Jajji o‘gʻil qizlarim.
Ona yurt egasisiz,
Istiqlol ertasisiz.
Bo‘ling aql-u rasolar,
Ham bilimdon donolar.
Qani ayting bolalar,
Kim navbatchi bo‘ladi?
Ushbu kunning hisobin
Menga aytib beradi?
Navbatchi o‘quvchi:
Bizlar yaxshi bolamiz.
Ochilgan gul - lolamiz.
Ota - ona izmidan,
Ustozlarning soʻzidan.
Bizlar aslo chiqmaymiz,
Darsga shay gul - gʻunchamiz.
O‘qituvchi:
Koʻk, yashil, oq rangi bor.
Va qip-qizil chizigʻi.
Porlab turar yarim oy,
Ham o‘n ikki yulduzi.
Bolalar: bayroq
O‘qituvchi:
U nimadir, unda jodir rizqimiz?
U nimadir, mehnatimiz ko‘zgusi?
U nimadir, xumo qushi baxtimiz?
Qani bunga kim javobni bergusi?
Oʻquvchi: Gerb
O‘qituvchi:
U nimadir, uni tinglab dillar lol,
U nimadir, kuylar bizga baxt iqbol.
U nimadir ohangidan dillar lol,
Qani zukko kimning javobi tayyor?
Oʻquvchi: Madhiya.
O‘qituvchi:
Tayyormisiz o‘gʻil - qizim?
Boshlayman ustoz so‘zim.
Odob boshi - Assalom,
Ishning boshi intizom.
Oltindan qimmat duo,
Berar bizga nur ziyo.
Berar ta’lim, tarbiya,
Darsimiz matematika.
1 - guruh. “Zukkolar”
“Zukkolar” deb atadik,
Ahil guruhimizni.
Tutamiz doim baland,
Nomus-u, gʻururimizni.
2 - guruh. “Bilimdonlar”
Bo‘laylik muruvvatli,
Bilimdon o‘gʻil-qizlar.
Atadik “Bilimdon” deb,
Guruhimizni bizlar.
3 - guruh.“Topqirlar”
“Topqirlar” deb atadik,
Inoq guruhimizni.
Osmoni musaffo bo‘lsin,
Bizlarning yuztimizni.
II bosqich. O‘tilgan mavzuni so‘rash.
O‘qituvchi: Hozir biz siz bilan uyga berilgan vazifani koʻrib chiqamiz.
393- masala.
20 m.
5 m.
8m
8 m.
Egallangan maydon perimetrini hisoblang?
Yechish:
-
P = 8+ 8 + 20 + 20 = 16 + 40 = 56 m2
-
P = 5 + 5 + 8 + 8 = 10 + 16 = 26 m2
-
P = 8 + 8 + 3 + 3 = 16 + 6 = 22 m2
Javob: Birinchi shakl 56 m2, ikkinchi shakl 26 m2, uchinchi shakl 22m2 boʻladi.
394 – masala.
Berilgan:
Nasiba 7 ta bir xil oʻyinchoq
Karima 9 ta bir xil oʻyinchoq
Karima 1060 soʻm koʻp pul toʻlagan
Nasiba - ? Karima - ? qancha pul toʻlagan.
Yechish:
-
1060 : 2 = 530
-
530 : 2 = 265
-
265 * 7 = 1855 soʻm
-
265 * 9 = 2385 soʻm
Javob:Nasiba jami 1855 soʻm pul toʻladi. Karima jami 2385 soʻm pul toʻladi.
III bosqich. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Mantiqiy masalalar
Oyim berdi 5 ta anor,
O`zimda ham 3 ta bor.
Sanab bilsang aytaqol,
Menda nechta anor bor?
8 ta
O`qariqdan chim olinib,
Ini ko`chdi chumolining.
Uymalashib hayron boqdi,
15 tasi suvga oqdi.
Beshta chumoli shu payt,
Tirishib harakatda
Toshga chiqib oldi arang,
Suvda nechta qoldi qarang?
10 ta
IV bosqich. Yangi mavzu bayoni.
400 – masala.
Berilgan.
Bodring – 11 kg.dan 4 yashik
Pomidor - ? 5 yashik
Hammasi – 89 kg. pomidor va bodring.
Har bir yashilda necha kg.dan pomidor joylangan?
“BBB” metodi.
Bilaman
|
Bilishni xohlaymiz
|
Bilib oldim
|
5 ta bir xil yashikda pomidor terib olindi
|
Har bir yashikda necha kilogrammdan pomidor joylangan.
|
Har bir yashilda 9 kg.dan pomidor joylangan
|
Yechish:
-
11 * 4 = 44 kg. bodring
-
89 – 44 = 45 kg. pomidor
-
45 : 5 = 9 kg. yashikda
Javob: Har bir yashilda 9 kg.dan pomidor joylangan.
Yodda tuting.
Tomoni 1 m. boʻlgan kvadrat – bu kvadrat metr boʻladi. U yuz o’lchovining yangi, ancha katta birligidir. Sonlar bilan kelganda kvadrat metr soʻzi qisqartirib yoziladi: 14 kv. m. 14 m.2
401 – masala.
18 * 3 = 54 sm.
6
18 sm.
17 sm. 1 7 sm. 54 – 20 = 34
34 : 2 = 17
20 sm.
V bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash.
5 ball
“ Zinama - zina ” metodi
70 : 10 =
16 x 17 =
80 : 8 =
15 : 5 =
8 x 13 =
21 : 7 =
Guruhlar bergan javoblariga ko‘ra ballanib boriladi.
VI bosqich. Dars yakuni.
Uyga vazifa.
403 - 404 - masala va misollar yechish, ular haqida o‘quvchilarga tushuncha berish.
Baholash. O‘quvchilar to‘plagan ragʻbat kartochkalar, ya’ni to‘plagan yulduzchalar
shaklidagi ragʻbat kartochkalar hisoblab chiqiladi. Gʻolib guruh va faol ishtirok etgan o‘quvchilar ragʻbatlantiriladi va baholanadi.
Xulosa
Boshlangʻich sinflarda miqdorlar, oʻlchov birliklarini oʻrgatishdan maqsad shundaki, oʻquvchilarga kichik yoshidan boshlab, miqdorlar va o‘lchov birliklari haqida sodda va lo‘nda tushunchalar berishdir.
Bu mavzuni oʻrgatishda turli zamonaviy usullardan, ko‘rgazmalar, testlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu usullar matematika darslarida o‘quvchilarni fikrlashga, izlanishga, zukkolikka, epchillikka o‘rgatadi. Og‘zaki, yozma savodxonlik, mustaqil fikrlay olish qobiliyati va nutqi rivojlanadi. O‘quvchilarda o‘zaro hurmat hissi uyg‘onadi.
Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayonida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish, masala va topshiriqlar ustida ijodiy fikrlash va xulosalar chiqarish uchun o‘qituvchi darsda o‘quvchilarga turli xildagi fikrlashga undaydigan topshiriqlar, masalalar berishi, krossvord, rebuslar yechishga o‘rgatishi lozim.
Darsda o‘quv materiallaridan tashqari turli axborot manbalari hisobiga bilimni o‘stirib borish, ayniqsa, yangi axborotlar orqali hozirgi zamon ta’lim islohotlarini to‘g‘ri tushunishga oid ko‘nikma va malakalarini hosil qilish bugungi kun pedagoglarining oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Shunday ekan, har bir dars o‘z mazmuniga ko‘ra o‘quvchilarning bilim olishga qiziqishini ko‘paytirishga va ularning o‘z bilimlarini mustaqil ravishda to‘ldirish ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratilgan darajada bo‘lishi kerak.
FOYDALANilGAN ADABIYOTLAR
1. Boshlangʻich taʻlim boʻyicha yangi tahrirdagi Davlat taʻlim standartlari. Boshlangʻich taʻlim. - Toshkеnt: 2005 yil 5-son.
2. Axmеdov M., Abduraxmonova N., Jumayеv M. Matеmatika. Oʻqituvchi kitobi. - Toshkеnt: 2003 yil.
3. Bikboyеva N.U. va boshqalar. Boshlangʻich sinflarda matеmatika oʻqitish mеtodikasi. - Toshkеnt: Oʻquv qoʻllanma. 1996 yil.
4. Bikboyеva N.U. va boshqalar. Matеmatika 2-darslik. - Toshkеnt: «Oʻqituvchi» - 2003yil.
5. Jumayеv M. va boshqalar. 1-sinf matеmatika daftari. - Toshkеnt: 2003 yil.
6. Boshlangʻich taʻlim. 2009 yil, 5-son
8. Ziyokor, 2010 yil, 6-son
www. ziyonet. uz
www.bilimdon.uz
www. edu.uz
Mundarija
Boshlangʻich ta’limda miqdorlarni o‘rgatish metodikasi...........…........…..3
O‘quvchilarni uzunlik o‘lchov birligi bilan tanishtirishda
turli usullardan foydalanish......................................………………………6
Oʻquvchilarni vaqt oʻlchov birligi bilan tanishtirish. ….........................…9
Oʻquvchilarni kvadrat metr bilan tanishtirish (dars ishlanmasi asosida).…………..................................................................................…10
Xulosa……………………………………………………..………….…....19
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr……………………………..…………….....….20
RABBANAYEVA DILDORA TOLIPOVNA
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI OʻQUVCHILARNI MIQDORLAR BILAN TANISHTIRISH
Теrishga berildi: __.06.2016 y.
Bosishga ruxsat berildi: __ 06.2016 y.
Оfset bosma qog‘ozi. Qog‘oz bichimi 60х84 1/16.
«Times» garniturasi. Оfset bosma usuli.
1,5 bosma taboq
Аdadi:25 nusxa.
Buyurtma №__
Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti bosmaxonasida chop etildi.
Samarqand shahar Boysunqur ko‘chasi 3-uy
Do'stlaringiz bilan baham: |