7
Kunlardan bir kuni bir mutakabbir o’rgimchak ipak qurtiga: ”Men senga
juda achinaman, birozgina ipak uchun shoshmasdan ishlab ko’p vaqt sarf etasan.
Mana, menga qara, tez-tez ishlab ozgina vaqt ichida bu devorning boshidan
oyog’igacha to’rt o’rab bitirdim. Menga o’xshab shoshib-pishib to’r o’rasang
bo’lmaydimi?- dedi. Ipak qurti unga: ”To’g’ri, ishda sur’at, tezlik kerak, lekin sen
singari apil-tapil ishlashdan foyda chiqmaydi, shuning uchun to’ring hech
qimmatga ega emas, mening to’rim esa juda qimmatli to’r,”-deb javob beribdi.
Hissa: Shoshma-shosharlik bilan hech foyda hosil bo’lmaydi. Ishning soniga
emas, sifatiga diqqat qilish lozim. Har qanday ishga chin dildan-astoydil
yondashish kerak. ”Oz ishla, soz ishla” deb bekor aytmaganlar.
Bayt:
Shoshqaloqlik niholin o’tqazsang,
Bergusi meva pushaymonlik.(100 so’z)
Do'stlaringiz bilan baham: