Dazmollovchining ish O’rni
Dazmollovchi ishchi tok urishdan muhofaza qilingan bo’lishi kerak. Dazmol to’g’ri yig’ilgan, qizishi, korpusiga tok tutashib qolmaganligi tekshirilgan bo’lishi kerak. Hamma tok O’tkazuvchi kontaktlar maxsus to’siqlar bilan berkitilgan bo’lishi, dazmolni ulash va uzish rubilnigi esa g’ilof bilan yopilgan bo’lishi kerak. SHnurning izolyasiyasi hech buzilmagan, shnur esa prujinali O’ram ichida bo’lishi va dazmolga ham, stolning yuzasiga ham tegib turmasligi kerak. Dazmollovchining oyog’i ostida taxta to’shama yoki rezina gilamcha yozilgan bo’lishi kerak.
Dazmol qo’yiladigan taglik izolyasiyalangan bo’lishi, dazmollovchi dazmolni baland ko’tarmasligi Uchun ishlanayotgan detalь bilan dazmol bir xil balandlikda turishi kerak. Dazmollovchining mehnatini yengillashtirish va dazmollanayotgan buyum sifatini yaxshilash Uchun shakli va o’lchami bajariladigan operasiyaga mos bo’lgan qoliplar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |